Удалить-faylni o‘chirish.
Переименвать-faylni qaytadan nomlash(nomni o‘zgartirish).
Свойства-fayl haqida(xususiyatlari) ma’lumotni ko‘rish.(rasmdagi kabi)
Eslatma: Agar bir vaqtning o‘zida bir nechta fayllarni ko‘chirish, nusxa olish, o‘chirish zaruriyati bo‘lsa, u holda fayllarni ajratish zarur. Buning uchun:
Ctrl klavishini qo‘yib yubormagan holda sichqoncha yordamida fayllarni ajrating
Ajratish tugagandan so‘ng Ctrl klavishini qo‘yib yuboring.
Ajratilgan fayllar rangi ko‘k fonga o‘tganidan bilish mumkin bo‘ladi.
Eslatma: Agar yumshoq (A) disketadan faylni olish yoki kompyuterdagi faylni disketaga olish zaruriyati bo‘lsa, Provodnik oynasining papkalar maydonidagi Disk 3,5 (A:) belgisiga cherting. Disketadagi papkalar va fayllar Provodnik oynasida paydo bo‘ladi. Qolgan amallar odatdagidek bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |