4 . Nishon(Znachki)lar bilan ishlash.
Nishon-bu katta bo‘lmagan rasm bo‘lib amaliy dastur, hujjat fayllar, kataloglar, disklarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Windows muhitida biror ob’ektni bir necha xil usulda ishga yuklash mumkin. Shulardan biri amaliy dastur va ob’ektlarni nishonlar yordamida ishga yuklashdir. Bu usul qulay va samarali bo‘lgani uchun Windows muhitida foydalanuvchi tomonidan ko‘p qo‘llaniladi. Shuning uchun foydalanuvchi ko‘p ishlatadigan dasturlari va hujjat fayllari uchun ishchi stolga nishonlar yaratadi.
Nishonni ishga yuklash sichqonning chap тугмаsini ikki marta zudlik bilan chertish yordamida yoki nishon tanlangandan so‘ng Enter klavishi bosish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |