Videoklip qo‘yish. Videoklip joylashtirish uchun yuqoridagidek menyuning «Вставка» bo‘limida «Videoklip. . . » satrini tanlaymiz. Bunda ham videoklip bilan bog‘liq bo‘lgan parametrlar mavjud muloqot oyna hosil bo‘ladi:
Bu oynadan «videoklip:» satriga videoklip fayli mavjud bo‘lgan yo‘l va fayl nomi yoziladi. Agar foydalanuvchi fayl nomi yoki u joylashgan yo‘l nomlarini aniq bilmasa, u holda «обзор» orqali qidirib topishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bu fayl uchun maxsus dekoder talab qilinadi. Bu holatda dekoder o‘rnatilmaguncha fayl ishga tushmaydi. Shuning uchun uning o‘rniga vaqtinchalik joylashtirish mumkin. ni joylash uchun «рисунок для замены» satriga fayli joylashgan yo‘li bilan birga kiritiladi. Foydalanuvchi ehtiyojiga ko‘ra yana boshqa parametrlarni ham o‘zgartirishi mumkin. Masalan, videoklipning boshlanishi, takrorlanishlar soni, boshqaruv tugmachalari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |