Sog‘inch konsepti. Birdan allaqaysi musicha cho‘zib ku-kuladi. SHu qadar nola qildiki, musichaning tovushida shu qadar mung, shu qadar sog‘inch, shu qadar dard borligini birinchi bor ilg‘ashim... Sizni esladim... Musicha yana ku-kuladi, azbaroyi hovli jaranglab ketdi, beozor parrandaning bo‘g‘iqroq tovushi mening ichimdan eshitilayotgandek bo‘ldi... Bu tovush Sizni chaqirayotgan, Sizni chorlayotgan edi... Sezyapsizmi, Sizning so‘zingizdan chiqmay ortiqcha iztiroblarga berilmaslikka uringanim sayin Sizni o‘ylamaslik, Sizni xayoldan quvib chiqarish epini topolmadim. (X.Do‘stmuhammad. “Hijronim mingdir mening” qissasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |