5. Ekspressiv tagma’no. Ekspressiv tagma’no ko‘rinishlarida
so‘zlovchi nazarda tutgan niyatga uning his-tuyg‘ulari ham qo‘shiladi.
So‘zlovchi propozitsional aktni sodir etar ekan, o‘zi qilgan ishlardan
g‘ururlanish, maqtanish ottenkalari aks etgan yashirin mazmunni propozitsional akt orqali bayon qiladi. Masalan:
Huriniso.
- Hammasi ham unib o‘sdi: biri kolxoz raisi, biri rayon madaniyat bo‘limining boshlig‘i, biri deputat... Ha, aytganday, qaysi kuni Hakima kelgan edi, qahramon bo‘lishiga o‘ttiz bir tonna etmabdi.
Hurinisoning bu ayollar haqidagi gaplaridan «Men o‘qitgan ayollar mana shunaqa martabalarga erishdi» degan iftixordan ko‘ra ko‘proq, «baribir hammasidan yana o‘zim dono» degan bir g‘urur aks etar edi. (A.Qahhor).
Do'stlaringiz bilan baham: |