5. To’g’rilagichning tashqi tavsiflvrini hisoblash
Ventillardagi kommutatiya jarayonlarini hisobga olgan holda boshqaruv burchaginingα= 0°, α= 30°, α = 60° qiymatlari uchun to’g’rilagichning tashqi tavsiflarini hisoblaymiz va quramiz. Hisoblash vaqtida transformator va ta’minlovchi tarmoqning reaktiv qisqa tutashuv kuchlanishi qiymatini 10% deb qabul qilamiz. Qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisini hisobga olmaymiz.
=68.41-37.4=31.01
– anod induktivligidagi kuchlanish pasayishi;
Bunda kommutatiyani hisobga olgan holda to’g’rilagich chiqishidagi kuchlanishning o’rtacha qiymati
.=74.9-6.49=68.41
Transformator va ta’minlovchi tarmoqning reaktiv qisqa tutashuv kuchlanishi qiymatini 10% deb qabul qilganimiz uchun
=, 0.1*55.5/3.26=1.7 Om.
Boshqaruv burchagining α1= 0°, α2 = 30°, α3 = 60° qiymatlari uchun hisoblab qurilgan to’g’rilagichning tashqi tavsiflari 3 – rasmda keltirilgan tashqi tavsif ilovada keltirilgan namuna uchun hisoblangan to’g’rilagichning tashqi tavsiflaridir.
To’g’rilagich tashqi tavsiflaridan ko’rinib turibdiki, boshqaruv burchagi qiymati oshishi bilan chiqish kuchlanishi qiymati kamayib boradi. Tashqi tavsiflarning nishabligi son qiymatining oshishi bilan izohlanadi.
3 – rasm. To’g’rilagichning tashqi tavsiflari.
6. To’g’rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funksional sxemasini ishlab chiqish
Tiristorli o’zgartkichlar kuch sxemasi va boshqaruv tizimidan iborat bo’ladi. Boshqariluvchi to’g’rilagichning kuch sxemasini boshqariluvchi tiristorlar tashkil etadi, ular boshqaruv elektrodlariga ma’lum vaqtda etarli quvvatga ega bo’lgan impuls berilgandan keyingina ishlashi mumkin. Bu vazifani impuls-faza boshqaruv tizimi (IFBT) bajaradi. IFBT quyidagi ikki vazifani bajaradi:
Tiristorlarning ulanish vaqtlarini aniqlash;
Tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga kerakli vaqtda beriladigan boshqaruv signallarini, ya’ni impulslarni shakllantirish.
4 – rasmda tiristorlarni boshqarish tizimining funktional sxemasi keltirilgan bo’lib, bu erda:
TV2 – pasaytiruvchi transformator;
K1 i K2 – komparatorlar;
AKG – arrasimon kuchlanish generatori;
QIH – qisqa impulslarni hosil qiluvchi;
IK – impulskuchaytirgich.
4 – rasm. Tiristorlarni boshqarish tizimining funktional sxemasi.
TV1 kuch transformatoridan liniya kuchlanish (Uas) olamiz. Olingan signal pasaytiruvqchi transformator TV2 ga uzatiladi, bu erda transformator to’g’rilagichni katta qiymatli kuchlanish va toklardan himoyalovchi, boshqaruv tizimi bilan to’g’rilagichning kuch sxemasi o’rtasida o’zaro galvanik bog’liqlikni uzish vazifasini o’taydi. Komparator K1 yordamida o’zgartkichning sinusoidal liniya kuchlanishi shunday ketma-ketlikda o’zgaruvchi to’g’ri burchakli impulslarga o’zgartiriladi. Komparator K1 dan olingan impulslar arrasimon kuchlanishlar generatori AKG ga uzatiladi va u erda impulslar arrasimon ko’rinishdagi kuchlanishga o’zgartiriladi. Komparator K2 ga berilgan boshqaruv kuchlanishi U va berilayotgan arrasimon kuchlanish asosida boshqaruv burchagi α ni belgilovchi signal hosil qilinadi. Qisqa impulslarni tashkil etuvchi QIH qabul qilib olingan to’g’ri burchakli impulsdan davomiyligi va qiymati bo’yicha tiristornining ochilishi uchun etarli bo’lgan kuchlanish impulsini shakllantiradi. Bu impuls impuls kuchayaytirgich IG kuchaytirilib tiristorning boshqaruv elektrodiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |