1-kurs Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) magistri Abidov Hikmatning Kvant elektronikasi fanidan bajargan mustaqil ishi


Lazerlar haqida umumiy ma’lumot va va ularning qo‘llanilish



Download 2,61 Mb.
bet6/8
Sana26.04.2023
Hajmi2,61 Mb.
#932023
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kvant elektronikasi fanining rivojlanish tarixi, xronologiyasi va fanning boshqa bo’limlar bilan bog’liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari.

Lazerlar haqida umumiy ma’lumot va va ularning qo‘llanilish
sohalari.
Lazerlar haqida umumiy ma’lumot.Moddadan yorug‘lik o‘tganda u yutiladi va sochiladi. Bu hodisalar optikada juda yaxshi o‘rganilgan. Hozir bu jarayonlarga teskari bo‘lgan hodisa, ya’ni moddadan yorug‘lik o‘tganida uning kuchayishi ham ro‘y berishi aniqlandi. Bunday asboblar lazerlar deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga oshishi mumkinligini birinchi marta 1915 – yilda Eynshteyn aytgan

A.Eynshteyn spontan (o‘z-o‘zidan) nurlanish bilan birga induksiyalangan yoki majburiy nurlanish bo‘lishi ham mumkinligi haqida bashorat qilgan.


Lazerda yorug‘likning kuchayishi moddadan o‘tayotgan yorug‘lik tomonidan
induksiyalangan nurlanish ta’sirida yuz beradi. Optik lazerlar birinchi
marta 1960 – yilda qurilgan.
Lazer (inglizcha Light Amplification of Stimulated Emission of Radiation
- majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchayishi ) – kogerent yorug‘lik oqimini vujudga keltirishda kvant mexanikasi effektidan foydalanuvchi qurilma. Lazer nuri uzluksiz doimiy amplitudali yoki impulsli bo‘lishi mumkin. Va ekstremal yuqori quvvatga ega. Ko‘pgina qurilmalarda lazerdan boshqa manba orqali nurlanishni kuchaytirgich
sifatida foydalaniladi. Kuchaytirilgan signal boshlang‘ich signal bilan to‘lqin uzunligi, fazasi va qutblanishi bilan mos keladi. Bu optic qurilmalarda juda muhim hisoblanadi. YOrug‘likning oddiy manbalari nurni turli yo‘nalishlarda keng diapazon bo‘ylab sochadi. Bundan tashqari lazer bo‘lmagan manbalarning nurlanishi odatda muqim qutblanishga ega
bo‘lmaydi. Aksincha lazer nurlanishi monoxromatik va kogerent bo‘lib, doimiy to‘lqin uzunligi va aniq fazaga shuningdek ma’lum qutblanishga ega. Boshqa tomondan lazerlarning bazi turlari, masalan ranglantirilgan aralashmali lazerlar yoki yarim xromatik qattiq jismli lazerlar chastotalarning bir qancha to‘plamini keng spektral diapazonda boshqara oladi. Lazerlar fanning ikki sohasi kvant mexanikasi va termodinamika
hamkorligida yaratilgan. Lekin lazerlarning ko‘pchilik turlari xatolar va urinishlar orqali yaratigan. Dastlabki lazer 1960 yilda Teodor Mayman tomonidan Malibudagi Hyuz kompaniyasining tadqiqotlar labaratoriyasida yaratilgan. Mayman o‘z ixtirosida 694 nanometr to‘lqin uzunligida qizil nurlanish beruvchi rubindan yasalgan sterjendan foydalandi. Deyarli u bilan bir vaqtda eronlik fizik Ali YOvon gazli lazerni namoyish qildi.
Keyinroq u o‘z ixtirosi uchun Albert eynshteyn nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Lazer ishlashining asosiy mohiyati ishlovchi qismning uyg‘otishi natijasida elektronlarning ko‘chishi bilan bog‘liq. Ishlovchi qism optic rezonatorga o‘rnatiladi. Majburiy nurlantiruvchi mexanizm yordamida to‘lqinlar aylanishi natijasida uning energiyasi eksponensial ravishda ortib boradi.
Ishlovchi qism – lazer nurlanishi to‘lqin uzunligi va boshqa xususiyatlarini belgilovchi asosiy omil. Lazer qurish mumkin bo‘lgan yuzlab hatto minglab ishchi qismlar mavjud. Ishlovchi qism qo‘zg‘atuvchiga qaratib o‘rnatiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad fotonlarning majburiy nurlanishiga olib keladigan elektron ko‘chishi inversiyasi effektiga erishishdir.
Lazerlarda asosan quyidagi ishchi qismlar qo‘llaniladi:
 Suyuqlik, masalan bo‘yoqlarga asosan yaratilgan lazerlarda rodamin yoki kumarin, methanol etanol, etilenglikol.
 Gazlar, masalan karbonat angidrid, argon, krypton, yoki geliy neon lazerlaridagidek aralashmalar.
 Qattiq jismlar, kristall yoki oynadagidek. YAxlit modda odatda xrom, neodim, erbiy yoki titan ionlari bilan legirlanadi. Ko‘p qo‘llaniladigan kristallar: alyuminiy itteriyli granat, litiy itteriyli ftorid, sapfir va silikat oyna. Eng keng tarqalgan variant: titan- sapfir,
xrom – sapfir (shuningdek rubin ham), xrom bilan legirlangan stronsiy litiy alyuminiy ftorid, neodimli oyna.
Birinchi gazli lazer 1961 yilda neon va geliy gazi aralashmasi asosida yaratildi. Ma’lumki gazlar ingichka yutilish chiziqlariga ega bo‘lgani uchun gazli lazerlarda majburiy yig‘ish elektr razryadi orqali amalga oshiriladi. Geliy-neonli lazerda majburiy yig‘ish ikki bosqichda amalga oshiriladi: geliy energiya tashuvchi vazifasini bajarsa, neon
nurlanish hosil qiladi; gaz razryadida hosil bo‘lgan elektronlar to‘qnashishi
natijasida geliy atomini uyg‘otadi va 3 - holatga o‘tadi (1.-rasm).

Uyg‘ongan geliy atomi neon atomlari bilan to‘qnashib, ularni uyotadi va ular geliy
satxiga yaqin bo‘lgan neonning yuqori sathlaridan biriga o‘tadi. Neon atomlarini 3-sathdan quyi sathlardan biriga o‘tishi λ=0,6328 mkm. Li to‘lqin uzunlikdagi lazer nurlanishini vujudga keltiradi.
Lazer nurlari quyidagi xossalarga ega:
1) Ular yuqori darajada kogerent va dastasi esa nihoyatda ingichka.
2) O‘ta monoxromatik (∆λ< 16-16mkm).
3) Katta quvvatli: masalan, W=20 J energiya bilan majburiy yig‘ish
(optik nakachka) va 16-3 s nurlantirilsa, nurlanish oqimi Φ=2.16-4 J/s, R=
2.1616 Vt/m2.
4) Tarqalish burchagi (ingichka) juda kichik.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish