Dashti Qipchoqda shamanlik, xristianlik va boshqa dinlar to‘g‘risidagi fikrlar. Talas maydonidagi urushdan so‘ng, Movarounnahrda musulmon dini o‘rnatiladi va turklar Xitoy taxlikasidan uzoq vaqtgacha qutuladi. Ular bilan arablar o‘rtasida dushmanchilik chiqarishi mumkin bo‘lgan biror bir sabab yo‘q edi. Ular arablar bilan o‘zlariga yanada qulay shartlar asosida aloqalar o‘rnatdilar. Arablar Movarounnahrga kelganlarida turklarning yuksak ahloqiy fazilatlar, katta tashkilotchilik va harbiy mahorat egasi ekanliklarini ko‘rgan edilar. Ularning shuhrati uzoq islom yurtlarigacha yoyildi, turklar tiliga tushdi. Musulmonlar turklar islomiga kirsalar boshqa hech qanday kuch islomga qarshi chiqa olmasligini sezdilar. Haqiqatdan ham Hazrati Muhammad o‘z vaqtida turklar haqida maqtov, mujdali so‘zlar aytganlari haqida rivoyatlar so‘zlashar, hatto Qur’onning ba’zi oyatlarida turklarga ishora qilganligi gapirilar edi. Mahmud Qoshg‘ariyning yozishicha, payg‘ambar shunday degan ekanlar: Janobi Haq shunday deydiki: “Mening sharqda joylashtirgan turk ismli askarlarim bor, qaysi bir qavmda g‘azabga kelsam, turk askarlarimni u qavmga xujum qildiraman”. Yana shunday so‘zlar bor “turk tilini o‘rganing, chunki turklar juda uzoq vaqt davomida hukumron bo‘ladilar”.
Arab adabiyotchilari va tarixchilari turklar haqida maqtovga to‘la so‘zlar yozib qoldirgan.
Irgiz yaqinidagi Xorazmshoh va Juchi o‘rtasidagi to‘qnashuvning boshchisi xorazmshoh bo‘lgan edi. Bu hududda xorazmshoh qipchoqlar Juchi-mergitlar bilan urushayotgan edi. Har ikki tarafning askarlari kutilmaganda bir biriga to‘qnash kelib qolishdi. Shunda, Juchi xorazmshohga shuni aytishni buyurdiki, unga nisbatan otasining hech qanday adovati yo‘qligini va javoban sulton iymonsizlarni o‘ziga dushman deb bilgan. Urush xorazmshohga og‘irlik qila boshlaganda bu urushni iymonsizlarning islomga xujumi sifatida ko‘rila boshlandi, biroq urushning asosiy sababi xorazmshohning davlatida musulmon savdogarning o‘limi bo‘lgan. 1218-yil mo‘g‘il sarkardasi Qoshg‘arda musulmonlarga o‘z ibodatlarini bemalol bajarishga imkon yaratib berdi. Bundan tashqari mo‘g‘illar armiyasida Kayalik va Olmaliqlik musulmon otryadlar va Chingizxonning o‘z xizmatidagi musulmon savdogarlar ham bo‘lgan. Ular ichida tojiklardan tashqari turklar ham bo‘lgan, mo‘g‘illar savdogarlarni “o‘rtoq” deb atashgan. Bularni bekorga o‘rtoq deb atashmagan, karvonni ta’minlash uchun ular birlashishgan shunga bo‘lsa kerak ularni shunday atashgan.
3) Mo‘g‘illarga turklar boshqa xalqlarga nisbatan yaqinroq edi. Chingizxonning armiyasida turklar otryadi ko‘p edi. Bundan tashqari turklarni mo‘g‘illarga ularning ko‘chmanchi an’analari bir-biriga yaqin edi. Ammo shunga qaramay mo‘g‘illar turklar bilan birlashib g‘alabani ulashishni xoxlashmagan. Mo‘g‘illar turklar bilan muzokara o‘tkazsalar ham bu oddiy nayrang bo‘lgan. Misol uchun Samarqandni qo‘lga olish uchun mo‘g‘illar turklardan iborat gornizondan foydalanishgan va g‘alabaga erishgach 30 000 dan iborat turk gornizonini qirib tashlagan. Xuddi shunday mo‘g‘illar Dog‘istonda ham alanlarga qarshi yurish qilganliklarida. Alanlarga ittifoqdosh bo‘lgan qipchoqlarni ham alanlarga yordam bermaslikni ta’kidlab ularga sovg‘a salomlar yuborishgan. Sovg‘alarni qabul qilgan qipchoqlar alanlarni tark etganlar. Biroq alanlarni mag‘lubiyatga uchratgan mo‘g‘illar qipchoqlarga qarshi yurish qilib, bergan sovg‘alardan ham ko‘prog‘ini undirib olganlar.
Chingizxonning avlodlarini hukmronligi mo‘g‘illargacha bo‘lgan davrdagi davlat an’analariga yengil qaraydigan qipchoq dashtlarida, Volga havzasida va Qrimda juda kuchli bo‘lgan.
Mo‘g‘illar tashkil etgan barcha davlatlarda Xitoydan tashqari kumush tangalar joriy etildi. Katta kumush tangalar dinor deb, kichkinasi dirxam deb atalgan. Juchi avlodlari davlatida bir kumush tanga 1/3 tilloga (misqol)ga teng kelgan bu O‘rta Osiyo va Forsda joriy etilgan. O‘sha davrda Juchi davlatida xalqaro savdo ishlari juda katta ahamiyatga ega ekanligini anglashimiz mumkin, ayniqsa Xorazmda lekin tangani tashqi ko‘rinishdan, yozuv shaklidan xarflarning tashqi ko‘rinishidan, rasmlari va hokazolardan har bir shaharning o‘z an’analari bo‘lganligini aniqlashimiz mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, har bir shaharning madaniyatiga qarab Juchining davlatining madaniyati haqida bilib olsa bo‘ladimi? Sarayda topilgan topilmalarga qarab Oltin O‘rda madaniyati Tatarlar madaniyati haqida gapirilgan. Madaniyat taraqqiyoti (evolyusiyasi) islomning va turk tilining g‘alabasi bilan yakunlangan biroq ilgari qaysi millat ustun kelganligini aniqlash uchun judayam ko‘p tadqiqotlar o‘tkazish kerak bo‘ladi. Mo‘g‘illar hamma yerga olib borgan uyg‘ur yozuvini Oltin O‘rdaga ham olib kelganlar. Abdulg‘oziyning so‘ziga qaraganda mo‘g‘illar tili XV asrgacha ham muomaladan chiqib ketmagan, lekin buni isboti yo‘q. O‘zbekxonning o‘rdasiga tashrif buyurgan (Ibn Battuta) faqat turk so‘zlarini eshitgan ekan. Xatto saroy ayollari orasidagi “ulug‘ xotin va kichik xotin” degan so‘zlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: |