Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalardan iborat.
I Bob Mutaxassislik fanlarini o’qitishning mazmuni va mohiyati 1.1 Mutaxassislik fanlarini o’qitihsning ahamiyati o’ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda raqobatga kirisha oladigan, o‘z sohasini zamon talablari asosida biladigan mutaxassislarni tayyorlash davr talabi hisoblanadi. Zamonaviy mutaxassis o‘z kasbining bilimdoni, uni kelajakda yuksaltira oladigan va bu bilan o‘zi ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantira oladigan shaxs bo‘lishi lozim.
Ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifati ko‘p jihatdan mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitish bilan belgilanadi.
Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yo‘nalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi, ya'ni ta'lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha bajariladigan faoliyat usullarini o‘zida qamrab olishi kerak.
Mutaxassislik fanlari muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta'minlashi kerak.
5111800-maktabgacha ta'lim bakalavr yo‘nalishida umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi, ona tili va bolalar adabiyoti, bolalarni nutqini o‘stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish, bolalar jismoniy tarbiyasi, tabiat bilan tanishtirish, tasviriy faoliyatga o‘rgatish, bolalarning musiqiy ta'limi, maktabgacha ta'limda boshqaruv va menejment, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi, maktabgacha pedagogika, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish kabi fanlar umumkasbiy va ixtisoslik fanlari sifatida belgilangan.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha.
Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari - O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari va me’yoriy-huquqiy asoslari, maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalarini o’rganadi.
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi - psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qommiyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o’tish qonuniyatlarini hamda psixodiagnostik uslublarini o’rganadi.
Ona tili va bolalar adabiyoti –ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot berish, talabalaming og'zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilish to’g’risidag fan.
Bolalarni nutqini o‘stirish- maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to’g’ri shkllantirih yo‘llarini tadqiq etadi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish - maktabgacha ta’lim muassalarida matematika elementlariga o‘rgatishning nazariy asoslari,bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, matematika elementlariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish,metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni o’rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi- maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya berish metodikasi, ertalabki badantarbiyani, harakatli o‘yinlarni, sayrlar va chiniqtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini o’rganuvchi fan.
Tabiat bilan tanishtirish - maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslarini o’rganadi.
Tasviriy faoliyatga o‘rgatish- maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi, tasviriy faoliyati turlari, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi bilan tanishtirishtiradi hamda rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirishni, maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlikni aniqlayadi.
Bolalarning musiqiy ta'limi- maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqiy tarbiya metodikasi, musiqiy tarbiya turlari, musiqiy mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi bilan tanishtiradi.
Maktabgacha ta'limda boshqaruv va menejment- maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyatining mazmuni, o‘zi xos xususiyatlari, tarbiyachining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablarni o’rganadi.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi- jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari), shuningdek ijtimoiy moslashuvda qiyinchilikka ega bo‘lgan, biroq xatarli guruhlarga kirmaydigan alohida iqtidorli bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolarini o‘rganuvchi fandir.
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi - metodika fanlarini o‘qitishning fanining nazariy, milliy asoslari, innovatsion texnologiya asosida pedagogik bilim berish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, kuzatish, tahlil qilish kabilarni o’rganadi.
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta ’lim- tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o ‘rganadigan fan.
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish - maktabgacha ta'lim muassasalarida sahna chiqishlarini tayyorlash, bolalaming ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullari o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |