11
boradigan kuchli zo‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida
organizmda paydo bo‘ladigan ko‘nikish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o‘zlari ko‘nikib qolgan vazifaga
qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir ko‘rsatadigan mashqlar va o‘yinlar qo‘llaniladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik gruxlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq
maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha
bolalarida
matonatni tarbiyalash uchun o‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday o‘yin va
mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zo‘riqish talab qilinadi.
Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni
takrorlashda yetarli darajada
uzoq tanaffuslar berib, ularga dam oldirish
lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat avvalo yurish,
yugurish, sakrash,
chang‘ida yurish, raq tushish, suzish va harakatli o‘yinlar o‘ynash va mustaqil
faoliyat ko‘rsatish vaqtida rivojlanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy
mashqlarga muntazam
o‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi,
sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan
iboratdir.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda
yaxshi harakat qila
oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan
holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon
eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda
o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar, mashqlar ochiq havoda,
jismoniy tarbiya
maydonchasida o‘tkaziladi.
«Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun belgilangan jismoniy
mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko‘ra xilmaxil
mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo‘lib qolishi, dasturni
o‘tishda
izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
12
Mashg‘ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil
bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola
organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini
nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: