Integral mikrosxema ko`rinishidagi tuzilgan kuchaytirgich operatsion kuchaytirgich deb ataladi.
Integral operatsion kuchaytirgichlar. Universal hisoblanib, ular matematik operatsiyalarni bajarish bilan birga signallarni generatsiya qiladi, kuchaytiradi va o`zgartiradi.
Operatsion kuchaytirgichlarda kirish sifatida differensial kuchaytirish kaskadi qo`llanilib, u kuchaytirgich chiqish potensialini bir maromda bo`lishini ta`minlaydi, qolaversa ikkita kirish borligi evaziga uni imkoniyatlarini oshiradi.
Kirish signali chiqish signali bilan bir fazada yotadimi yo`qmi, unga qarab kirishlar invertirlovchi va noinvertirlovchi (kirish 2.) bo`ladi (2-rasm).
Operatsion kuchaytirgichlarni ta`minlash uchun har hil qutbli va manbalardan foydalaniladi, ular tinch holatda nolga teng potensial olish imkonini beradi.
2 -rasm. Ideal operasion kuchaytirgich.
3-rasm. Noinvertirlovchi kuchaytirgich.
Operasion kuchaytirgichlarni asosiy parametrlaridan biri uni kuchlanishini kuchaytirish differensial koeffisienti hisoblanadi. Operasion kuchaytirgichlarni kuchaytirish differensial koeffisienti juda yuqori (bir necha million) va chiqish qarshiligi juda oz orasida .
Chiziqli kuchaytirgichlar tuzish uchun manfiy teskari bog`lanishdan foydalaniladi.
Qaysi kirishga kirish signali kuchlanishni berilishiga qarab invertirlovchi va noinveritrlovchi kuchaytirgichlar bo`ladi.
Noinvertirlovchi kuchaytirgichlarda (3-rasm) kirish va chiqishdagi signal fazalari bir hil. Kirish kuchlanishi noinvertirlovchi kirishga beriladi, kuchaytirgichni chiqishdan qarshilikni bo`lgich orqali inventirlovchi kirishga manfiy teskari bog`lanish kuchlanishi beriladi. Manfiy teskari bog`lanish borligi tufayli kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisienti etarli darajada muayyan va miqdorlarini tanlash yo`li bilan kerakli kuchaytirish koeffisientini olish mumkin bo`ladi. Invertirlovchi kuchaytirgich hosil qilish uchun (4-rasm) kirish signali va teskari bog`lanish signali bir vaqtda invertirlovchi kirishga beriladi, ikkinchi kirish esa erga ulab qoyiladi.
4-rasm. Invertirlovchi kuchaytirgich.
Operasion kuchaytirgichni kirish tokini hisobga olmasak toki teskari aloqa toki teng bo`ladi ya`ni .
Integral operasion kuchaytirgich kuchaytirish koeffisienti juda katta bo`lganligi tufayli uni qarshidagi differensial sig`im juda oz. Haqiqatdan bo`lsa
bu erda kuchaytirgichni teskari bog`lanishsiz kuchaytirish koeffisienti. Bundan kelib chiqib manfiy ishora.
Chiqishdagi faza signali kirishdagi faza signaliga teskariligini bildiradi, yani kuchaytirgich invertirlovchi hisoblanadi. Toklarni tezligini hisobga olgan holda yozamiz:
Olingan hulosalar kirish signallarini jamlaydigan kuchaytirgich sxemasini tuzish mumkin ekanligini isbotlaydi. Buning uchun bir nechta kirish signallarini (masalan uchta) bir hil uchta rezistorlar orqali kuchaytirgichni invertirlovchi kirishga berish mumkin bo`ladi.
Uchna kirishga ega bo`lgan zanjirga ulangan operasion kuchaytirgich kuchlanishlarini jamlash ajgebraik operasiyasini bajaradi, shuning uchun ham u summator deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |