Kreditning muddatliligi.
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o`z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya`ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko`ra uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo`linadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo`lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko`rsatilgan ma`lum muddatda kreditni qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor foizni bilan o`z vaqtida qaytarib olsa, uni egasiga qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo`ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o`z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutulishidan manfaatdor. Kreditning muddati bo`yicha kredit shartnomada ko`rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo`yicha foiz darajasini oshirish, kreditni muddatini qisqartirish va boshqa) ni qo`llash mumkin.
Kreditning ta`minlanganligi.
Bu ta`moyil yordamida xalk xo`jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o`rtasida bo`lishi zarur bo`lgan proportsiyalarning bir meyorda bo`lishi ta`minlanadi. Bu tamoyilning asosiy moxiyati shundaki, bunda xo`jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag’larining xar bir so`miga muayyan boyliklarning bir so`mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo`jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to`liq tovar moddiy boyliklari va ma`lum xarajatlar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta`minlanganlik ta`moyili qarz oluvchi o`ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya qilishni ta`minlaydi va o`zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiktisodiyot barqarorlikka erishish davrida ayniqsa muhimdir.
4. To`lovlilik tamoyili.
Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta`minlovchi to`lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to`lovni o`tkazadilar. Kreditning to`lovligi uni to`liq summada o`z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to`lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o`z mablag’larini xech vaqt o`z xajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to`lov talab kiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to`lovliligi nafakat banklar faoliyatining maqsadiga, balki korxonalarning bevosita foydasiga bog’lik bo`ladi va ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Kredit uchun xaq to`lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo`ladi.
5. Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning moxiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar anik bir maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo`naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va xakozo anik biror ob`ektga maqsadli yunaltirilganligi korxona bilan bank o`rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko`rsatilgan bo`ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko`rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, anik ob`ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, jo`natilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga beriladi.
YUqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo`lishi va xarakat qilishining muxim tomonlarini o`zida ifodalaydi.
Kreditning samaradorligini ta`minlash maqsadida g’arb mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo`llaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar qoidasi» deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |