1. Ko’rish analizator vazifasilari, kasalliklar va ularni oldini olish



Download 37,77 Kb.
bet4/4
Sana14.01.2023
Hajmi37,77 Kb.
#899511
1   2   3   4
Bog'liq
8. Mavzu Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasal

Xromatik aberratsiya. To’r pardaning tegishli nuqtalarida to’lqin uzunligi turlicha bo’lgan nurlarning bir vaqtda fokusga to’planishi bilan xarakterlanadi. Bunda ham to’r pardaga buyumlarning noaniq tasviri tushadi.

Analizatorlarning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilar:


Muhit ta’sirotlarini qabul qilishga moslashgan bo’lib turli ta’sirotlarni qabul qilishda bir-biridan farq qiladi (ko’z retseptorlari yorug’lik nurlarini, quloq retseptorlari, tovush to’lqinlari va boshqalar).
Analizatorlarning bir-biri bilan bog’likligi va bir-birini o’rnini bosishi imqoniyatiga egaligi. Agar odamni ko’zi ko’rmasa uni eshitish tizimi yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Ta’sirlovchi kuchiga moslashish imqoniyatiga egaligi.
Haddan tashqari kuchli ta’sirotga boshqa analizatorning javob berish imqoniyatiga egaligi.
Inson tashqi dunyo haqidagi axbortni 90%dan ortig’ini ko’rish analizatori orqali qabul qilinadi. Ko’rish analizatorning pereferik qismi-ko’zdir. Ko’z asosan 3 qavatdan tashkil topib, unda tashqi oqsil yoki sklera, o’rta-tomirli va ichki - to’r kavatlar farq qiladi.
Ko’zni tuzilishi. Rangdor qavat ko’z rangini belgilaydi va uning o’rtasida ko’z qorachig’i mavjud bo’lib, shu joyda joylashgan muskullar yordamida o’z ko’lamini o’zgartiradi va buning oqibatida ko’z ichiga tushadigan yorug’lik ko’payib hamda kamayib turadi. Yangi tug’ilgan bolalarda qorachiq ancha tor, 12-13 yoshlarga kelib esa uning yorug’likka nisbatan reaktsiasi katta odamlarnikiga tenglashadi. Shox va rangdor qavatlar hamda rangdor qavat va gavxar orasida tegishli ravishda birlamchi va ikkqilamchi ko’z kameralari bo’lib, ulardagi suyuqlik qon tomirlari bo’lmagan gavxar va shox qavatni oziq moddalar bilan ta’millab turadi. Gavxarning orqa tomonida tiniq yelimsimon suyuqlik bo’lib, u shishasimon tana deyiladi[1].
Turli masofalarda joylashgan predmetlarni aniq ko’rish, uning tasvirini to’r qavatga tushirish bilan bog’liq va bunda ko’z gavxari hal kiluvchi ishni bajaradi. Yani ko’zdan uzoq narsani ko’rishda qavariq xolga keladi va shu bilan o’sha narsaning tasviri to’r qavatga tushadi. Ko’zning bu xususiyati akkomadatsiya deyiladi.
Predmetlar aksini to’r qavatga tushmasligi (uning oldiga yoki orqasiga tushishi) yakindan va uzoqdan ko’rish holatlariga olib keladi[2].
Yakindan ko’rish holatida predmetlardan ko’zga tushgan yorug’lik nurlari kesishib, ularning aksi to’r kavatning oldiga tushadi. Bunday odamlar faqat yakin masofalardan yaxshi kuradi xolos, shuning uchun ular televizorga yaqin o’tirishga harakat qiladi. Kitob o’qishda uni ko’zga ancha yaqin keltiradi va boshqalar. Yaqindan ko’radigan ko’zni me’yoriy holatiga keltirishda akkomadatsiya yordam bermaydi. Bu holatni tuzatish uchun ikki tomonni botiq ko’zoynaklar taqish kerak, bundan ko’zoynak ko’z optik qavatida kuchli sinadigan nurlarning tegishli darajada yoyilishga olib keladi.
Eshitish analizatori ko’zdan keyingi tashqi dunyo haqida eng ko’p axborot beradigan sezgi a’zosi hisoblanadi, yana u odamda nutqning shakillanishi va o’sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolada tovush eshitmaslik holati nutqning rivojlanmasligiga olib keladi.
Odamda eshitish a’zosi uch qismdan, yani tashqi, o’rta va ichki quloqdan tashkil topgan bo’lib, tashqi quloq, quloq suprasi, hamda eshitish yo’lidan iborat. U tovushni yeg’ib beruvchi qismi hisoblanadi[3].
Tashki va o’rta quloqni bir-biridan nog’ora pardasi ajratib turadi. Unga o’rta quloqdagi suyakchalar (bolg’acha, sandon, o’zangi) birlashgan bo’lib ular tovushga mos ravishda tebranma harakat qiladi va hosil bo’lgan to’lqinlarni kuchaytirgan holda ichki quloqqa o’tqazadi.
Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning orasida, perelimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklar bo’ladi. Ushbu suyuqliklar tovush ta’sirida nog’ora pardasi tebranishlarini o’rta quloqdagi suyaqchalar tebratma harakatiga ko’ra qabul qiladi va ularni nerv impulьslariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush to’lqinlaridir. Turli tovushlar ma’lum chastota va kuchda bir-biridan farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 20 000 grts. ekg, past tovush esa 11-12 grts-ga teng[4].
Shovqun-suron ayniqsa yosh bolalar va o’smirlarga kuchli salbiy ta’sir qiladi. Shu bois voyaga yetmagan bolalarning traktor, mashinalar ishlab turgan joylarda uzoq turib qolishi, ba’zan mexnat qilishi (bunday holatlar qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanishda uchrab turadi) eshitish analizatori faoliyati va uning buzilishi bois kelib chiqadigan hastaliklar nuqtai nazardan juda no’maqbul hisoblanadi.
Eshitish analizatorining yosh xususiyatlari. Bola qancha yosh bo’lsa shunchalik eshitish o’tkirligi pasroq bo’ladi va eshitish analizatori tezroq charchab qolish xususiyatiga egadir.
Talabalar analizatolarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi mavzusini o’rganish natijasida qo’yidagi bilim va malakalarga ega bo’lishi zarur:
analizatorlar faoliyatini yosh xususiyatlari to’g’risida ma’lumotga;
turli hil analizatorning funktsialari to’g’risida bilimlarga;
ko’rish organlari gigiyenasi to’g’risida;
eshitish organlari gigiyenasi to’g’risida;
bolalarda yaqindan ko’rmaslik to’g’risida;
qo’rish va eshitish organlarining kasalliklarini oldini olish to’g’risida.
Ko’rish analizatorning gigiyenasi qo’yidagi yosh hususiyatlarga bog’liqdir:
bola qancha yosh bo’lsa shunchalik ko’z o’tkirligi va ta’surotlarga sezuvchanligi pastroq bo’ladi;
akkomadatsiyani ya’ni predmetlarni turli xil masofalardan ko’rishni amalga oshirish imqoniyatlari susroq bo’ladi;
ko’rish analizatorda tezroq toliqish vujudga keladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki ko’rish analizatorining gigiyenasi deganimizda, ko’rish analizatorlar faoliyatini optimal ravishda amalga oshirish, uchun kerakli normalar, shart sharoitlar va talablarni amalga oshirish zarur:
- tabiiy va sun’iy yorug’lik normalariga rioya qilish;
- bolani bo’yiga qarab jixozlarni to’g’ri tanlash (ko’rish masofasi 30-35 sm.ga teng bo’lishi kerak;
- teleko’rsatuvlarni ko’rish muddatini normalarga qarab ta’minlash;
- uzliksiz ravishda yozish 6-7-yoshdagi bolalar uchun 5-7daqiqa; uzliksiz o’qish 6-7 yoshdagilarga 10 daqiqa va mashg’ulot jarayonida tez-tez ko’zga dam berish lozim.
Eshitish analizatorlar gigiyenasi deganda eshitish organini normal rivojlanishi va faoliyatini amalga oshirish uchun ma’lum normalarga rioya qilish, shart-sharoitlarni yaratib berish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunamiz:
bolalarni eshitish organlariga kuchli tovushlar zarar yetkazadi, ular eshitish o’tkirligini pasaytirib xatto karlikka olib kelishi ham mumkin;
maktabada shovqinni oldini olish;
o’qituvchini nutqi ravon, jonli, turli xil intonatsiyalarga boy bo’lishi va so’zlar aniq bo’lishi lozim;
eshitish yuklamalariga to’g’ri taqsimlash;
gypyx xonalarini kattaligi bolalarni eshitish imqoniyatlariga javob berishi zarur.
Xulosa
Bolalar va yoshlar sog’lom turmush tarzini yaxshilashning, ularning oila qurishi va yashash tarzini yo’lga solishning ko’zlangan muhim yondashuvidir. Bu esa ko’pincha ijtimoiy resurslarni taqsimlashdagi universal siyosat hisobiga amalga oshiriladi. Universal siyosat o’zidan bir yo’lli siyosatni olib kelmaydi. Jamiyatning sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishni, aholini sog’lom turmush tarziga o’tkazish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientni ta’minlash uchun esa rahbariyat avvalam bor buning uchun amalga oshirilishi mumkin bolgan rejalarni ko’rib taqqoslab chiqishi lozim. Umumiy kamchilik natijasi, masalan, sogliqni saqlash borasidagi amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning tub mohiyatini yuzaga chiqarish uchun ana shunday universal siyosatning tutgan o’rnini belgilab otish masalasi ilgari surilishi kerak.1

Asosiy adabiyotlar


Edited by Ingrid Stegeman and Caroline Costongs The Right Start to a Healthy Life Levelling-up the Health Gradient Among Children Brussels, Belgium 2012.
Исмоилов М.Н. Болалар ва ўсмирлар гигиенаси Тoshkent 1996 й 40-44 б
G' Jalolov, S.Tursunov. «Bolalar kasalliklari va ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari». Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. Toshkent. 2003.49-51 b
Шарипова Д.Д. Ўқувчиларнинг гигиеник таълим ва тарбияси Тoshkent 1993 у 47-50 c
Sharipova D.D. Agar bolam sog’lom bo’lsin desangiz.Toshrent – “ILM ZIYO” – 2006. 14-17 b.

Qo`shimcha adabiyotlar:


1. Edited by Ingrid Stegeman and Caroline Costongs The Right Start to a Healthy Life Levelling-up the Health Gradient Among Children Brussels, Belgium 2012.
2. “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” 2010
3. D.D. Sharipova va boshq. kelajak avlodni sog'liqni saqlash sizning qo'lingizda. Qo'llanma. Toshkent, 2011
4. D.D Sharipova va boshq. yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish maqsadida uzluksiz ta'lim tizimida sog'liqni saqlash-texnologiyalaridan foydalanish. Toolkit. Toshkent, 2014
Elektron ta`lim resurslari:
1. www.ziyonet.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.tdpu.uz
4. www.edu.uz
5. www.tdpu-INTRANET

1 The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 200 page



Download 37,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish