1. Kompyuter tarmoqlarining zaif qismlari. Tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslari


Tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslari



Download 39,82 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi39,82 Kb.
#812896
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Kompyuter tarmoqlarining zaif qismlari. Tarmoq himoyasini tas

2. Tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslari.
Maxfiy axborotni kayta ishlash uchun kerakli tekshiruvdan utgan kompyuterlarni ishlatish lozim buladi. Muxofaza vositalarining funksional tulik bulishi muxim hisoblanadi. Bunda tizim administratorining ishi va olib borayotgan nazorat katta ahamiyatta egadir. Masalan, foydalanuvchilarning tez-tez parollarni almashtirib turishlari va parollarning juda uzunligi ularni aniqlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham yangi foydalanuvchini qayd etishni cheklash (masalan, fakat ish vaqtida yoki fakat ishlayotgan korxonasida) muximdir. Foydalanuvchining xakikiyligini tekshirish uchun teskari aloka kilib turish lozim (masalan, modem yordamida). Axborot zaxiralariga kirish huquqini chegaralash mexanizmini ishlatish va uning ta’sirini LAN ob’ektlariga tulaligicha o’tkazish mumkin.
Tarmoq, elementlari o’rtasida utkazilayottan ma’lumotlarni muxofaza etish uchun quyidagi choralarni kurish kerak:
- ma’lumotlarni aniqlab olishga yo’l qo’ymaslik;
- axborot almashishni taxlil qilishga yo’l qo’ymaslik;
- xabarlarni o’zgartirishga yo’l qo’ymaslik;
- yashirincha ulanishga yo’l qo’ymaslik va bu xollarni tezda aniqlash.
Ma’lumotlarni tarmoq da uzatish paytida kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi, qayd etish jurnaliga ruxsat etilmagan kirishlar amalga oshirilganligi xaqida ma’lumotlar yozilib turilishi kerak. Bu jurnalga kirishni chegaralash ham himoya vositalari yordamida amalga oshirilishi lozim.
Kompyuter tarmogida nazoratni olib borish murakkabligining asosiy sababi - dasturiy ta’minot ustidan nazorat olib borishning murakkabligidir. Bundan tashkari kompyuter viruslarining ko’pligi ham tarmoqda nazoratni olib borishni qiyinlashtiradi.
Xozirgi vaqtgacha muxofazalash dasturiy ta’minoti xilma-xil bo’lsa ham, operatsion tizimlar zaruriy muxofazaning kerakli darajasini ta’minlamas edi. Netware 4.1, Windows NT operatsion tizimlari yetarli darajada muxofazani ta’minlay olishi mumkin.


3. Kompyuter telefoniyasidagi himoyalash usullari.
Elektron kommunikatsiyalarning zamonaviy texnologiyalari keyingi paytlarda ishbilarmonlarga aloka kanallari bo’yicha axborotning turlicha kurinishlari (masalan: faks, video, kompyuterli, nutqli axborotlar)ni uzatishda ko’pgina imkoniyatlar yaratib bermokda.
Zamonaviy ofis bugungi kunda aloka vositalari va tashkiliy texnika bilan xaddan tashkari tuldirib yuborilgan va ularga telefon, faks, avtojavob apparati, modem, skaner, shaxsiy kompyuter va x.k. kiradi. Zamonaviy texnika uchun axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasi - kompyuterlar telefoniyasi rivojlanishi bilan katta turtki berildi. Bor-yo’g’i o’n yil ilgari sotuvga CANON firmasining narxi 6000 AQSh dollari bo’lgan«Navigator» nomli maxsuloti chiqarilgan edi va u birinchi tizimlardan hisoblanadi.
Kompyuter telefoniyasi o’n yil ichida juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Xozirgi paytda sotuvda mavjud bo’lgan «PC Phone» (Export Industries Ltd, Israel) maxsulotining narxi bor-yo’g’i 1000 Germaniya markasi turadi. «Powertine-II» (Talking Technology, USA)ning narxi esa 800 AQSh dollari turadi. Keyingi paytlarda kompyuter telefoniyasi yo’nalishida 70% apparat vositalarini Dialogue (USA) firmasi ishlab chiqarmoqda.
Kompyuter telefoniyasida axborot xavfsizligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Masalan, telefon xakerlarining Skotland-Yard ATSiga kirib 1,5 mln, AQSh dollari mikdorida zarar keltirishganligi xavfsizlikning zarurligini isbotlaydi. Kompyuter telefoniyasida qo’llanilayotgan nutqini aniqlovchi texnologiya telefon kiluvchining ovozidan tanib olish uchun ahamiyatga egadir. Kompyuter telefoniyasining himoyasini yetarli darajada ta’minlash uchun Pretty Good Privacy Inc. firmasining PC Phone 1.0 dasturiy paket ishlab chiqarilgan. U kompyuter telefoniyasi orqali uzatilayottan axborotlarni himoyalash uchun axborotlarni rakamli kurinishga utkazadi va qabul paytida esa dasturiy-texnik vositalar yordamida kayta ishlaydi. Zamonaviy kompyuter telefoniyasi vositatarining shifrlash tezliga ham juda yuqoridir, xato qilish ehtimoli esa juda kichikdir (taxminan 10-8-10-12)



Download 39,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish