1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi



Download 0,5 Mb.
bet8/22
Sana07.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#753448
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
2 5238212534485392903

9. Gaz xromatografiyasi
Gaz xromatografiyasi usulida harakatchan faza sifatida tashuvchi deb ataladigan inert gaz ishlatiladi. Bu usulda aniqlanadigan modda, albatta, gaz holiga о ‘tkazilishi zarur. Gaz xromatografiyasi gaz-qattiq (gazadsorbsion) va gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo'linadi. Gaz adsorbsion usulda turg‘un faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi. Gazsuyuqlik xromatografiyasi usulida turg‘un faza sifatida biror qattiq moddaga yupqa qavat bilan kiritilgan suyuqlik ishlatiladi. Gaz suyuqlik xromatografiyasi gaz-adsorbsion usul sifatida ko‘proq qo‘llaniladi. Kolonka diametri 3-6 mm, uzunligi 1-3 m li po‘lat, mis yoki shisha naydan iborat. Issiqlik o'tkazuvchanlik, alangani ionlashtirish, elektron ushlash asosidagi detektorlar; geliy, vodorod, azot singari gazlar tashuvchi; silikagel, alyuminiy oksidi, aktivlangan ko‘mir va molekulyar elaklar turg‘un qattiq faza; qutblanmagan uglevodorodlar yoki siloksanlar turg‘un suyuq faza sifatida ishlatiladi. Turg‘un fazalami tutuvchilar sifatida solishtirma yuzasi yetarli darajada katta bo‘Igan mexanik mustahkam, bir jinsli taqsimlanishni ta’minlaydigan, kizelgur, mitti shisha sharikchalari, silikagel, teflon va boshqalar ishlatiladi.
Gaz xromatografiyasida sifat tahlili. Har qanday moddaning turg‘un va harakatchan fazalar bilan o ‘zaro ta’siri uning individual xususiyati hisoblanadi. Xromatografiyada sifat tahlili uchun qo‘llaniladigan asosiy kattalik ushlanish vaqtidir. Kolonkali gaz va suyuqlik xromatografiya usullarida ushlanish vaqti kolonkaning to‘ldirilish sifati, harorat, elyuyentning harakat tezligi, sorbentning navi va boshqa ko‘p omillarga bog‘liq. Shuning uchun ham ushlanish vaqtining qiymati bir kolonkadan ikkinchisiga o‘tganda o ‘zgaradi. Agar toza moddalar asosida analiz qilinayotgan bo‘lsa, tekshirishda olingan ushlanish vaqti toza moddaning shunday qiymati bilan solishtiriladi. Natijalaming yanada ishonchli bo'lishini ta’minlash uchun turli sorbentlar bilan to‘ldirilgan ikkita kolonkada olingan qiymatlar solishtiriladi. Tekshiriladigan modda xromatogrammasi tushirilgandan keyin aralashmaga toza modda qo‘shilib, yana xromatogramma tushiriladi. Agar ushlanish vaqtlari bir xil bo‘Isa, xromatogrammaning yuzasi yoki balandligi ortadi. Bu esa tekshirilayotgan modda tarkibida qo‘shilgan standart moddaga to‘g ‘ri keladigan modda borligi haqida xulosa qilishga imkon beradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish