1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi


Kulonometrik analiz usulining mohiyati



Download 0,5 Mb.
bet4/22
Sana07.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#753448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5238212534485392903

5. Kulonometrik analiz usulining mohiyati
M.Faradeyning elektrolit eritmasidan tok o ‘tganda ajralib chiqqan modda miqdorining sarflangan elektr miqdoriga (kulon) bogiiqligi haqidagi yaratgan qonunlari kulonometriya usulining asosini tashkil etdi. Kulonometriya usuli standartlar talab qilmaydigan mutlaq usuldir. Bu usulda asboblami darajalash uchun standart namunalar talab qilinmaydi. Kulonometrik titrlashni amalga oshirish uchun ham boshqa usullardagi singari standart eritmalarga zarurat yo‘q. Agar potensial nazorat qilib turilsa, usulning selektivlik darajasi yuqori boiadi. Bu usulning aniqligi ham quyidagi shartlar bajarilganda nihoyatda kattadir: 1) elektrolizga sarflangan tokning samaradorligi 100 % ni tashkil etishi yoki u qat’iy aniq bo'lishi kerak; 2) elektr miqdorini baholashning aniq usuli bo'lishi kerak; 3) elektr kimyoviy yoki kimyoviy reaksiyaning tugash lahzasini to'g'ri topish imkoni bo'lishi zarur. Kulonometriya usulining sezuvchanligi ham boshqa usullarga nisbatan ancha yuqori. Hozirgi zamon texnikasi yordamida kulonometriya usulini oson avtom atlashtirish mumkin. Kulonometriya usulining mutlaqligi uning faqatgina modda massasini aniqlash uchun emas, balki turli fazalardagi (qattiq, suyuq, gaz) reaksiyalarning stexiometriyasi va kinetikasini tekshirish, elektr kimyoviy jarayonlarda hosil bo'ladigan moddalarning tabiatini aniqlash, kam eruvchan moddalar va kompleks birikmalarning tarkibini, metallar korroziyasi singarilarni o'rganish kabi maqsadlarda qoilanilishini ham ta’minlaydi
Kulonometrik analiz usuli yuqorida aytilganidek, elektrod sirtida oksidlanadigan yoki qaytariladigan elektr aktiv moddaning massasi (m) bilan elektr miqdori (Q) orasidagi bog'lanishni ifodalovchi Faradeyning birlashgan qonunlariga asoslangan:
Kulonometriyaning har ikkala ko'rinishi ham bevosita va bilvosita usullarga bo'linadi. Potensiostatik kulonometriya o'z navbatida bevosita potensiostatik kulonometriya, elektr gravimetriya, ichki elektroliz va potensiostatik kulonom etrik titrlash usullariga bo'linadi. Bevosita potensiostatik kulonometriyada-ishchi elektrodiga potensial maxsus potensiostat yoki boshqa kuchlanish m anbaidan tegishli nazorat qilinadigan aniqlikda beriladi.
Potensiostatik tartibda kulonometrik titrlash cheklangan darajada qo'llaniladi. Bu usulning gazlarni avtom atik aniqlash m aqsadida ishlatiladigan ko‘rinishi mavjud bo‘lib, unda hosil (generatsiya) qilinadigan titrant vaqt birligida gaz oqimidagi aniqlanadigan modda bilan reaksiyaga kirishsa, oichanadigan tok shu moddaning konsentratsiyasiga mos boiadi. Muvozanat davrida reaksiyaga kirishuvchi moddalarning massalari o'zaro ekvivalent miqdorda bo'lishi kerak.
Kulonometrik titrlashda titrant elektroliz natijasida hosil qilinadi. Bu usulda moddaning miqdorini aniqlash uchun titrant hosil qilishda sarflangan elektr miqdori qiymatidan foydalaniladi. Moddaning massasi m=ItM/nF tenglama yordamida hisoblanadi. Agar titrant aniqlash o ‘tkazi!ayotgan eritm aning bevosita o ‘zida hosil qilinsa, usul ichki generatsiyali kulonometrik titrlash deb, boshqa idishda hosil qilinib, aniqlanadigan modda eritmasiga kiritilsa, usul tashqi generatsiyali kulonometrik titrlash deb yuritiladi. Kulonometrik titrlashda oxirgi nuqta turli xil usullar (potensiometriya, amperometriya, biamperometriya, fotometriya va hk.) yordamida aniqlanadi. Hozirda kulonometriyaning yangi usullari ishlab chiqilgan. Bular jum lasiga, differensial kulonometriya, substexiometrik (inversion) kulonom etriya, xronokulonom etriya, kulonopotensiografiya va boshqalami kiritish mumkin. Bu usullar tahlil uchun kam vaqt talab etadi, ularning aniqlik darajasi ancha yuqoridir

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish