3. Moliyaviy hisobotlardan axborotlar manbai sifatida foydalanuvchilar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobotlardan axborotlar sifatida ichki foydalanuvchilar korxonalarning boshqaruv xodimlari hisoblanadi. Ularning funksional vazifalariga bevosita ko mpaniyaning rentabelligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni ani qlash, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas harajatlarning mahsulot tannarxidagi salmo g‘ini aniqlash, moliyaviy hisobotlarning turli koeffitsentlari: likvidlilik, kapitallar tarkiblari, ishbilarmon faollik, rentabellik, bozor faolligi va shu kabi kursatkilari tizimini boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborot manbalari kiradi.
Moliyaviy hisobotlardan axborotlar manbai sifatida tashqi foydalanuvchilar o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi: kompaniya faoliyatidan manfaatdor foydalanuvchi va ma’lum faoliyat maqsadlaridan foydalanuvchilar.
Birinchi guruh foydalanuvchilariga kompaniyaning potensial mulkdorlari, moliyaviy hisobotlaridan kredit taqdim etish va uni muddatini o‘zaytirishning maqsadga muvofiqligini baholash uchun potensial kreditorlar kiritiladi, mazkur mijozlar bilan ishbilormon aloqalar ishonchliligini aniqlovchi etkazib beruvchi va sotib oluvchilar, soliq tulovlar i ntizomini tug‘riligi, moliyaviy hisobotlarining tug‘ri to‘zilishini tekshirish uchun davlat ham moliyaviy tashqi foydlalanuvchilar qatoriga kiritiladi.
Ikkinchi guruh foydalanuvchilari – birinchi guruh foydalanuvchilari manfaatlarining himoyasi uchun zaruriy bulgan hisobotlarni o‘rganuvchi yuridik va jismoniy shaxslardir. Bularga:
-investorlar manfaatlarini ximoya qilish maqsadida hisob va hisobotning umumiy qoidalari va qonunchiligiga tekshirilaetgan kompaniya hisobotlarini muvofiqligini tekshiruvchi auditorlik xizmatlar.
-o‘zlarining mijozlariga kapitallarni samarali joylash bo‘yicha maslahatlarni ishlab chiqish maqsadida moliyaviy hisobotlardan axborotlar sifatida foydalanuvchi moliyaviy maslahatlar bo‘yicha maslahatchilar;
SHuningdek, kompaniyalar axborotlarni oshkora qilish tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
-O‘zbekiston kompaniyalari ish amaliyotiga xalqaro moliyaviy hisob va hisobot andozalarini joriy qilish;
-Axborotlarni berishdan bosh tortganyoki noto‘g‘ri axborotlarni taqdim qilgan kompaniya rahbarlariga ko‘riladigan choralarni kuchaytirish;
-Moliyaviy va nomoliyaviy axborotlarni oshkor qilishning aniq tartibini o‘rnatish;
-Yagona axborot tizimini yaratish. Unda emitentlarning hisobotlari yig‘iladi va tartiblashtiriladi va barchaga teng huquqli, o‘z vaqtida va katta xarajatlarsiz undan axborotlarni olish imkoniyati beriladi;
-Investorlar uchun ahamiyatli axborotlar mezonlarini takomillashtirish;
-Ixtisoslashtirilgan nashrlar, reyting agentliklari, axborotni oshkora qilish mustaqil markazlariga axborot yordamini berish.
- aksiyadorlik jamiyatining yillik hisoboti;
- yillik buxgalterlik balans va moliyaviy natijalar haqida hisobot;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining o‘tkazilishi haqida xabar;
- egalikdagi aksiyalar soni va turlari ko‘rsatilgan holda aksiyadorlik jamiyatining affillangan shaxslari ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |