Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini bajarish va kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma sohalarga kirib borayotgan telekommunikatsion texnologiyaga aylanmoqda. Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining dolzarbligi hozirgi kunining asosiy vazifasi hisoblanadi. Axborotga bo‘lgan talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda har bir sohada, shu jumladan, axborot-kutubxona tizimi mutaxassislarining oldiga ham alohida vazifalar qo‘ymoqda. Shu o‘rinda, o‘rta maxsus bo‘g‘inda tayyorlanayotgan mutaxassislarni o‘qitishda axborot-kutubxona texnologiyasi fani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxona texnologiyasi fani o‘quvchilarga bilim berishda axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimida ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Axborot-kutubxona texnologiya fani axborot-kutubxona muassasalarida mavjud bo‘lgan texnika vositalari, axborot-kutubxona texnologiyalari haqida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi.
Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi axborot-kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxassisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida audiovizual texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video- magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konferensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari va ular bilan ishlash, nusxa o lish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi, Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va aloqa vositalari, axborot-kutubxonalarda transport vositalari, axborotga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilarda axborot-kutubxona texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushuntirishdir.
Asosiy e’tibor – axborot texnologiyalari asosida elektron il miyta’limiy resurslar bilan ta’minlash, axborot-kutubxona texnologiyalari nazariyasining umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, modellarni ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy yechimlarni qabul qilish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |