Radiotrubkali telefonlar yoki, oddiy qilib aytganda, radiotelefonlar – bu telefon ATS bilan oddiy simli aloqaga ega bo‘lgan telefon apparati bo‘lib, unda telefon go‘shagining simi radioliniya bilan almashtirilgan. Bunday imkoniyatni amalga oshirish uchun telefon apparatida ham, telefon go‘shagi (trubkasi)da ham kichik quvvatli qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar mavjud.
Peyjingli aloqa o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab (50- yillarning o‘rtalarida) bir xil ma’noli bo‘lmagan holda qabul qilindi. Uning foydaliligi, so‘zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, chastotali resursni samarali ishlatishidir. Uning eng asosiy kamchiligi shundaki, aloqaning bir taraflama turi bo‘lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |