1. Ko`kalamzorlashtirish maqsadida foydalaniladigan manzarali gulovchi butalar


Manzarali butalarni parvarishlash va ko`paytirish usulari



Download 228,52 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2021
Hajmi228,52 Kb.
#72930
1   2   3   4   5
3.Manzarali butalarni parvarishlash va ko`paytirish usulari.

Ko‘kalamzor hududlar barpo etish bu juda murakkab ish jara yoni bo‘lib, joylarda muhandislik sirlaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda yashil hududlar barpo etishda yer maydonlarini to‘g‘ri tanlash, unda o‘simliklar dunyosini to‘g‘ri joylashtirishda maydonchalarga to‘g‘ri ajratish, yer maydonlarini hosildor tuproqlarga boyitish va eng asosiysi manzarali yaproq va ninabargli daraxt, buta va gul turlarini to‘g‘ri tanlashdan iboratdir. Bunday navbatma-navbat ish turlarini bajarishda eng asosiysi ko‘kalamzor uchun ajratilgan yer maydonlarida muhandislik ish turlarini to‘g‘ri bajarib borishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida yer maydonlarini har xil chiqindilardan tozalash, temir-tersak, tosh bo‘laklari qoldiqlaridan ozod qilish, maydonlardagi tuproq tarkibini hosildor tuproqlar bilan boyitishdan iboratdir. Shuningdek, yer maydonlarini ekish ishlariga tayyorlashda tobiga keltirish, yer maydonlarini muhandislik ish qurollari bussol, teodolit va nivelirlar yordamida burchaklarini aniqlash, yer sathini bir tekislikka olish va o‘lchamlarini chiqarishdan iborat bo‘ladi. Ishning oxirida yana bir bor ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydonlar ko‘zdan o‘tkazilib, kasallanib o‘sishdan to‘xtagan, shoxshabbalari singan va zararkunandalar bilan zararlangan daraxtlar va o‘zidan yomon hid tarqatuv chi daraxtlar olib tashlanadi. Shundan so‘ng ko‘kalamzor hududlar maxsus maydonlarga ajratiladi. Bular to‘liq yaproq va ninabargli daraxt turlarini joylashtirish bo‘limi, butasimon o‘simliklarni ekish ga tayyorlash bo‘limlari, maysazor va gulzorli bo‘limlarga ajratiladi. Ushbu yer maydonlarini ekishga tayyorlashdan oldin yer osti va yer usti kommunikatsion tizimlari quriladi, suv gidrantlari, ochiq va yopiq drenaj tizimi, yoritish ti-zimlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari va yer usti kommunikatsion tizimlari to‘liq quriladi. Bu ishlarni bajarishda ishga oid har xil mutaxassislar o‘z loyihalari bilan qatnashadilar.

Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar qandaydir at emir shaklda muhandislik bilimlarining tartib qoidalariga va usullariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuqorida bayon etilgan yer maydonlarining ko‘rkam chiqishi asosan at emir planirovkaga bog‘liq holda bajariladi. Bu ishni bajarish vaqtida tashrif buyuruvchilarva dam oluvchilar, xizmatchilar va rahbariyat uchun ajratilgan in-shootlarning joylanishi ham e’tiborga olinadi. Yer maydonlarini tayyorlashda ko‘kalamzor hudud uchun iloji boricha maydonning tuproq qismida unchalik katta o‘zgarishni amalga oshirmasdan mavjud tuproq qatlamidan foydalanib boriladi, yerning yuza qismi yengil usulda tayyorlanadi. Chunki bu maydonga sarf etilayotgan kuch boshqa og‘ir bo‘limlarga sarf lansa pul-mablag‘ (smeta) materiallari tejab qolinadi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishda at emir planirovka ishlarini o‘tkazishdan oldin maxsus bosh reja tuzib olinadi. Ushbu reja asosida mukammal planirovka ishlari olib boriladi. Bunda: arxitektura fasad topshiriqlari va uning qarori; geodezik va gidrologik materiallar; yer osti kommunikatsion tizimlar; manzarali arxitektura landshaftiga ega bo‘lgan binolar va inshootlar; muhandislik qurilish ishlari tizimi va yer maydonlariga kelajakda joylashtiriladigan asosiy manzarali daraxt turlari, ularni joylashtirish sxemasi; arnamentli ko‘priklar, zinapoyalar, favvoralar va boshqa muhandislik inshootlari ko‘rsatiladi.

Yer maydonlarini tayyorlashda zamonaviy texnika va texnologiya vositalaridan foydalaniladi: buldozerlar, greyderlar, ekskovatorlar, terrasyorlar, o‘chat ekish texnika vositalari va boshqa ko‘kalamzorlashtirishga oid texnika vositalaridan foydalaniladi. Shundan so‘ng maydonlarda drenaj tizimi quriladi, buning uchun yengil va mo‘rt qurilish mahsulotlari: har xil o‘lchamdagi quvurlar, graviy, sheben va yirik donador qum bo‘laklaridan foydalaniladi. Tuproqqa bo‘lgan talab va drenaj tizimiga alohida-alohida qaralmasligi kerak. Tanlangan yoki drenaj tizimiga mos keladigan tuproqni tanlash kerak. Drenajning quyidagicha turlari mavjud: 1) ochiq drenaj; 2) yopiq drenaj; 3) aralash, ya’ni ochiq va yopiq qo‘shilgan holatdagi drenaj tizimlari. Umuman olganda ko‘kalamzor hududlar uchun drenaj tizimi juda katta ahamiyat ga ega. U tup-roq tarkibini xoloz bo‘lishini ta’minlaydi. Drenaj o‘rnatish uchun yer maydonlarida 1,5–2 m chuqurlikda maxsus ariq lar kovlanadi. Ariqning eni 0,5 m, ariqlar orasidagi masofa 1,5–2 m. Tayyor bo‘lgan ariqlar ostiga 5–7 sm qalinlikda yirik shag‘al to‘kiladi. Shundan so‘ng uning ustiga zanglamaydigan va ezilmaydigan quvurlar yotqiziladi. Yotqizilgan quvurlar at emir 15–20 sm dan iborat bo‘ladi. Ko‘kalamzor hududlarda o‘simliklarni sug‘orish uchun sug‘orish shoxobchalari o‘rnatiladi. Ushbu shoxobchalarasosiy suv manbalari: tabiiy suv manbalariga, at emir quduqlarga va shahar hududini suv bilan ta’minlash manbalariga borib ulanadi.

Suv olib kelish quvurlarining at emir suvlarni sarf lash miq-doriga bog‘liq holda o‘rnatiladi. Quvurlarni o‘rnatishdan oldin ular izolatsiyali materiallar: beton, mastika va asfaltli lak bilan yaxshilab ishlov beriladi. Quvurlarga bunday ishlov berish ularni har xil korroziyaga uchrashdan saqlaydi va ular uzoq xizmat qiladi. Quvurlarning ustki qismiga tuproq tortishdan oldin barcha qilingan ishlar bo‘yicha (akt) dalolatnoma tuziladi.

Har bir bog‘-parklarda asosiy texnik ta’minotlardan biri bu vodoprovod, ya’ni sun’iy suv bilan ta’minlash manbalari bo‘lib, o‘z o‘lchamlari bo‘yicha har xil funksiyalarni bajaradi. Xo‘jalik uchun – bu manbadan butun yil mobaynida o‘sha ish olib boriladigan hududdagi xonadonlarda, umumiy va at emir xizmat uylarida, shuningdek, qishki o‘yingoh inshootlarida foydalaniladi. Vodoprovodlarni qurish uchun po‘lat, cho‘yan, azbest at emir-beton quvurlar ishlatiladi.

Ushbu xo‘jalik uchun zarur vodoprovodlar yer yuza qismining muzlash qatlamidan 0,2–0,3 m pastda tuproq ostiga ko‘mib ketiladi. Sug‘orish uchun ishlatiladigan vodoprovod quvurlari esa yer ostiga 25 sm dan 50 sm gacha chuqurlikda po‘lat va cho‘yan quvurlar o‘rnatib qo‘yiladi.

Barcha xildagi vodoprovodlar maxsus loyiha asosida o‘rnatiladi va nazorat qilinadi. Ushbu vodoprovod yo‘li halqasimon tizimda bo‘lib, har qanday alohida ta’mir etiladigan bo‘limda suvni to‘xtatib ish boshlash mumkin. Bundan maqsad suvni to‘liq park bo‘yicha to‘xtatib o‘tirmasdan o‘sha, har 300–500 m da o‘rnatilgan mexanik suv to‘xtatgichlar (zadvijkalar) yordamida suv to‘xtatilib, ishni bir maromda borishini ta’minlaydi.

Xo‘jalik inshootlari va imoratlarida mavjud vodoprovodlar eng yaqin bo‘lgan quduqlargacha, mavjud bo‘lgan ikki yopiq quvurlarga ulangan bo‘ladi. Ko‘rinib turadigan quduqlar har 100–120 m da, yong‘in xavfi quduq gidranti bilan har 70–100 m da va sug‘orish ishlari uchun kranlar har 40–50 m da o‘rnatiladi.

Qish faslida ochiq holda sug‘orish shoxobchalari (vodoprovod-lar) sovuq ta’sir etmasligi uchun maxsus betonli yoki yog‘ochdan tayyorlangan qopqoq (korobka) bilan yopib qo‘yiladi.

Yer osti (kanalizatsiya) suv harakati quvurlarini qurish. Yer osti suv harakati – bu shunday quvur va kanallar tizimidan iborat-ki, ular yer ostida ma’lum bir nishablikda bir-biriga bog‘langan. Bu quvurlardan oqar suvlar, yomg‘ir, qor suvlari va maxsus o‘rnatilgan vodoprovod suvlari harakatlanadi. Kanalizatsiya loyihalarini ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu suv sarfi miqdoridir va u ushbu formula bilan aniqlanadi:

Q = F · f · q

Bunda: Q – quvurlaridan oqib sarf langan suv;

F – kanalizatsiya yuqori qismining maydoni, ga;

Q – 1 ga maydonga tushadigan yog‘ingarchilik miqdori, l;

F – oqim koeffitsienti.

Shundan so‘ng ko‘kalamzor hududlarda texnika vositalari va tashrif buyuruvchilar harakatlanayotgan maxsus yo‘l va yo‘laklar qurish ishlari amalga oshiriladi. Bunda yo‘l va yo‘lakchalar bog‘parklarning umumiy yer maydonining 5–25% ini tashkil etadi.

Xulosa

Biz kundalik hayotimizda ko`p marotab uchratadigan daraxt va butalar bizning hayot faoliyatimizning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Chunki har-bir daraxt, buta, o`simlik bu kislarod ishlab chiqaruvchi manba hisoblanadi. Kislarod esa bu har birimizning hayot kechirishimiz uchun birlamchi ehtiyojdir.

Ko‘chalarning arxitekturaviy manzarasini shakllantirishda daraxt va butalar beqiyos rang-barang shakllar, fakturalar va qiyofa hosil qiladi. O‘simliklarning manzaraboplik xususiyatlarining ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o‘z qiyofasini o‘zgartirib turishi; hududlarning landshaft-arxitekturaviy ko‘rinishini o‘zgartirishga cheklanmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Ekinzorlar shunday bir materialdirki, u aloxida binoni yoki bir necha binolarni, aholi yashash hududlarining yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. YAshil ekinzorlar, katta yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘lkalar aholi yashash qismlarini birlashtirib turadi hamda uy-joylarga go‘zal manzara bag‘ishlaydi.


Download 228,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish