21-mavzu: Sog` yuray desang, ozoda bo`l
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari haqida tushuncha berish.
O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish.
O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Salomatlik haqida plakat,test,tarqatma kartochkalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
II.Asosiy qism:
Ma`naviyat daqiqasi.
-O`tgan zamonda bir yigit keksa donishmandning oldiga kelib :
-Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyim yo`q. Juda qiynaldim, nima qilishni bilmay qoldim.Endi qayerga borib bosh ursam ekan?-deb zorlanibdi.
Donishmand undan sen kambag`almisan?-deb so`rabdi. Yigit- ha, bola-chaqalarim bilan ochman, kiyim- kechagimz ham yo`q deb,javob beribdi.
-Xo`sh, unda menga o`ng qo`lingni sot,necha pul beray ?- debdi chol.
-Yo`q o`ng qo`lim o`zimga kerak deb javob beribdi yigit.
-Bo`lmasa, o`ng ko`zingni sot.
-Nega men o`ng ko`zimni sotar ekanman, u menga kerak debdi yana yigit.
Donishmand shu tarzda yigitning tana a`zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit “Yo`q” javobini qaytaravergach, donishmand yigitga:
-Ha, to`rt muchang sog` bo`lsa, turmushingdan zorlanishga uyalmaysanmi?
Kishining tan- joni sog`ligi tuman boyligi-ku! “Sog`lom tanda – sog` aql” deb bekorga aytishmagan.Sog` bo`lsang, har qanday ishni bajarish qo`lingdan keladi,-deb javob beribdi.
Bolajonlar, donishmand yigitga nima deb javob berdi?
-Kishining tanu joni sog`ligi tuman boyligi , dedi.
-Demak, bugun biz sizlar bilan o`rganadigan mavzu insonning sog`lom va baquvvat bo`lishida orastalik , saranjomlik haqida suhbatlashamiz.
Xulosa qilib aytganda biz har tongda uyg`onar ekanmiz kunni badantarbiya mashqlarini bajarish bilan boshlashni unutmasligimiz kerak.
III.Yakuniy qism:
“O`rgimchak to`ri” texnologiyasidan foydalanish
O`qituvchi mavzu yuzasidan savol beradi va ipni javob beradigan o`quvchiga uzatadi. O`quvchi savolga javob bersa,ipni ushlab qoladi va mavzu yuzasidan yana savol bilan boshqalarga murojaat qiladi, shu tariqa o`rgimchak to`ri hosil bo`ladi.
Masalan:
1. Orastalik deganda nimani tushunasiz?
2.Orasta yurish uchun nimalarga e`tibor berish kerak?
3.Onangizga uy yumushlarni bajarishda qanday yordam berasiz?
4.Ovqatlanish odobi haqida qanday tushunchaga egasiz?
5.Kiyinish odobi haqida-chi?
6.Ibn Shifo bobo orastalik haqida nimalarni aytadilar?
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |