1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi?
c. ma’naviy ehtiyojlar
2 “Ko‘rinmas qo‘l” kontseptsiyasining asoschisi
a. Smit A.
3. Talab va taklif qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?
a. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
4. Jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytirish “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qanday vazifasiga kiradi?
a. bilish vazifasi
5. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim?
b. Petti V.
6. Jamiyat boyligining manbai puldan, oltindan iborat, boylik savdoda paydo bo‘ladi deb ta’kidlagan oqim nomi?
b. merkantilizm oqimi
7. K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk kabi Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari qaysi iqtisodiy ta’limot vakillari bo‘lib hisoblanishadi?
b. marjinalizm ta’limoti
8. «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) nomli asari orqali birinchi bo‘lib iqtisodiyot nazariyasi faniga nom bergan iqtisodchi olim kim?
c. Antuan Monkreten
9. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?
a. umumiy iqtisodiy qonunlar
10. Kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar qanday iqtisodiy qonunlar deb ataladi?
d. umumiy iqtisodiy qonunlar
11. “Avstriya” maktabi asoschilari kimlar?
a. Bem-Baverk Y.
12. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati usuli – bu:
c. induktsiya usuli
13. Doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha nima deb ataladi?
d. iqtisodiy kategoriya
14. Tahlil paytida ikkinchi darajali narsalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish usuli – bu:
a. ilmiy abstraktsiya usuli
15. ... – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
b. iqtisodiy qonunlar
16. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar qanday ehtiyojlar deyiladi.
d. yakka tarzda qondiriluvchi
17. Fikrning umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati usuli – bu:
a. deduktsiya usuli
18. “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli kitobning muallifi kim?
a. Keyns J.M.
19. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
a. kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati
20. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?
b. iste’mol jarayoni
21. A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi?
d. klassik
22. Unumli iste’mol qanday sohada vujudga keladi?
a. ishlab chiqarish sohasida
23.Unumli iste’mol qanday jarayonni anglatadi?
a. ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish
24. O‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarish usuli – bu:
d. sintez usuli
25. Intsitutsionalizm qaysi so‘zdan olingan, ma’nosi nima
c. lotincha urf-odat “muassasa”, “ko‘rsatma”
26. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan?
b. Angliya
27. Mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligiga bo‘lgan ehtiyoj qanday ehtiyoj turiga kiradi?
a. umumjamiyat ehtiyojlari
28. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?
a. iste’mol jarayoni
29. Tadbirkorlik – ...
a. mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat;
30. Tadbirkorlik faoliyati – ...
d. shakli, turi va sohasidan qati nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyat.
31. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari rivojlanadi:
a. davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari;
32. Davlat korxonalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
b. budjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar;
33. Aralash kompaniyalar – ...
a. davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar;
34. Kooperativ tadbirkorlik – ...
b. jamoa mulkiga asoslanib, kooperasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli;
35. Aksiyadorlik jamiyati – ...
c. kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona;
36. Dividend nima?
d. aksiya egasiga to‘lanadigan daromad.
37. Aksiyalarning nazorat paketi – ...
a. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni;
38. Obligasiya – ...
b. sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli;
39. Asosiy kapital – ...
c. ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;
40. Aylanma kapital – ...
d. bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
41. Amortizatsiya – ...
a. asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;
42. Amortizatsiya normasi nima?
b. amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;
43. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
a. bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari
44. Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?
d. tashqi xarajatlar
45. Kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati – bu …
d. kapital sig‘imi
46. Muomala xarajatlari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
d. qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari
47. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?
d. amortizatsiya ajratmasi
48. Muomala xarajatlari tushunchasi – ...
c. tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi
49. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar qanday nomlanadi?
b. pul daromadlari
50. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
a. mahsulot miqdorini uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan
51. O‘rtacha xarajatlar nima?
a. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari
52. O‘rtacha foyda:
b. bir birlik mahsulotdan olinadigan foyda
53. Doimiy xarajatlar nima?
d. ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar
54. Doimiy xarajatlarning tarkibiy elementlarini belgilang.
d. amortizatsiya, ijara haqi, yuqori darajadagi menejerlar oyligi
55. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?
d. o‘zgaruvchi xarajatlar
56. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi qanday xarajatlarni tashkil qiladi?
a. umumiy xarajatlarni
57. O‘zgaruvchan xarajatlar nima?
a. ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradigan xarajatlar
58. O‘zgaruvchan xarajatlarning tarkibiy elementini belgilang
b. ishchilarning ish haqi va xom-ashyo xarajatlari
59. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?
d. amortizatsiya ajratmasi
60. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qanday xarajatlar deb ataladi?
d. Qo‘shimcha muomala xarajatlari
61. Tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlar qanday xarajatlar deb ataladi?
a. Sof muomala xarajatlari
62. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi qanday nomlanadi?
a. foyda normasi
63. Ish haqining shakllari
c. ishbay va vaqtbay
64. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish qanday tizim yordamida amalga oshiriladi?
b. davlat tarif tizimi
65. Ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasidan yuqori ishlab chiqargan mahsulotiga oshirilgan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?
a. ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi
66. Ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qati nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?
c. to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi
67. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida nima hisobga olinadi?
b. bajarilgan ish hajmi
68. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida nima hisobga olinadi?
a. sarflangan ish vaqti
69. Mehnatning aniq turiga ish haqining darajasi nima ta’sirida shakllanadi?
c. shu mehnat turiga talab va taklif ta’sirida
70. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini bering.
a. ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi
71. Real ish haqi-bu
c. nominal ish haqiga xarid qilish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori
72. Kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirishga qanday yo‘llar bilan erishishi mumkin?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
73. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
d. ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi
74. Agrar munosabatlar nima?
c. yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar
75. Tuproq unumdorligi - ...
d. tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin
76. Agrosanoat integratsiyasi nima?
c. qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni
77. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasi qanday nomlanadi?
c. agrosanoat birlashmalari
78. Differensial renta I – bu?
b. Yerlarning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladigan renta
79. Differensial renta II – bu?
a. Yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad
80. Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishi qanday nomlanadi?
c. yerga egalik
81. Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi?
a. agrobiznes
82. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta I hosil bo‘lmaydi?
d. unumdorligi past
83. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birikmasi qanday nomlanadi?
d. agrosanoat majmuasi
84. Renta nazariyasi dastlab qaysi iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida yoritib berilgan?
b. Kene va Tyurgolarning ilmiy asarlarida
85. Renta tushunchasi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a. yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq
86. Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
87. Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlardan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?
b. differensial renta I
88. Monopol renta – bu …
c. Alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta
89. Yerdan foydalanish huquqi deganda nimani tushunasiz?
a. o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanish
90. Yerga egalik deganda ...
d. yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizasiya qilish tushuniladi
91. Yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik, ular unumdorligidagi farqlardan qati nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini beradi?
a. absolyut renta
92. Yerlardan intensiv foydalanish, ya’ni ularning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi?
c. differensial renta II
93. Yerlarning iqtisodiy unumdorligi qanday yo‘llar bilan oshiriladi?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
94. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqlari nimada?
b. undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi, undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi
95. Yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga kelgan renta shakli qanday nomlanadi?
a. differensial renta I
96. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar qanday munosabatlar hisoblanadi?
a. agrar munosabatlar
97. YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi…
b. hufyona iqtisodiyot
98. Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo‘llaniladi?
d. daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo‘shilgan qiymat usuli
99. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda quyidagilarning qaysi biridan foydalaniladi?
d. Milliy hisoblar tizimidan
100. Yalpi milliy mahsulot bu - …
a. bu o‘z mamlakati yoki horijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati
101. Yalpi milliy mahsulotni hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
d. yuqoridagilarning barchasi
102. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot?
d. butun milliy va jahon iqtisodiyoti
103. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu...
a. barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan muvozanatlar tizimi
104. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar:
c. real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning to‘g‘ri kelishi
105. Milliy daromad qanday hisoblanadi?
b. SMM - egri soliqlar
106. Milliy mahsulot bu - . . .
c. mamlakat miqyosida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmi
107. Nominal YaIM nima?
b. joriy narxlarda hisoblangan YaIM
108. Nominal YaMM qanday usul bilan real YaMMga aylantiriladi?
a. nominal YaMM / narx indeksi
109. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat?
a. makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash
110. Qiyosiy narxlarda:
c. ma’lum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi
111. Quyidagi qaysi ko‘rsatkich YaMM hajmiga kirmaydi?
b. import tovarlar
112. Real yalpi ichki mahsulot nima?
a. o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM
113. SMM qanday hisoblanadi?
b. YaMM - amortizatsiya
114. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi?
d. aholi jamg‘armalari
115. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi….
b. yalpi talab
116. Mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va hizmatlar hajmi……
d. yalpi taklif
117. Narx darajasi ortishi hamda milliy ishlab chiqarishning real hajmi ortishi qaysi kesmada kuzatiladi?
b. oraliq kesma
118. Sof daromad – bu ……
a. soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad
119. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
a. narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi
120. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi
a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi
121. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq?
b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
122. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi…
b. yalpi talab
125. Narxning osonlik bilan ko‘tarilishi, lekin juda qiyinchilik bilan sekin pasayishi qanday samara deb ataladi?
c. xrapovik samarasi
126. Real kassa qoldiqlar samarasi ekvivalenti……
a. boylik samarasi
127. Ishlab chiqarish omillari nima?
c. yer, kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati
128. Ortiqcha quvvat bu . . .
a. mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi
129. Davlat sarflari bu - …
b. milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi
130. Sof eksportdagi o‘zgarish bu - …
c. sof eksportning ko‘payishi yoki kamayishi
131. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi
a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi
132. Sof eksport hajmining o‘zgarishiga avvalo qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?
d. 2 va 3 javoblar to‘g‘ri
133. Turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
b. bevosita
134. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqarishi hamda narx darajasi pasayishi qaysi kesmada kuzatiladi?
b. oraliq kesma
135. Yotiq kesmani yana qanday nom bilan ataladi?
c. Keynscha kesma
136. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq?
b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
137. Narx darajasi o‘zgarishining biror mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladigan samara bu - …?
b. import tovarlar xaridi samarasi
138. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi?
d. aholi jamg‘armalari
139. Narx darajasining oshishi nimaga olib keladi?
a. iste’molchilarning pulga bo‘lgan talabining oshishiga
140. Quyidagilardan qaysi biri moddiy iste’molga kirmaydi?
c. bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish
141. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga kimlar kiritiladi.
a. 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar
142. Musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlarni yaratish, ixtiro va kashfiyotlar qilish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?
d. nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish
143. ... – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
d. mehnat qurollari
144. Huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?
nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga
145. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish 1-bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
c. 1992-1993 yillar
146. Mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatini tashkil etadi?
d. tasarruf etish
147. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar qanday mulk shakliga kiradi?
a. jamoa mulki
148. Mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatiga kiradi?
d. foydalanish
149. Xususiylashtirishning usullari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
d. davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish
150. Ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda foyda olishga qaratilgan mulk mulkchilikning qanday shakliga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |