Topshiriqlar .
1. Kiritilgan so`nga mos ravishda yil oyini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
2. Oy raqamini kiriting. Shu oy qaysi faslda ekanligini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
(Masalan: May oyining tartib raqami 5 kiritilsa, javob Bahor)
3. Yil faslini bildiruvchi 1, 2, 3, 4 sonlaridan birini kiriting. Shu faslga tegishli
oylarni chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Masalan: 1 - Qish; 2 - Bahor; 3 - Yoz; 4 - Kuz; bo’lsin.
2 soni kiritilsa, natija ekranga quyidagicha shaklda chiqsin.
Bahor fasli oylari: 1. Mart 2. Aprel 3. May
4. 1- 7 gacha bo’lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan so`nga mos ravishda hafta
kunlarini so’zlar yordamida ifodalovchi dastur tuzilsin.
5. k butun son berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi dastur tuzing. (1- yomon,
2- qoniqarsiz, 3- qoniqarli, 4- yahshi, 5- a’lo). Agar k son 1-5 oraliqqa tegishli
bo’lmasa “xato” deb chiqarsin.
6. Oy raqami berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini chiqaruvchi
dastur tuzilsin. (Masalan: 2- oy, “qish” )
7. Oy raqami berilgan. Shu oyda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
8. Uzunlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1- desimetr, 2- kilometr, 3-
santimetr, 4- millimetr, 5- metr. Uzunlik birligini bildiruvchi son berilgan (1-5
oraliqda) va shu birlikdagi kesma uzunligini metrda ifodalovchi dastur tuzing.
9. Kiritilgan tinish belgilarining nomlarini ekranga chiqaradigan dastur tuzing.
Masalan, nuqta kiritilsa “Bu nuqta” chiqishi kerak.
10. Kiritilgan N sonini so’z bilan ifodalovchi dastur tuzilsin. 0Masalan: 75 kiritilsa, javob
yetmish besh
shaklida chiqsin.
11. Shunday dastur tuzingki, u sutkaning holatiga mos holda “xayrli to`ng”,
“xayrli kun”, “xayrli kech”, “xayrli tun” istak so’zlarini chop etsin.
12. Kiritiladigan 1, 25 oraliqdagi natural sonlar asosida dastur shu sonlarga mos
ravishda “kitob” so’zini chop etadi. Masalan, 1 sonini kiritsak, “1 ta kitob”, 2
sonini kiritsak, “2 ta kitoblar” va h.k. so’zlarini chop etadi..
13. Qadimgi yapon kalendarida har biri 12 yildan tashkil topgan 5 ta quyi
sikllardan iborat 60 yillik sikl qabul qilingan. Quyi sikllar gullar rangi bilan
nomlangan: yashil, qizil, sariq, oq va qora. Har bir quyi sikl ichidagi yillar
hayvonlar nomi bilan atalgan: sichqon, sigir, yo’lbars, quyon, ilon, ajdar, ot, qo’y,
maymun, tovuq, it va cho’chqa. Masalan, 1984 yil – navbatdagi sikl boshlanish
yili bo’lib, yashil sichqon yili deb ataladi.
14. Hafta kunining raqamiga asosan (1 dan 7 gacha butun son), shu kuni qancha
auditoriya soati o’tilganligini aniqlovchi dastur tuzing.
15. Oyning tartib nomeriga ko’ra keyingi oyning nomini (masalan, m=1 kiritilsa
fevral, m=4 – may va h.k.) ekranga chiqaradigan dastur tuzing.
16. Kiritiladigan, yilning mavsumlarini bildiruvchi sonlar asosida (1 – qish, 2 –
bahor, 3 – yoz, 4 – kuz), yilning shu vaqtiga mos keluvchi oy nomlarini chop
etadigan dastur tuzing.
17. 1 dan 99 gacha bo’lgan k butun son uchun “Mening yoshim” so’zini
yozadigan dastur tuzing. Bunda k ning ayrim qiymatlarida “yosh” so’zi “yil” yoki
“yillar” so’zi bilan almashadigan bo’lsin. Masalan, 11 yosh, 51 yil, 22 yillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |