105 – separatoridan so`ng gaz liniyasi: saqlovchi klapanlar SV-24A,B; fakel qurilmasiga masofaviy tashlash HC-74 rostlagich orqali; qo`lda havoga haydash; antipompajli sarf rostlagichi FIC-63 larga ega. Gaz birinchi bosqich so`rishga avtomatik tarzda FCV-7 klapani orqali tashlanadi. 116 – C sovutgichi ish rejimi HC – 63 rostlagichi yordamida ventilyator parraklari burchagi o`zgartirish bilan rostlab boriladi. Atmosfera havosining temperaturasi past bo`lganda 116-C sovutgichida harorat jalyuzilar o`rnini o`zgartirish bilan me`yorda ushlanadi. Maksimal yoki minimal haroratga ega bo`lganda esa TA-40 va TIA-502-4 orqali signal beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |