"O'zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida mazkur qaror ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yuqori samarali texnologiyalar va uskunalarni boshqarishning yangi tizimlarini qo'llash yo'li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, kimyo sanoati korxonalarining ekologik xavfsizligini ta'minlash singari masalalar kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlaridandir. "O'zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqarma boshlig'i o'rinbosarining aytishicha, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi 30ta investitsiya loyihasini o'z ichiga olgan. Qariyb 291 million AQSH dollari ushbu loyihalarning tatbiq etilishi natijasida 1830 dan ortiq yangi ish o'rni yaratilib, soha korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 baravarga oshadi. Energiya sarfi kamayib, eksport hajmi ortadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mineral o'g'itlarga bo'lgan ehtiyoji tola qondiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |