Birinchi bosqich CO konvertoridan so`ng bug`-gaz aralashmasi 115 kotel-utilizatorga o`z issiqligini berishi hisobiga (10,2-10,9) МPa bosimli bug` olinadi, gaz esa (330-340) оС gacha soviydi. Keyin gaz aralashmasi metanlashga ketayotgan tozalanmagan AVA bilan issiqlik almashinish hisobiga (200-240) оС haroratgacha soviydi va ikkinchi bosqich CO konvertoriga (117) (0,43÷0,54):1,0 m3 bug`/m3(bug`-gaz) hajmiy nisbatda keladi. СО konvertori II bosqich (117) bir korpusda joylashgan 2 parallel ishlovchi qurilmalardan iborat. Taqsimlovchi zaslonkalar orqali gaz oqimining ikki qurilmaga bir xilda taqsimlanishi ta`minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |