3 Н2 + N2 2 NН3 +Q Oxirgi uchinchi qatlamdan o`tgan gaz tarkibida (14-16) % ammiak tutib, (500-515) оС haroratda markaziy truba orqali yuqoriga ko`tariladi. Yuqoridagi ichki issiqlik almashinish apparati orqali o`tayotib (300-335) оС gacha soviydi. Keyin gaz suv qizdirgichi 603 ga kirib o`z issiqligini bug` hosil qilishga beradi. Gaz aralashmasidagi ammiak avval havo sovutgichida so`ng ammiak bug`latish apparatida kondensatsiyalash yo`li bilan ajratiladi. Suv qizdirgichi 603 dan so`ng gaz 2400 harorat bilan 602 apparatda (65-75) оС gacha soviydi.Truba oralig`i bo`shlig`idan o`tib havo sovutgichida ammiakning bir qismi kondensatlanadi. Kondensatlangan ammiak separator 621 da ajratiladi. Gaz tarkibida hajmiy jihatdan (11-12) % ammiak bilan 401 sirkulyatsion AVA kompressoriga boradi. Bu yerda bosim sistemada yo`qotilgani uchun 21,9MPa gacha siqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |