Shahtali pechda metan konversiyasi qoldiq metanni havo kislorodi ishtirokida oxirigacha konversiyalanadi. Jarayon 110 qurilmada nikel katalizatori (GIAP - 8) va issiqlikka bardoshli aluminiyxrom katalizatori (GIAP - 14)va ularning analoglari ishtirokida olib boriladi. Havo markazdan qochma nasos orqali 3,5 Mpa bosimda pechga beriladi. Bug`-havo aralashmasi trubkali pechning yordamchi qizdirgichi orqali o`tib (465-485) оС gacha qiziydi va markaziy truba orqali 110 qurilmaga kiradi. Konvertorda katalizator qizib ketishini oldini olish va uning normal ishlashini ta`minlash uchun katalizator ustida bo`shliq joy bor. Bu yerdan so`ng gaz-bug` aralashmasi yuqori temperaturadan saqlovchi olovbardosh g`ishtli qatlam va aluminiy katalizatori qatlamlaridan o`tadi
Do'stlaringiz bilan baham: |