ORGANIZMLARNING KO’PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
Har bir individ o’zining individual rivojlanishida (…….) o’z turning rivojlanish tarixini (…….) qisqacha takrorlaydi, ya’ni …………da …………ning qisqa takroriga biogenetik qonun deyiladi.
Nuqtalar o’rniga mos terminlarni ketma-ket joylang.
A) filogenez,ontogenez,filogenez,ontogenez
B) ontogenez,filogenez,filogenez,ontogenez
C) filogenez,ontogenez,ontogenez,filogenez
D) ontogenez,filogenez,ontogenez,filogenez
Organizmning butun umri davomida o’z funksiyasini bajaruvchi va embrional rivojlanish davri tugagandan so’ng bo’linmaydigan hujayralarni aniqlang.
1) epidermis hujayralari; 2) neyronlar; 3) leykotsitlar;
4) ilig hujayralari; 5) muskul hujayralari; 6) neyrogliya;
7) bez hujayralari 8) suyakni uzun o’simtali hujayralari
A) 2,5,6 B) 1,4,7 C) 3,5,8 D) 2,6,8
Ontogenez tushunchasini fanga kim tomonidan kiritilgan ?
A) B.L. Astaurov B) Myuller
C) Gekkel D) K.Ber
regeneratsiya
I
?
II
Yuqoridagi sxemani javoblar orqali tasdiqlang.
I→ organizmni funksiyasini jadallashishi
II→ bitta rivojlanish kurtagi ikkinchisiga ta’sir qilib, uning rivojlanishini boshqarishi;
A) I-to’g’ri, II- akseleratsiya
B) I-noto’g’ri, II- embrional induksiya
C) I-to’g’ri, II- gomeostaz
D) I-noto’g’ri, II-anabioz
Interfazaning G2 davri uchun xos ma’lumotni aniqlang.
A) oqsil va RNK jadal sintezlanadi;
B) DNK molekulasi reduplikatsiyalanadi;
C) hujayraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi;
D) DNK sinteziga tayyorgarlik davri;
Murtakning entoderma qavatidan qanday organlar rivojlanadi ?
a) tuxumdon; b) tish emali; c) o’pka epiteliysi; d) buyrak f) tirnoq; g) o’rta ichak epiteliysi;
A) d,g B) a,d C) b,c D) c,g
Ko’p hujayralilar (a) va bir hujayralilar (b) ni jinsiz ko’payish usullari bilan juftlab ko’rsating.
1) kurtaklanib ko’payish; 2) vegetativ ko’payish;
3) sporalar orqali ko’payish; 4) poliembrioniya usuli;
5) shizogoniya; 6) binar bo’linib ko’payish;
7) fragmentlar orqali ko’payish;
A) a-1,3; b-1,3; B) a-2,5; b-6,7;
C) a-5,7; b-2,6; D) a-1,7; b-4,6;
Embrional induksiya kim tomonidan kash qilingan ?
A) E.Gekkel B) G.Mendel
C) G.Shpeman D) Starsburger
Quyidagi jadvalni ma’lumotlar asosida to’ldiring.
№ I (2:1) II (2 n 4 c) III (1:1)
a) metafaza
b) anafaza I anafaza II
I-DNK va xromosoma nisbati;
II-ikki xromatidali diploid to’plam;
III-xromosoma va DNK nisbati;
1) anafaza (mitoz) 2) profaza I (meyoz) 3) G2 (interfaza) 4) metafaza I (meyoz) 5) S (interfaza) 6) telefaza (mitoz)
A) I-3; II-1; III-2; B) I-2; II-5; III-6;
C) I-4; II-6; III-3; D) I-5; II-1: III-6;
Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko’ra oqsillar …% va DNK ….% dan iborat.
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) 50,50 B) 40,60 C) 30,70 D) 60,40
Xo’jasavdogar (a) lansetnik (b) salamandra (c) da gastrulatsiya jarayoni qanday amalga oshadi ?
1) o’sib kirish; 2) blastulaning botib kirishi;
3) hujayra migratsiyasi; 4) qat-qat joylashuvi;
A) a-4; b-2; c-1; B) a-3; b-1; c-2;
C) a-3; b-1; c-2; D) a-4; b-1; c-2;
Bilvosita (I) va bevosita (II) rivojlanuvchi organizmlarni tegishli ravishda juftlang.
1) ko’rsak; 2) povituxa; 3) chigirtka; 4) boltayutar; 5) ari 6) kvashka; 7) kabarga; 8) triton; 9) gekkon; 10) ukki;
A) I-2,5,9; II-1,4,10; B) I-3,6,8; II-4,7,10;
C) I-5,8,9; II-3,4,7; D) I-1,4,7; II-2,6,8;
Mitozning qaysi bosqichida xromosomalar yorug’lik mikroskopida yaxshi ko’rinmay, spirallari yoyila boshlaydi ?
A) Profaza B) Metafaza C) Anafaza D) Telefaza
Interfazaning postsintetik (a) va presintetik (b) davriga xos ma’lumotlarni juftlab ko’rsating.
1) 10 soatdan bir necha sutkagacha davom etadi;
2) bir necha minutdan (bakteriyalarda) 6-7 soatgacha (sutemizuvchilarda) davom etadi; 3) 3-4 soatgacha davom etadi; 4) tubulin oqsili sintezlanadi; 5) gistonli oqsillar sintezlanadi; 6) DNK tarkibiga kiruvchi moddalar to’planadi; 7) yosh hujayra kattalashadi;
A) a-3,4; b-1,6; B) a-2,4; b-6,7;
C) a-2,5; b-3,7; D) a-1,7; b-3,5;
Do'stlaringiz bilan baham: |