15-16 § PROKARIOT VA EUKARIOT
HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI
II QISM MURAKKAB TESTLAR
1.Ko`p hujayralilarning bir hujayralilardan kelib chiqqanligini belgilovchi ko`rsatkichni aniqlang ?
A) sezgi a’zolarning bo`lishi B) oqsillarning bir xilligi
C) belgilanganlarning barchasi
D) ko`p hujayralilarning rivojlanishini bitta urug`langan tuxum hujayradan boshlanishi
2. Hujayraviy tuzilish darajasiga ko`ra barcha tirik organizmlar … bo`linadi?
A) sodda va yuksak organizmlar B) prokariot va eukariotlarga
C) yadroli va yadrosizlarga D) bir va ko`p hujayralilarga
3. Simbioz gipotezasiga ko'ra Golji majmuasi qanday paydo bo'lgan?
A) hujayraga anaerob bakteriya kirishidan
B) hujayraga aerob bakteriya kirishidan
C) hujayraga ko'k yashil suvo'ti kirishidan
D) yadro membranasidan
4. Simbioz gipotezasiga ko'ra lizosomalar qanday paydo bo'lgan?
A) hujayraga anaerob bakteriya kirishidan
B) hujayraga aerob bakteriya kirishidan
C) hujayradagi golji majmuyidan
D) yadro membranasidan
5. Invaginatsiya nazaryasiga ko`ra mitaxondriyalar qanday hosil bo`ladi
A) hujayralarning simbioz holda hoyot kechirishi natijasida
B) yadro qobigining tashqi membranasi hisobiga
C) hujayra qobig`ining sitoplazmaga botib kirishi natijasida
D) yadro va xloroplastlarning bo`linish hisobiga
6. Eukariot hujayraning kelib chiqishi haqidagi simbioz(a), invaginatsiya(b), ko’p genomli(c) gipotezalarining dalillarini aniqlang.
1) mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK ning mavjudligi; 2) yadro va sitoplazmadagi plastic jarayonlarning o’xshashligi;
3) mitoxondriya va xloroplastlarda qo’sh membrananing borligi; 4) mitoxondriya va xloroplastlarning bo’linishi prokariot hujayraning bo’linishiga o’xshashligi.
A) a-1,2; b-3; c-4 B) a-1,4; b-3; c-2
C) a-1;b-2,3; c-4 D) a-4; b-1,2; c-3
7. Eukariot hujayraning kelib chiqishi haqidagi simbioz gipotezasi (a), invaginatsiya gipotezasi (b) ni ularning taxminlari bilan juftlang.
1) Harxil tipga mansub prokariot hujayralarning o’zaro ijobiy bog’lanishda yashashi tufayli paydo bo’lgan; 2) mitoxondriya va xloroplastlar prokariot hujayra sifatida paydo bo’lgan;
3) mitoxondriya va xloroplastlar mustaqil kelib chiqishga ega; 4) eukariot hujayra orgonellalari hujayra tashqi membranasining sitoplazmaga botib kirishi tufayli hosil bo’lgan; 5) bu gipoteza eukariot hujayra bitta prokariot hujayradan kelib chiqqan deb tushuntiriladi.
A) a-3,4; b-2,5; B) a-1,2,5; b-3,4 C) a-4,5;b-1,2 D) a-1,2,3; b-4,5
8. Eukariot hujayraning kelib chiqishi haqidagi gipotezaga ko’ra yadro paydo bo’lgach, uning membranalaridan nimalar kelib chiqqan?
1) endoplazmatik to’r; 2) golji majmuasi; 3) lizosoma; 4) vakuola; 5) mitoxondriya
A) 2,5 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2
9. … yadro va sitoplazmadagi plastic jarayonlarning o`xshashligi bilan isbotlanadi.
A) Invaginatsiya gipotezasi B) Ko`p genomli taxmin
C) Biogenetik qonun D) Simbioz gipotezasi
Do'stlaringiz bilan baham: |