3.Talab va taklifning elastikligi
Xaridorning tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda talab elastikligi tushunchasidan foydalaniladi.
Talab qonuni bo‘yicha mahsulot narxining kamayishi talab miqdorining oshishiga olib keladi. Narx bo‘yicha talab elastikligi mahsulot narxining o‘zgarishiga talab miqdorining reaksiyasini aniqlaydi. Agar narx o‘zgarishiga nisbatan talab mikdori sezilarli darajada o‘zgarsa, talab elastik deb hisoblanadi. Agar narx o‘zgarishiga nisbatan talab miqdori sezilarsiz darajada o‘zgarsa, talab noelastik deb hisoblanadi.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha elastiklik ko‘rsatkichi deyiladi.
Talabning narx bo‘yicha elastikligi (Yer) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Agar Yer 1 dan oshiq bo‘lsa, talab elastik deb hisoblanadi, agar Yer 1 dan kam bo‘lsa, talab noelastik deb hisoblanadi. Agar Yer = 1 teng bo‘lsa, talab bir birlik elastik deb hisoblanadi, ya’ni tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi uning foizdagi narx o‘zgarishiga tengdir. Matematik nuqtai nazardan elastik ko‘rsatkichi talab egri chizig‘ining qiyaligini ifodalaydi. Egri chiziq qancha qiyaroq bo‘lsa, talab elastikligi shuncha yuqori bo‘ladi, egri chiziq qancha tikroq bo‘lsa, talab elastikligi shuncha past bo‘ladi. Gorizontal ko‘rinishdagi egri chiziq absolyut elastik talabni ifodalaydi, ya’ni narxning sezilmas o‘zgarishi ham talab miqdorining katta o‘zgarishiga olib keladi. Vertikal ko‘rinishdagi egri chiziq absolyut noelastik talabni ifodalaydi, ya’ni har kanday mumkin bo‘lgan narx darajasida ham tovar miqdori o‘zgarmaydi.
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda fundamental konsepsiyaga aylandi. Elastiklikning umumiy tushunchasi iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.
“Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885 yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo‘llaniladi;
boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida, bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |