Menejmentning funksiyalari va ularning tasnif
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. M enejment vazifalari deganda boshqaruv bo'yicha ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo'ladi:
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
- uning hududiy tarkibini;
- ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo'yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) marketing;
b) biznes-reja;
d) tartibga solish;
e) tashkil etish;
f) rag‘batlantirish;
g) nazorat va hisob;
h) undash;
i) rejalashtirish.
Marketing - bu korxonani iste’molchi bilan bozor orqali bog'lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari to'plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o'rganish, iste’molchilar buyurtmalariga ko'ra tovarlar turlarini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu tovarga bo'lgan talabni lakmus qog'ozi singari aks ettiradi. Bozor taklif etilgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi. Biznes-reja - bu ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-rejalarda iqtisodiy strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo’llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi. Tashkil etish - bu boshqariluvchi tizimning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlarni tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy qismlari o'rtasidagi qismlari to'g'risida qoidalarni yaratishi, lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy normativlarni belgilashni qamrab oladi. Tartibga solish (koordinatsiya qilish) - bu menejmentning barcha boshqa vazifalari uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalarini, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o'zaro uzviylikni o'rnatish, belgilangan me’yor va normativlardan cheklanishlarning oldini olishdir. Rag'batlantirish - bu manfaatlarni va keng demokratlashtirish, inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar vositasida boshqarishdir. Nazorat va hisob - boshqariladigan tizim ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan inson faoliyatining sabablari va mexanizmini o'rganadi. Undash kishilar faolligi bilan ular ega bo'lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy extyojlarni qondirishga qaratilgandir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi maxsus vazifalarini ko'rsatish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
d) mahsulot sifatini boshqarish;
e) mehnat va ish haqini boshqarish;
f) kadrlar, ta’minot, moliya va kredit, jamoa ijtimoiy rivojlanishini boshqarish;
g) marketingni boshqarish
Menejmentning har bir sohasi maxsus tizim jihatidan majmua bo'lib, o'z tarkibida menejmentning umumiy vazifalarini qamrab oladi. M asalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jihozlashni boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Menejment vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga yetarli darajada e’tibor bermaslik boshqaruv ta’sirining bo'shashib ketishiga sabab bo'ladi. Menejment va uning vazifalari samaradorligi kishilarning mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan uzviy bog'liqdir.
Xulosa
Menejment - bu hamma menejment tizimlarining uzluksiz faoliyat ko'rsatishi jarayoni. Bu boshqaruv apparati xodimlarining ish jarayoni. Menejment jarayoni uzluksiz amalga oshiriladi. Menejment funksiyasi deganda boshqaruvga doir m a’lum masalani yechishga yo'naltirilgan bir turli ishlar yig'indisi tushuniladi. Menejment jarayonlarining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini aniqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Qosimova D.S . Menejment nazariyasi. O ’quv qo'llanma.
Tulyaganova D.S., Akaitdinova M.A. Menejment sotsiologiyasi va psixologiyasi. O ’quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 90 b
Zaynutdinov Sh. N. va boshqalar. Menejment asoslari. - T.: TDIU, 2006.
S.G’ulomov “Menejment”
Do'stlaringiz bilan baham: |