USB xotira qurilmasi. USB (Universal Serial Bus – universal seriyali tashish) bog`lovchilari turli xildagi periferiya qurilmalarini kompyuterga bog`lash imkonini beradi. USBli bog`lash orqali printer, raqamli kamera, sichqoncha, tashqi qattiq disk kabi qurilmalarni kompyuterga ulash mumkin.
USB xotira qurilmasi ma’lumotlarni saqlash va ko`cherish uchun mo`ljallangan. Olib yurish uchun qulay bo`lgan ushbu qutilma kompyuterning USB portiga ulanadi. USB xotira qurilmasining hajmi ham juda ixcham shaklda ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda ularning ma’lumot saqlash hajmi 256 GB gacha yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |