1.4-rasm. Qattiq disk qurilmasi
CD lar va DVD lar. CD – (Compact Disk) kompakt disk ma’nosida keladi. CD qurilmalarining ikki turi mavjud: CD-R va CD-RW. CD-R lar faqat ma’lumotni yozish uchun ishlatiladi. Unda bir marta yozilgan ma’lumotni o`zgartirish, o`chirish yoki unga qaytadan ma’lumot yozish imkonsiz. CD-RW dan qattiq disk kabi foydalanish mumkin, ya’ni unga yozilgan ma’lumotni o`zgartirish yoki unga qaytadan ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. Faqatgina CD 700 MBgacha hajmda ma’lumot yoza oladi.
DVD – (Digital Versatile Disc) raqamli ko`pmuhitli disk yoki (Digital Video Disk) raqamli video disk ma’nolarida keladi. CD va DVD o`zaro juda o`xshash bo`lib, har ikkalasidan ham ma’lumot saqlashda foydalaniladi. DVD CDga qaraganda ko`proq ma’lumot saqlay oladi. Standart DVD lar 4.7 GBgacha hajmdagi ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega. Xuddi CD kabi DVDning ham ikki turi mavjud: DVD-R va DVD-RW.
Do'stlaringiz bilan baham: |