switch (switch-ifoda)
{
case qiymat1: ko`rsatma satri 1;
break;
case qiymat2: ko`rsatma satri 2;
break;
...
case qiymatN: ko`rsatma satri N;
break;
default: dastlabki holat uchun ko`rsatma satri;
}
switch operatorida quyidagi qoidalar kuzatiladi:
switch ifodasi integral qiymat berishi kerak va har doim qavslar orasiga olinadi;
qiymat1, qiymat1, … qiymatN lar integral o`zgarmas ifodalar bo`lib, o`zgaruvchilardan iborat bo`lishi ko`zda tutilmaydi (xuddi 1+x kabi). Bu qiymatlar butun turdagi sonlar va ular suzuvchi-nuqtali sonlar bo`la olmaydi.
case (moslik qatori) operatoridagi qiymat switch-ifoda qiymatiga mos kelganda, o`sha case ga tegishli ko`rsatmalar bajarilishni boshlaydi va bu jarayon break (to`xtatish) operatori bajarilganda yoki switch operatorining so`nggi qismi bo`lgan holatda to`xtaydi;
default case – shunday xususiyatga egaki, yuqoridagi case lardan birortasining qiymati switch-ifoda qiymatiga mos kelmaganda bajariluvchi amalni belgilaydi;
break operatorini qo`llash majburiy emas. U switch operatorining ishini darhol to`xtatish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |