1. Kirish. Kompyuterning apparat dasturiy ta’minoti va operatsion tizimlar. Key Point



Download 338,06 Kb.
bet51/74
Sana02.02.2022
Hajmi338,06 Kb.
#425507
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
mbkjh232333232

bool b = true;
int i = b;
cout << b << endl;
cout << i << endl;
4.1. if – shart operatori
Key Point. if – shart operatori dasturga hisoblash uchun maxsus alternative tanlov qismni belgilovchi tuzilma.
Dastur tuzish davomida ko`p hollarda masalani yechimini topish bir nechta holatlar uchun bajarilishiga duch kelamiz. C++ da tanlash operatorlarining bie necha xili mavjud: bir yo`nalishli if operatori, ikki yo`nalishli if-else operatori, ichma-ich if operatorlar, switch operatori va shartli ifodalar.
Bir yo`nalishli if operatori shart faqat bitta (true) bo`lgan holatlarda ishlaydi. Uning yozilish qoidasi quyidagicha:
if (mantiqiy ifoda)
{
ko`rsatma satri (s);
}
4.1 (a) rasmdagi blok-sxemada C++ da if operatorining ishlash tartibi tasvirlangan. Blok-sxema – dasturdagi qadamlar va bajarilish qismlarini ko`rsatkichli chiziqcha yordamida bog`lagan holda tasvirlovchi diagramma. Bu shakllardagi bajarilish qismlari o`zida operatsiyalarni ifodalaydi va yo`nalish chiziqlari dasturning boshqaruv yo`lini ko`rsatadi. Romb shakli mantiqiy qiymatni aniqlash uchun va to`rtburchak shakli ko`rsatmalarni bajarishni ko`rsatish uchun foydalaniladi.

4.1-rasm. Agar mantiqiy ifoda rost qiymatni qabul qilsaif operatori berilgan ko`rsatmani ishga tushiradi
Agar mantiqiy ifoda true qiymat qabul qilsa, blok ichidagi ko`rsatmalar bajariladi. Misol sifatida quyidagi kodni ko`rib chiqamiz:
if(radius >= 0)
{
yuza = radius * radius * PI;
cout << "Aylana yuzasi" << radius << " radius bo`yicha"<< yuza << ” ga teng” << endl;
}
4.1(b) – rasmda agar radiusning qiymati 0 dan katta yoki 0 ga teng bo`lsa blok ichidagi ko`rsatma bajariladi, ushbu ikki shartdan boshqa holatda blokdagi ko`rsatma bajarilmaydi.
Mantiqiy ifoda qavslar ichida yozilishi kerak. Quyida keltirilgan (a) shakldagi koddagi mantiqiy ifoda noto`g`ri yozilgan, (b) shakldagi kodda esa to`g`ri yozilgan.

Shart operatorining bajarilishida uning tanasini belgilash uchun figural qavslar ({ va })dan foydalanish mumkin. Agar dasturda faqat bir yoqlama shart operatori bo`lsa va undan keyin ushbu shartga tegishli bo`lgan boshqa bajariluvchi ifodalar bo`lmasa bu qavslardan foydalanish shart emas. Bunga quyidagicha misol keltirish mumkin:

Quyidagi kodli ro`yxatda foydalanuvchi tomonidan butun son kiritilishi ko`rsatilgan. Agar son 5 ga qoldiqsiz bo`linsa “5 ga karrali” degan gap, agar 2 ga qoldiqsiz bo`linsa, “Juft son” degan gap ekranga chiqariladi.
3.1-kodli royxat. ifoperator.cpp
1 #include
2 using namespacestd;
3
4 int main()
5 {
6 // Foydalanuvchini butun son kiritishga undash
7 int son;
8 cout << "Butun sonni kiriting: ";
9 cin >> son;
10
11 if (son % 5 == 0)
12 cout << "5 ga karrali"<< endl;
13
14 if(son % 2== 0)
15 cout << "Juft son"<< endl;
16
17 return 0;
18 }

Butun sonni kiriting: 4 
Juft son


Butun sonni kiriting: 30 
5 ga karrali
Juft son


Download 338,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish