#include
konsolli kiritish va chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘ladigan, iostream kutubxonasini bu dasturga qo‘shishni kompilyatorga xabar qiladigan, kompilyatorning preprotsessor direktivasidir. C++ kutubxonasi C++ dasturlarini ishlab chiqarish uchun oldingan aniqlangan kodlardan tashkil topgan. iostream ga o‘xshash, kutubxona, C++ da sarlavha fayl deb nomlanadi, shu sababli ular odatda dasturlarning boshida qo‘shiladi.
Ikkinchi stardagi
using namespace std;
yozuvi kompilyator standart nomlar fazosidan foydalanishni ko‘rsatadi. std – standart so‘zining qisqartmasidir. Nomlar fazosi – bu katta dasturlarda nomlar to‘qnashuvlari bilan kurashish mexanizmidir. 7-satrdagi cout va endl ismlar standart nomlar fazosidagi iostream kutubxonasida aniqlangan. Kompilyator bu ismlarni topishi uchun 2-satrdagi operatorni ishlatishi kerak. Nomlar fazosi dasturlashni kengaytirish hisoblanadi va keyinchalik keng qaraladi. Hozircha dasturingizda ixtiyoriy kiritish-chiqarish amallarini bajarishingiz uchun dasturga 2-satrni yozishingiz kerak.
C++ dagi har bir dastur main funksiyasidan bajariladi. Funksiya ko‘rsatmalardan iborat tuzilmani o‘zida tavsiflaydi. 4-10 satrlarda aniqlangan asosiy funksiya ikkita ko‘rsatmadan tashkil topgan. Ular chap figurali qavs, {, (5-satr) bilan boshlanadigan va o‘ng figurali qavs, }, (10-satr) bilan tugaydigan blokga olinadi. C++ dagi har bir ko‘rsatma terminator ko‘rsatmasi sifatida ma’lum bo‘lgan nuqta-vergul (;) bilan yakunlanishi kerak.
7-satrdagi ko‘rsatma konsolga xabar jo‘natishni tavsiflaydi. cout (see-out kabi talaffuz qilinadi) konsol chiqarishni anglatadi. Oqimga qo‘shish deb nomlanuvchi operator, << operatori konsolga satrni jo‘natadi. Satrlar qo‘sh tirnoqqa olinishi kerak. 7-qatordagi ko‘rsatma birinchi navbatda konsolga “Welcome to C++!” satrini chiqaradi, keyin endlni chiqaradi. E’tibor beringki, endl satr tugashini bildiradi (end line). endl jo‘natmasi konsolda satrni tugatadi va chiqarishni tezlikda tavsiflashga imkon beradigan chiqarish buferini tozalaydi.
return 0;
ko‘rsatmasi (9-satrdagi) dasturdan chiqish uchun har bir asosiy funksiyaning oxiriga qo‘yiladi. 0 qiymati dastur muvaffaqiyatli chiqish bilan tugatilganligini bildiradi. Agar bu ko‘rsatma tashlab yuborilsa ba’zi kompilyatirlar yaxshi ishlaydi; lekin, boshqa kompilyatorlar ishlamaydi. Amaliyotdan ko‘rish mumkinki, dasturingiz barcha C++ kompilyatorlarida yaxshi ishlashi uchun xar doim ham bu ko‘rsatmani xamisha qo‘shish kerak.
6-satr – bu dastur nima va u qanday tuzilganligini hujjatlashtiruvchi izohdir. Izohlar dasturchilarga muloqot qilishga va dasturni tushunishlariga yordam beradi. Ular dastur operatorlari hisoblanmaydi va shuning uchun kompilyator tomonidan qaralmaydi. C++ da izohlar, bir satrli deb nomlanuvchi, ikkita slesh bilan (//) boshlanadigan bir satrli izoh yoki blokli izoh yoki ko‘p satrli izoh deb nomlanuvchi, /* va */ larga olingan ko‘p satrli izohlarga bo‘linadi. Kompilyator // ni ko‘rganda, u shu satrdagi // dan keyingi barcha matnni tashlab yuboradi. /* ni ko‘rganda esa, kompilyator */ belgigacha qarab chiqadi va /* va */ lar orasidagi ixtiyoriy matnni tashlab ketadi.
Quyida ikki turdagi izohlarga misol keltirilgan:
//This application program prints Welcome to C++!
/*This application program prints Welcome to C++!*/
/*This application program
prints Welcome to C++!*/
Kalit so‘zlar yoki ajratilgan so‘zlar kompilyator uchun aniq ma’noga ega va dasturda boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas. Ushbu dasturda to‘rtta kalit so‘zlar bor: using, namespace, int va return.
Do'stlaringiz bilan baham: |