4.5. Umumiy xatoliklar va tuzatishlar
Key Point. if operatorida figurali qavslarni unutib qoldirish, nuqtali vergulni xato qo`yish, == o`rniga = ni qo`yish, else blokini umumiy blokdan chiqarib qo`yish – tanlov ko`rsatmalaridagi xatoliklardir. Ikki tarmoqli if-else va o`zgaruvchilarni double turida e’lon qilish – xatolikning oldini olishdir.
1-umumiy xatolik: Figurali qavslarni unutib qoldirish.
Bir tarmoqli tanlov operatori tarkibida figurali qavslarni qoldirib yozish xato hisoblanmaydi. Bordiyu, agar figurali qavslar ko`p tarmoqli shart operatorlarida unutib qoldirilsa, dasturlashdagi asosiy xatolikka olib keladi. Agar if operatori tarkibiga yangi ko`rsatma satrini joylashtirmoqchi bo`lsak, shartlarni guruhlashtirishdagi xatolik yuzaga keladi.
(a) kodda yozilgan chiqarish operatori (cout) if operatori tarkibiga kirmaydi, chunki unda shart operatori tanasi ochiluvchi va yopiluvchi figurali qavslar oralig`iga olinmagan. Figurali qavs ishlatilmaganda if operatori o`zidan keyingi faqat bitta ko`rsatma satrini qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |