Diqqat. Preprotsessor direktivalar C++ ning ko‘rsatmalri hisoblanmaydi. Shuning uchun preprotsessor direktivalar oxiriga nuqta-vergulni qo‘ymang. Bu esa arzimagan xatolikka olib kelishi mumkin.
Diqqat. Agar < va iostream o‘rtasida yoki iostream va > o‘rtasida bo‘sh joylar qo‘ygan bo‘lsangiz ba’zi kompilyatorlar kompilyatsiya qilmaydi. Qo‘shimcha bo‘sh joy fayl nomining bir qismiga aylanadi. Dasturingiz barcha kompilyatorlarda ishlashini ta’minlashingiz uchun, bunday holatlarda qo‘shimcha bo‘sh joylarni qo‘ymang.
Diqqat. C++ dagi dastlabki dasturlar katta va kichik harflarni farqlaydi (registrga sezgirdir). Misol uchun, dasturda main ni Main ga almashtirish xato bo‘ladi.
Eslatma. Ehtimol, sizda, bunday holatda savol to‘g‘ilishi mumkin, nima uchun asosiy funksiya bunday ko‘rinishda e’lon qilinadi va nima uchun cout << “Welcome to C++!” << endl konsolga xabarni chiqarish uchun ishlatiladi. Savollaringizga hali javob berib bo‘lmaydi. Hozircha, bu narsalar qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishingiz kerak. Javoblarni keyingi boblardan topasiz.
Siz dasturda bir nechta maxsus belgilarni (masalan, #, //, <<) ko'rdingiz. Ular deyarli har bir dasturda ishlatiladi. 3.1-jadvalda ularning qo'llanilishi umumlashtirilgan.
3.1-jadval. Maxsus belgilar
Belgi
|
Nomi
|
Tavsifi
|
#
|
Funt sterling belgisi
|
Preprotsessor direktivasini belgilash uchun #include da foydaniladi.
|
<>
|
Ochilgan va yopilgan burchakli qavs
|
#include bilan foydalanilganda kutubxona fayl nomini biriktiradi.
|
()
|
Ochilgan va yopilgan aylana qavs
|
main() kabi funksiyalarda ishlatiladi.
|
{}
|
Ochilgan va yopilgan figurali qavs
|
Operatorlarni qo‘shish uchun blokni bildiradi.
|
//
|
Ikkita slesh
|
Izoh satridan oldin keladi.
|
<<
|
Oqimni qo‘shish operatori
|
Konsolga chiqaradi.
|
“ ”
|
Ochilgan va yopilgan qo‘sh tirnoq
|
Satrni ifodalaydi (ya’ni, belgilar ketma-ketligi).
|
;
|
Nuqtali-vergul
|
Ko‘rsatmaning oxirini belgilaydi.
|
Ushbu bobda keng uchraydigan xatolar talabalarning sintaksis xatolaridir. Boshqa dasturlash tillari kabi C++ xam, sintaksis deb nomlanuvchi, o‘z grammatik qoidalariga ega, siz kodni bu sintaksis qoidalarga amal qilgan holda yozishingiz kerak. Agar dasturingizda bu qoidalar buzilsa, C++ kompilyatori sintaksis xatolar haqida xabar beradi. Tinish belgilarga e’tibor bering. Yo‘nalish belgisi << - bu ketma-ket ikkita < belsidan iborat. Funksiyaning har bir ifodasi nuqtali-vergul (;) bilan tugaydi.
“Welcome” dasturi bitta xabarni chop qiladi. Dasturni yaxshi tushunganingizdan keyin, yengillik bilan bir nechta xabarlarni chop qiladigan qilib uni o‘zgartirishingiz mumkin. Masalan, quyida ko‘rsatilgandek, dasturni uchta xabarni chop qiladigan qilib qayta yozishingiz mumkin.
3.1.-dastur. WelcomeWithThreeMessages.cpp
Do'stlaringiz bilan baham: |