1. Kirish. Kompyuterning apparat dasturiy ta’minoti va operatsion tizimlar. Key Point



Download 338,06 Kb.
bet15/74
Sana02.02.2022
Hajmi338,06 Kb.
#425507
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
mbkjh232333232

#include 
konsolli kiritish va chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘ladigan, iostream kutubxonasini bu dasturga qo‘shishni kompilyatorga xabar qiladigan, kompilyatorning preprotsessor direktivasidir. C++ kutubxonasi C++ dasturlarini ishlab chiqarish uchun oldingan aniqlangan kodlardan tashkil topgan. iostream ga o‘xshash, kutubxona, C++ da sarlavha fayl deb nomlanadi, shu sababli ular odatda dasturlarning boshida qo‘shiladi.
Ikkinchi stardagi
using namespace std;
yozuvi kompilyator standart nomlar fazosidan foydalanishni ko‘rsatadi. std – standart so‘zining qisqartmasidir. Nomlar fazosi – bu katta dasturlarda nomlar to‘qnashuvlari bilan kurashish mexanizmidir. 7-satrdagi cout va endl ismlar standart nomlar fazosidagi iostream kutubxonasida aniqlangan. Kompilyator bu ismlarni topishi uchun 2-satrdagi operatorni ishlatishi kerak. Nomlar fazosi dasturlashni kengaytirish hisoblanadi va keyinchalik keng qaraladi. Hozircha dasturingizda ixtiyoriy kiritish-chiqarish amallarini bajarishingiz uchun dasturga 2-satrni yozishingiz kerak.
C++ dagi har bir dastur main funksiyasidan bajariladi. Funksiya ko‘rsatmalardan iborat tuzilmani o‘zida tavsiflaydi. 4-10 satrlarda aniqlangan asosiy funksiya ikkita ko‘rsatmadan tashkil topgan. Ular chap figurali qavs, {, (5-satr) bilan boshlanadigan va o‘ng figurali qavs, }, (10-satr) bilan tugaydigan blokga olinadi. C++ dagi har bir ko‘rsatma terminator ko‘rsatmasi sifatida ma’lum bo‘lgan nuqta-vergul (;) bilan yakunlanishi kerak.
7-satrdagi ko‘rsatma konsolga xabar jo‘natishni tavsiflaydi. cout (see-out kabi talaffuz qilinadi) konsol chiqarishni anglatadi. Oqimga qo‘shish deb nomlanuvchi operator, << operatori konsolga satrni jo‘natadi. Satrlar qo‘sh tirnoqqa olinishi kerak. 7-qatordagi ko‘rsatma birinchi navbatda konsolga “Welcome to C++!” satrini chiqaradi, keyin endlni chiqaradi. E’tibor beringki, endl satr tugashini bildiradi (end line). endl jo‘natmasi konsolda satrni tugatadi va chiqarishni tezlikda tavsiflashga imkon beradigan chiqarish buferini tozalaydi.
return 0;
ko‘rsatmasi (9-satrdagi) dasturdan chiqish uchun har bir asosiy funksiyaning oxiriga qo‘yiladi. 0 qiymati dastur muvaffaqiyatli chiqish bilan tugatilganligini bildiradi. Agar bu ko‘rsatma tashlab yuborilsa ba’zi kompilyatirlar yaxshi ishlaydi; lekin, boshqa kompilyatorlar ishlamaydi. Amaliyotdan ko‘rish mumkinki, dasturingiz barcha C++ kompilyatorlarida yaxshi ishlashi uchun xar doim ham bu ko‘rsatmani xamisha qo‘shish kerak.
6-satr – bu dastur nima va u qanday tuzilganligini hujjatlashtiruvchi izohdir. Izohlar dasturchilarga muloqot qilishga va dasturni tushunishlariga yordam beradi. Ular dastur operatorlari hisoblanmaydi va shuning uchun kompilyator tomonidan qaralmaydi. C++ da izohlar, bir satrli deb nomlanuvchi, ikkita slesh bilan (//) boshlanadigan bir satrli izoh yoki blokli izoh yoki ko‘p satrli izoh deb nomlanuvchi, /* va */ larga olingan ko‘p satrli izohlarga bo‘linadi. Kompilyator // ni ko‘rganda, u shu satrdagi // dan keyingi barcha matnni tashlab yuboradi. /* ni ko‘rganda esa, kompilyator */ belgigacha qarab chiqadi va /* va */ lar orasidagi ixtiyoriy matnni tashlab ketadi.
Quyida ikki turdagi izohlarga misol keltirilgan:
//This application program prints Welcome to C++!
/*This application program prints Welcome to C++!*/
/*This application program
prints Welcome to C++!*/
Kalit so‘zlar yoki ajratilgan so‘zlar kompilyator uchun aniq ma’noga ega va dasturda boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas. Ushbu dasturda to‘rtta kalit so‘zlar bor: usingnamespaceint va return.

Download 338,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish