1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klaster usulidan foydalanish


INNOVATSION G‘OYA, ISHLAMA VA TEXNOLOGIYALARNI XALQ XO‘JALIGIGA TRANSFER QILISHDA KLASTER USULLARDAN FOYDALANISH



Download 93 Kb.
bet3/3
Sana28.01.2023
Hajmi93 Kb.
#904755
1   2   3
Bog'liq
innavatsion iqtisodiyot mustaqil ish

4. INNOVATSION G‘OYA, ISHLAMA VA TEXNOLOGIYALARNI XALQ XO‘JALIGIGA TRANSFER QILISHDA KLASTER USULLARDAN FOYDALANISH.
Jumladan, kompyuter muhandisligida tizim barqarorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida serverlarni birlashtirish, shuningdek, qattiq diskning sektori mazkur atama bilan nomlangan.
Iqtisodiyot va sanoatda esa ishlab chiqarishning bir hududda jamlangan va bir-biri bilan bog‘langan bo‘linmalari tushuniladi.
Klaster atamasi amerikalik iqtisodchi, Garvard maktabi professori, raqobat imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Maykl YUjin Porter tomonidan ilk bor qo‘llangan edi.
U klasterga geografik jihatdan qo‘shni bo‘lgan, bir-biri bilan bog‘langan, muayayn bir sohada faoliyat olib boradigan hamda bir-birining ishini to‘ldiradigan korxona va tashkilotlar birlashmasi sifatida ta’rif bergan.
Uning fikricha, klasterlar quyidagi umumiy jihatlarga ega bo‘lishi darkor:
- ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjudligi;
- ish resurslari;
- raqobatbardoshlik holati;
- sohaga mansublik;
- maxsus o‘quv muassasalarining mavjudligi;
- maxsus xizmatlarga egalik imkoniyatining mavjudligi;
- xomashyo etkazib beruvchilarning etarliligi.
So‘nggi yillardagi innovatsion jarayonlar axborot kommunikatsiyasi, mobil qurilmalar, mikroelektronika, kompyuter va iqtisodiy kibernetika sohalarida texnologik o‘sishga olib keldi. Ana shu barcha tarmoqlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, u nafaqat sanoat korxonalarida, balki alohida mamlakatlar hududida klaster tizimi shakllana boshlashiga olib keldi. Ishlab chiqarish salohiyatining bir erga jamlanishi esa investitsiya qo‘yilmalarini samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Misollarga e’tibor qaratsak, Germaniyada kimyo va mashinasozlik sohalarida, Fransiyada oziq-ovqat sanoatida, YAponiyada esa kompyuter muhandisligida klaster yo‘lga qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin.
Detroytdagi avtomobil sanoati klasteri o‘z atrofiga “Ford Motor Company”, “Chrysler Group LLC” va “General Motors” kabi sanoat gigantlarini jamlagani ham bejiz emas. Avtomobil korporatsiyalarining hamkorligi innovatsion texnologiyalar borasida tajriba almashish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga ko‘mak ko‘rsatadi.
So‘nggi vaqtlarda ko‘pgina mamlakatlarda xo‘jalikning istiqbolli sohalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida klaster strategiyasi qo‘llanilmoqda. Mazkur strategiya hatto tibbiyot sohasida ham mavjud. Raqobatbardosh tibbiy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda avval bir-biri bilan hamkorlik qilmagan tashkilotlardan iborat klasterlar yaratish ishi davlat miqyosida olib borilmoqda. Bu kabi tibbiy markazlar bir hududda joylashadi va o‘n yillar mobaynida yig‘ilgan tajribalarni o‘zaro almashish hisobiga aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishiga olib keladi.Logistika sohasida ham mazkur strategiya o‘z samarasini bera oladi. Transport va omborlarning hududiy joylashtirilishi orqali klasterni shakllantirish yuk etkazib berish va saqlashni maqbullashtiradi. Klaster atamasi ham tahlil maqsadida, ham amaliy faoliyatda qo‘llaniladi. Birinchi holatda klaster atamasi orqali muayyan korxona yoki sohaga o‘rganish, xususan, prognozlashtirish ob’ekti sifatida yondashiladi. Ikkinchi holatda esa klaster hududiy rivojlanish strategiyasi doirasidagi qo‘llab-quvvatlash ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishni, innovatsiyalarni, raqobatbardoshlikni, daromadni va mazkur hududda joylashgan firma hamda korxonalarning bandligini oshirishni nazarda tutgan holda strategiyani ishlab chiqishda klasterni shakllantirish chora-tadbirlariga e’tibor qaratiladi. Uzoq vaqt davomida yuz beradigan transport va kommunikatsiya xarajatlarining pasayishi firmalarni hududiy jihatdan birlashtirishga turlicha ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Bir tomondan, muvaffaqiyatli tarzda hamkorlik qilayotgan firmalar uchun hududiy qo‘shnichilikning ahamiyati qisman pasayadi. Ikkinchi tomondan esa hali ko‘pchilik o‘zlashtirmagan tajribani almashish, birinchi navbatda, shaxsiy munosabatga asoslanishda davom etadi, transport va kommunikatsiya xarajatlarining pastligi kelajakda mehnat taqsimotining jahon miqyosida bo‘lishiga va hududlarning ixtisoslashuviga ko‘maklashadi. Taniqli iqtisodchi Maykl Porter esa kompaniyalarning hududiy jamlanishiga o‘zgacha tushuntirish beradi. Uning fikricha, bunga birinchi sabab – raqobat. Agar mahalliy bozorda yuqori darajada raqobatbardosh korxona paydo bo‘lsa, qolganlar ikki qiyin tanlov orasida qoladilar. Birinchisi – o‘z raqobatbardoshligini oshirish, ikkinchisi esa bozorni tark etish. Natijada asta-sekin yuqori darajada raqobatbardosh bo‘lgan firmalar birlashmalari yuzaga keladi. Boshqa hudud hamda xorij bozoriga chiqa boshlagan mazkur firmalar mahalliy raqobatga dosh bera olmaydigan firmalarni bozordan siqib chiqaradilar. Natijada soha bozorida bir hududda jamlangan firmalar klasteri etakchilik qila boshlaydi.
Firmalarning bir hududda jamlanishining uchta asosiy sababi ko‘rsatib berilgan.
Birinchi sabab bir necha kompaniyalar uchun umumiy bo‘lgan resurslarning ishlatilishi va taqsimlanishidan yutish imkoniyati bilan bog‘liq.
Ikkinchi sabab esa hududiy yaqinlik bilan izohlanadi, bunda biznes uchun zarur xomashyo, mahsulot yoki xizmatlarni vaqtida va arzon etkazish ta’minlanishi mumkin bo‘ladi.
Uchinchi sabab firmalarning bir hududda jamlanishi o‘zlashtirish va boshqalarga etkazish murakkab bo‘lgan tajriba va bilimlarning keng quloch yoyishiga ko‘maklashadi. SHuningdek, tajribali va zarur mutaxassislarning qadrlanishiga ham olib keladi. Muayyan bir hududda hunarmandchilikning ayrim turlari juda mashhurligi va iste’molchilar o‘rtasida aynan shu mahsulotga talab kattaligi yuqoridagi fikrlarning isbotidar.
Klasterni qo‘llab-quvvatlash klaster siyosati deb yuritiladi va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- innovatsiyani qo‘llash yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish;
- inson kapitaliga va jismoniy infratuzilmaga investitsiya kiritish;
- bir-biri bilan bog‘langan firmalarning hududiy jamlanishini qo‘llab-quvvatlash.
Odatda klaster siyosatiga aniq korxona yoki sohani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan an’anaviy “sanoat siyosati”ning raqobatni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan chora-tadbirlariga muqobil sifatida qaraladi.
Klaster siyosatining tanqidchilari esa uning bir qator kamchiliklari mavjud, deya sanashadi, jumladan:
- klaster doirasida sanoatni mazkur hududda jamlash hududning diversifikatsiya qilish imkoniyatini kamaytirib, iqtisodiyoti barqarorligini pasaytiradi;
- mazkur hududda ish bilan bandlar soni ko‘pchilikni tashkil etishi innovatsiyani qo‘llash darajasini pasaytiradi, chunki u, asosan, tajriba va bilimi bir-biridan sezilarli ravishda farqlanuvchi insonlarning muloqoti natijasi bo‘lgani uchun aks yondashuv guruh tarzda fikrlash, eski g‘oyalar, eski qarashlar va yondashuvlarni saqlab qolishga olib kelishi mumkin;
- klasterni rag‘batlantirish sanoat siyosati kabi subsidiya hisoblanadi.
Biroq, aytish mumkinki, jahon tajribasida, yuqorida qayd etilgandek, klasterning ijobiy samara keltirishini kuzatish mumkin.
Xususan, tizimga mahsulot ishlab chiqarishning barcha jarayonlari – nafaqat xomashyo olishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan, balki yangi g‘oyalarni tatbiq etish, zarur mutaxassislarni tayyorlash, tayyor mahsulotni sotish va iste’molchiga xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonlar birlashtiriladi.
Klasterning barcha ishtirokchilari yuridik va xo‘jalik jihatdan mustaqillik maqomini saqlab qolishi markaziy boshqaruv organlariga ehtiyoj qoldirmaydi hamda ma’muriy va tashkiliy xarajatlarning qisqarishiga olib keladi.
Klaster ishtirokchilari o‘rtasida nafaqat bozor va raqobat, balki do‘stona, ishonchli hamkorlik munosabatlari ham o‘rnatiladi, zero ularni yagona strategik reja va umumiy maqsad – biznesda muvaffaqiyat qozonish birlashtiradi.
O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning strategik yo‘nalishi bor imkoniyatlardan to‘liq foydalanilgan holda ilmiy-texnik rivojlanishni amalga oshirish yaratilgan intellektual imkoniyatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tatbiq etlish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ichki bozor talablarini qondirish va shu sababli innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish zarur. Bunday tadbir talablarini amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hozirgi zamon talablarini ishlab chiqarishga joriy etish, yangi zamonaviy texnologiyalarni, yangi assortimentdagi tovarlarni, seleksiya yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy taraqqiyotning fundamental ishlanmalarini xalq xo‘jaligiga tatbiq etish hozirgi davr talabi bo‘lib qolmoqda[1]. O‘zbekistan Respublikasida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini globallashtirish hozirgi davrdagi yangi innovatsion g‘oyalarni, ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga transfer qilish orqali zamonaviy talablarga mos bo‘lgan iqtisodiy rivojlanishni ta’min etmoqda. Bunday murakkab jarayonlar nafaqat yangi imkoniyatlarni yaratadi, shu bilan birga uning o‘ziga xos tavakkalchilik muhitini yaratadi. SHu bilan bir qatorda innovatsion ishlanmalar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda bozor iqtisodiyoti talablariga nisbatan raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirishda va unga moslashishda katta ahamiyatga ega. O‘zbekistan Respublikasida yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, uni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish tashqi va ichki bozor uchun raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish orqali o‘z mavqeiga ega bo‘lmoq shu kunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu ulkan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasidagi ishlab chiqarish korxonalarining hozirgi holatini ob’ektiv ravishda tahlil qilish va bunday masalalarga yangi metodologik talablar bilan yondashish orqali raqobatdosh iqtisodiy tizimni tashkil etish lozim. Bunday raqobatdosh iqtisodiy tizimni amalga oshirishda turli iqtisodiy yo‘nalishga ega bo‘lgan bozor munosabatlarini shakllantirishda puxta o‘ylangan va tahlil qilingan istiqbolli modernizatsiyalangan milliy iqtisodni shakllantirish zarur. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda bir-birga bog‘liq sohalardagi strategik yo‘nalishlar raqobat muhitini tashkil etish umumiqtisodiy rivojlanish asoslarini tashkil etadi[2]. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy barqarorligini, ishlab chiqarilayotgan tovarlarining yuqori raqobatdoshligini ta’minlash korxonalarning iqtisodiy o‘sishiga, avvalambor, ularni yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda, ishlab chiqarishni dunyo standratlari ISO 9001 talablari asosida boshqarishga va ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarishda katta omil bo‘ladi.
Bularni hisobga olgan holda raqobatdosh iqtisodiy mexanizmni tashkil etishda hamda klaster nazariyasidan har tomonlama foydalanish orqali innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amalga oshirish mumkin Hozirgi vaqtda tovar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning xalqaro bozorlardagi raqobatdoshligi tahlil qilinganda, klasterga birlashtirilgan barcha shu tarmoqdagi firmalarning klaster usullaridan foydalanayotganlariga qarab ular faoliyatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi. Klaster usullari quyidagilarni ta’minlaydi: - zamonaviy innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilganda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni raqobatdoshligini oshirish uchun foydalaniladigan barcha axborot vositalaridan unumli foydalanish va ular orqali korxonada xizmat qilayotgan barcha mutaxassislarni axborot bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishda klaster talablarini ta’minlagan xodimlarni rag‘batlantirish; - ishlab chiqarish firmalarining innovatsion ko‘rsatkichlari o‘sishi, tezlik bilan yangi texnologik bilimlar tarqalishi hamda raqobatdoshlik bosimi boshqa firmalarni ham innovatsion faoliyatlardan foydalanishga undaydi; - ishlab chiqarish firmalari yangi innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishi natijasida yangi ishlab chiqarish firmalar bunyod etilishini tezlashtiradi. YUqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan klaster strategiyasiga ko‘ra yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan korxonalar, asosan, yuqori ishchanlikka, bilimga hamda faoliyatlari davomida raqobatdoshlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mutaxassislar hisoblanadi. Innovatsiya – tatbiq etilgan yangilikning oxirgi natijasi hisoblanib, u yangilangan ob’ektning tashkiliy tomonlari amalga oshirilishi natijasida olingan iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqalar foydasidir. YAngilik – bajarilgan ishlarning natijasi, u olib borilgan fundamental, amaliy ilmiy-tekshirish va eksperimental ishlarni biror bir sohaga yo‘naltirib, yuqori foyda olish. YAngilik – intellektual mulk sifatida kashfiyot, ixtiro, sanoat mulki, ratsionalizatorlik taklifi orqali yangi yoki yangilangan mahsulotlarga, texnologiyalarga, ishlab chiqarishda yangi boshqaruv, tashkiliy va boshqalar: Nou-Xau, yangi yaratilgan ilmiy yo‘nalish, normativtexnik ishlanmalar, uslublar, takliflar va boshqalar marketing tadqiqotlari natijalari hisoblanadi. Innovatsion marketingning asosiy vazifalaridan biri maqsadga yo‘naltirilgan qidiruv, tanlov, ilmiy tadqiqot ishlarini rejalash, bajarish va olingan raqobatbardosh ishlanmalarni amalga oshirish va olingan yangi ishlanmalarni xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirish hamda bozorlarni raqobatbardosh tovarlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Innovatsion tovar va xizmatlar ilmiy-texnik va yangi g‘oya, ishlanma va texnologiyalar hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har tomonlama o‘rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga transfer qilishdir. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste’mol bozori
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‘nalishida faollikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o‘rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
SHunday qilib, ta’kidlash mumkinki, xozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
- qonunchilik tomonidan yakin, o‘rta va uzok istikbollarga belgilangan milliy maksadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;
- makroiqtisodiy barkarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maksadlariga mos kelavermasligi, ayrim xollarda esa unga zid kelishi;
- mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barkarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatgi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.
Mamlakatning milliy maksadlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
- milliy xavfsizlikni ta’minlash;
- iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
- sanoatni texnologik qayta jixozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari rakobatbardoshligini oshirish;
- tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini xal qilish;
- aholining ijtimoiy muammolarini xal qilish, munosib turmush tarzini ta’minlash, soliqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
- oziq-ovqat, homashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chikkan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
- akademik va tarmoq, institutlari, universitetlar va firmalarnint ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarp ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo‘llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual maxsulot ishlab chikaradi xamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shuullanadi;
- texnik va sanoat-texnik tashkilotlar — ular innovatsion nou-xauga ega bo‘lib, boshlanich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko‘rish bilan shuullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega bo‘lishi kerak;
- ilmiy va muhandis texnik hodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini echishda talab qilinuvchi malakali kadrlar uchun ta’lim va o‘kitish tuzilmalari;
- tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarpnp muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar;
- maxsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarkalishini o‘rganish bilan shuullanuvchi konsalting tashkilotlari;
- ilmiy-texnik axborot xizmatlari — ular istikbolli loyihalar xakida ma’lumot to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shuullanadi;
- iste’molchilar va maxsulotni sotish masalalari bilan shuullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalari.
Xulosa.
Klaster usulida joriy qilingan innovatsion texnologiyalarni iqtisodiy samaradorligi.
Innovatsion texnologiyani xalq xo‘jaligiga tadbiq qilishda iqtisodiy samaradorlikni quyidagi usullarda baholash mumkin:
YAngi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak. SHu sababli yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.
Fan-texnika tarakkiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi uslubiy ko‘llanmalarda izoxlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
- kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘iicha namunali metodika;
- xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsio-nalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
- korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaru-vining avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samarador¬ligini hisoblash metodikasi;
- boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samarador¬ligini;
- mexnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘iicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
- atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlar¬ni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtiso¬diy samarasini aniqlash uchun vaktinchalik metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy-tekshirish institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashlari mumkin. Qanday qilib aniqlanadi? YAngi ishlamalarni iqtisodiy samaradorligi barcha ishlab chiqarish tarmoqlarida, ilmiy-tekshirish institutlarida, loyihalash tash-kilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi xujjatlar asosida aniqlanadi. Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqish xamda ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda: 31va 32 — mavjud va yangi texnika yordamida maxsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari;
a — yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi koeffitsient bo‘lib hisoblanadi.
Bu srda: Q1 va Q2 — mavjud va yangi texnikaviy vositalar birligi yordamida yil davomida ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi;
P1 va R2 — mavjud va yangi texnikaviy vositalar kiyma-tida ularni tiklash uchun ajratmalar salmoi;
P — yangi sxnikadan foydalanish davrida erishiladigan samaradorlik. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
- mavjud va yangi sxnikadan foyda¬lanish davridagi joriy xarajatlar;
— mavjud va yangi sxnikadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital qo‘yilmalar;
E — kapital qo‘yilmalarining norma darajasidagi sa¬maradorlik koeffitsienti;
A2 — yangi texnika joriy etilgandan keyin uning yordami bilan ishlab chiqariladigan maxsulot hajmi;
S — yangi texnikani loyihalashtirish xarajatlari.
YAngi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samara-dorlikni aniqlash tamoyillariga asoslanadi. yangi sxnikadan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formu¬la yordamida ifodalanadi:
— yangi texnika yordami bilan tayyorlangan maxsulot birligiga sarflangan katgirilgan xarajatlar (TqEnx K);
A2—hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab’ chiqa-rilgan mahsulotning yillik hajmi.
YAngi texnika va sxnologiyaning iqtisodiy samaradorli¬gini rejalashtirish va bashorat qilishda uning bir qator asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, jumladan foydaning ko‘payishi, mehnat unumdorligining oshishi, mehnat, moddiy va kapitat sig‘imining pasayishi, maxsulot tannarxining kamayishiga ta’sir etishi hisobga olinadi. Masalan, yangi maxsulot-ni ishlab chiqarish hisobiga olinadigan rejali foydaning ko‘payishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
— kelgusi davrda foydaning oshishi (so‘m
hisobida);
— korxona ulgurji bahosi va yangi mahsulot birli-gining ishlab chiqarish tannarxi;
— korxona ulgurji bahosi va almashtiriladigan mahsulotning yangi texnikaning joriy etilgungacha bo‘lgan yil-dagi tannarxi (so‘m hisobida);
— kelgusi davrda ishlab chiqariladigan yangi max¬sulot va yangi texnikami joriy
etishgacha bo‘lgan yildagi al¬mashtiriladigan maxsulot xajmi (so‘m hisobida).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. ―O‘zbekiston‖ nashriyoti. 2017 yil. 263-bet.


2. I.A.Karimov . Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 yil, 53-bet.


3. A.Taniyev ―Innovatsion iqtisodiyot‖. Darslik. Samarqand, SamDU nashriyoti 2020 y. – 460 b.


4. Ergashxodjaeva SH.D. Innovatsion marketing. Darslik. –T. Iqtisodiyot, 2017. –191 bet.

Internet saytlar:


www.google.uz
www.arxiv.uz
www.lex.uz
www.stat.uz


Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish