Akkumlyator. Galvanik elementlar unda mavjud bo`lgan kimyoviy energiya to`la sarflanguncha (masalan Leklanshe elementida ruh eriguncha) ishlashi mumkin. So`ngra esa faoliyatini to`xtatadi. Shuning uchun ham ba’zida, ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan kimyoviy energiyani elektroliz natijasida tiklashi mumkin bo`lgan galvanik elementlardan foydalaniladi.
Bunday elementlarga akkumlyatorlar, ularda elektroliz yordamida energiyani to`plash jarayoniga esa akkumlyatorlarni zaryadlash (energiyani to`plash) deyiladi.
Akkumlyatorlarni zaryadlashda tashqi manbaning toki u beradigan tokka qarama-qarshi yo`nalishda o`tkaziladi.
Texnikada ikki xil kislotali va ishqorli akkumlyatorlardan foydalaniladi. Kislotali akkumlyatorlar sulfat kislota eritmasiga tushirilgan qo`rg`oshin plastinkalardan tashkil topgan. Manfiy plastinka toza qo`rg`oshindan sirti yumshoq qilib, musbat plastinka esa qo`rg`oshin ikki oksidi bilan qoplangan bo`ladi. Akkumlyator razryadlanganda har ikkala plastinka ham asta-sekin oltingugurt kislotali qo`rg`oshin bilan koplana boshlaydi. Akkumlyator zaryadlanganda esa musbat va manfiy plastinkalar orasidagi farq tiklanadi. Kislotali akkumlyatorlarning EYuK. 2V atrofida bo`ladi.
Ishqorli akkumlyatorlar cho`ntakchalari bor nikelli temir plastinkalardan tashkil topgan. Musbat plastinkaning cho`ntagida nikel oksidi, manfiy plastinkaning cho`ntagida esa temir oksidi solinadi. Elektrolit vazifasini kaliy ishqori o`taydi. Ishqorli akkumlyatorning EYuK. 1,4 V ni tashkil qiladi. Ishqorli akkumlyatorlar kislotalarnikiga nisbatan qulay va yengil, zararli bug` va gazlar chiqarmaydi, qisqa paytdagi qisqa tutashuvda buzilmaydi.
Akkumlyatorning F.I.K. deb, zaryadlanish paytida olgan energiyasining qancha qismini razryadlanishda qaytarishini ko`rsatadigan kattalikka aytiladi.
Kislotali akkumlyatorning f.i.k. 80%, ishqorlisiniki 60% atrofida bo`ladi. Har bir akkumlyator o`z sig`imi bilan xarakterlanadi. Akkumlyatorning sig`imi zaryadlangan akkumlyator razryadlanishda beradigan zaryad miqdori bilan o`lchanadi. U kulonlarda emas, maxsus birlik amper-soatlarda o`lchanadi.
Amper-soat – 1 A tokning 1 soat davomida olib keladigan zaryad miqdoridir: Kl.
Akkumlyator avtomobillarning, samolyotlarning, suv osti kemalarining, poezd yoritgichlarining ajralmas qismidir.
Galvanik elementlar esa radiopryomniklarda va televizorlarda telefon va telegraf qurilmalarida keng ishlatiladi. Ular atmosferani uglerod oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar va boshqa aralashmalar bilan zaharlaydi. Shuning uchun ham hozir quyosh energiyasidan foydalanuvchi elektromobillarni ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda
XULOSA:
Men ushbu mustaqil ish bajarish mobaynida o’zimga kerakli ko’pgina bilimlargaega bo’ldim.Mening mavzuim Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi va uni aniqlash usullari mavzusi edi.Men kurs ishimda elektr zanjirlarni hisoblash usullari shular haqida umumiy malumotlarni keltirib o’tdim.O’zim ham ushbu mavzuga doir malumotlarni bilib oldim kelajak hayotda shunga duch kelsam bemalol ushbu mavzu haqida o’zimni fikrimni bera olaman . Fan nafaqat ,,fizikaviy-kimyo” balki neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida barcha jarayonlarni amalga oshirishda kerakli ekanligini hamda texnologik liniyada ishtirok etishini tushundim. Bajargan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nlalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Bug’latish qurilmalari modda kontsenratsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini yanya bir bor tushundim.Ishlab chiqarish sanoati, qolaversa oziq-ovqat hamda barcha sektorlarda bug’latish qurilmalaridan foydalanilar ekan. Olgan bilim malaka va kunikmalarini ishlab chiqarishga joriy etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |