1-MAVZU: Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida umumiy ma’lumotlar.
Reja:
1. Kirish.
2. Asosiy tushunchalar, iboralar va qoidalar.
Mavzuga tegishli tayanch so’z va iboralar
Avtomatik nazorat, avtomat rostlagich, avtomatik boshqarish, avtomatlashtirish, topshriq beruvchi qurilma, mustahkamlik, nostabillik, rostlanuvchi kattalik, rostlanuvchi kattalik, rostlanuvchi obekt, avtomatika elementi.
1. Kirish.
Avtomatika* — avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan kibernetika fanining texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni hisoblash va kurish asoslarini hamda sanoatda qo‘llash masalalarini o‘rganadigan va texnologik jarayonlardagi mavjud ish turlarini bajarish uchun qo‘llanadigan avtomatika elementlarini va avtomatika tizimlarining tuzilishini, ishlash asoslarini, avtomatlashtirish esa ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash asoslarini o‘rganadigan fandir.
Hozirgi kun talablaridan biri bu sifatli va raqobotbardosh maxsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi. To`qimachilik, yengil va paxta sanoati jarayonlarida, texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi,.bugungi kun talabi bo`yicha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Avtomatika — avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan kibernetika fanining texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni hisoblash va kurish asoslarini hamda sanoatda qo‘llash masalalarini o‘rganadigan va texnologik jarayonlardagi mavjud ish turlarini bajarish uchun qo‘llanadigan avtomatika elementlarini va avtomatika tizimlarining tuzilishini, ishlash asoslarini, avtomatlashtirish esa ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash asoslarini o‘rganadigan fandir.
Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad — ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning eng qulay sharoitlarda ishonchli ishlashini, mahsuldorlik va mahsulot sifatiiing yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini va shu bilan birga mehnat madaniyatining yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun texnologik jarayonlarni tayyorlovchi muhandis texnologlar, mexanik va konstruktorlar avtomatlashtirish asoslarini va uning texnik vositalarining tuzilish hamda ishlash asoslarini mukammal bilishlari, avtomatlashtirish bo‘yicha davlat standarti talablariga amal qilishlari va bu soha bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalardan yaxshi foydalana bilishlari lozim. Ushbu fan sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning tasnifi, hisoblash usullari, fanning tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar parametrlarini texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.
Avto—yunoncha autos — o‘zim; avtomatika — ma’lum vazifani o‘z-o‘zi bajaradigan texnik qurilmalar haqidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |