1. kirish : To’qima haqida tushuncha. Asosiy qism : Hosil qiluvchi to’qimalarning vazifalari


Birlamchi qoplag’ich to‘qima (epiderma)



Download 3,13 Mb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi3,13 Mb.
#725185
1   2   3
Bog'liq
Asadillo Nosirjonov

Birlamchi qoplag’ich to‘qima (epiderma) yosh novda, poya va barglami ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi to‘qimalar — periderma va ritidomlar esa o‘simlikning poya va ildizlarini qoplaydi. Shimish vazifasi kuchliroq bo‘lgan tashqi chegaralovchi to‘qimalar ildizlar uchun xarakterli bo‘lgan velamen va
rizodermalardir. Ichki chegaralovchi to‘qimalar o‘simlikning turli organlarida uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma ildizda, o‘tkazuvchi boylamlami o‘rab turuvchi hujayralar guruhi esa asosan barg uchun harakterlidir.




Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bo‘lgan birlamchi qoplovchi to‘qima hisoblanadi. U o‘simlikning yosh davrida barcha organlarini qoplab turadi. Keyinchalik ko‘p yillik organ ikkilamchi qoplovich to‘qima biian almashinadi. Poya va barglardagi
birlamchi qoplovichi to'qima epiderma deb ataladi. Epidermaning muhim vazifasi gaz almashinuvi boshqarish va suv sarfini kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari epiderma o‘simlikning ichki to‘qimalariga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni
kirishidan va mexanik zararlanishdan saqlaydi. Organlarga mustahkamlik beradi. Epiderma orqali efir moylari, suv tomchilari va tuzlar ajralib chiqishi mumkin.
Epiderma to‘qimasi parenxima yoki bir oz cho‘zilgan tirik hujayralardan tashkil topgan. Hujayradagi yirik vakuol shira bilan to’la bo’ladi. Odatda hujayrada rangli plastidalar bo‘lmaydi, ammo yadro atrofida leykoplastlar kuzatiladi. Cho’l mintaqasi o’simliklari epiderma hujayrasining tashqi devori 5 qavatdan iborat: epikutikulyar vosk, kutikula, kutinlashgan qavat,
pektin qavati va sellyuloza qavati. Mazkur hujayra qavatlari o‘simlikni suvni kam bugianishini ta’minlaydi Epiderma bir qatorli va ko‘p qatorli buladi. Asosan o'simliklaming epidermalari bir qatordan iborat bo’ladi. Epiderma hujayralari shakliga ko‘ra turlicha: doirasimon, chuziq, yassiroq, to’lqinsimon bo’ladi . Periderma. Ko‘p yilik o’simliklarning birinchi yilgi vegetasiyasi
oxirlarida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko‘p qavatli chegaralovchi to‘qima bilan almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir necha turdagi hujayralardan tashkil topgan. Ular quyidagi lardan iborat: a) asosan himoya vazifasining bajaruvchi fellema (po‘kak), b) peridermaning eniga o‘sishini
ta’minlovchi fellogenni moddalar bilan ta’minlab turuvchi felloderma. Fellogen ikkilamchi meristema to‘qiraa hisoblanib, u (olcha, olxo’rí, nok kabi o’simliklarda) epiderma to‘qimasidan yoki asosiy to‘qimadan (qoraqat, shumrut va boshqalar) shakllanadi. Po'kak kambiysi tangental yo‘nalishda bo‘linishi natijasida ikki tur to‘qima
ajralib chiqadi. Ularning biri po‘kak kambiysining tashqi tomonidagi hujayralar boiib, po‘kak qavatini hosil qilsa ichki markazga tomon ajralib chiqqan hujayralardan asosiy to‘qima — felloderma hosil bo’ladi.


Po‘kak to‘qimalar hujayralari bir necha qavatdan iborat.
Hujayra qobigining suberin moddasini shimishi tufayli suv va gazlami o‘tkazmay qo'yadi va hujayralaming protoplasti halok bo’ladi. Keyinchalik hujayra bo‘shligi havo, oshlovchi yoki smolasimon moddalar bilan to’lib qoladi . Po‘kak to‘qimasida hujayralaming tashqi muhit bilan aloqasini amalga oshirish uchun yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning o’lchami va shakli nihoyatda xilma—xildir. Odatda ular mayda va shakli cho'zinchoq yoki yumaloq bo’ladi.
Po ‘stloq (ritidom). Ko‘pchilik daraxtlaming eski tanalari va ildizlari silliq periderma oiniga po‘stloq bilan almashinadi. U turli o’simliklarda har xil davrlarda hosil boiadi. Olma, oddiy qarag‘vay va noklarda hayotining 5 — 8 yillari, emanda — 25, grabda esa 50 yildan so‘ng qoplaydi. U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida po‘stloq ostidagi to‘qimalardan vujudga keladi . Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo’ladi. Fellogen faoliyatining xarak-teriga ko‘ra turli ko'rinishdagi po‘stloq hosil bo‘lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan halqasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. Agarda fellogen ayrim bo‘laklar shaklida hosil bo‘Isa, tangachasimon po‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po‘stloq ko‘p uchraydi. Qalin qatlamli po‘stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va haroratning keskin sh о‘garishidan saqlaydi. Ba’zi o‘simliklarda po‘stloq umumdan hosil bo‘lmaydi (chinor, chetan, shumrut).



Asosiy to’qima
Assimilyatsiyalovchi to‘qimalar. Assimilyatsiya (lot.assimilyasio - o‘zlashtirish) to‘qimalarining asosiy vazifasi fotosintezdan iborat. Bu to‘qimalarda hayot uchun eng zarur bo‘lgan organik moddalar
sintez qilinadi. Assimilyasiya to‘qimalari yupqa devorli tirik parenxima hujayralaridan tuzilgan. Hujayralarning sitoplazmasi hujayra devoir atrofida joylashgan bo‘lib, yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to'qimalami xlorofilli parenxima yoki xlorenximalar deb ataladi.
Xlorenxima (yunon. xloros - yashil, enxima - toidirilgan)
hujayralari xloroftllga boy boigan ustunsimon parenxima, kranskletki va g‘ovaksimon parenxima to‘qimalar bo‘lib, ular yashil burglar va yosh novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan. Epiderma hujayralari tiniq yoki shaffof bo‘lib, o‘zida yorug'likni osonlik bilan
o‘tkazadi va gaz almashinuvi jarayonini osonlashtiradi. Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi cho‘ziq hujayralardan, g'ovaksimon xlorenxima esa, yumaloq hujayralardan iborat. G‘ovaksimon xlorenxima hujayralari orasida bo‘shliqlar boiib, ularning vazifasi
hujayrada gaz almashinuvini yengillashtirishdan iboratdir. Ba’zan hujayralarda xloroplastlar mikdori ortadi va qat-qat burma hosil bo’ladi. Masalan, ninabargli o‘simliklaming po‘stlog‘ida qatron (smola) chiqarib turadigan bo’rtmalar ko‘p uchraydi. Assimilyatsiyalovchi to‘qimalar. Assimilyatsiya (lot.assimilyasio - o‘zlashtirish) to‘qimalarining asosiy vazifasi fotosintezdan iborat. Bu to‘qimalarda hayot uchun eng zarur bo‘lgan organik moddalar sintez qilinadi. Assimilyasiya to‘qimalari yupqa devorli tirik parenxima hujayralaridan tuzilgan. Hujayralarning sitoplazmasi hujayra devoir atrofida joylashgan bo‘lib, yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to'qimalami xlorofilli parenxima yoki xlorenximalar deb ataladi.



Assimilyatsiyalovchi to’qima

Xlorenxima (yunon. xloros - yashil, enxima - toidirilgan)


hujayralari xloroftllga boy boigan ustunsimon parenxima, kranskletki va g‘ovaksimon parenxima to‘qimalar bo‘lib, ular yashil burglar va yosh novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan. Epiderma hujayralari tiniq yoki shaffof bo‘lib, o‘zida yorug'likni osonlik bilan
o‘tkazadi va gaz almashinuvi jarayonini osonlashtiradi. Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi cho‘ziq hujayralardan, g'ovaksimon xlorenxima esa, yumaloq hujayralardan iborat. G‘ovaksimon xlorenxima hujayralari orasida bo‘shliqlar boiib, ularning vazifasi
hujayrada gaz almashinuvini yengillashtirishdan iboratdir. Ba’zan hujayralarda xloroplastlar mikdori ortadi va qat-qat burma hosil bo’ladi. Masalan, ninabargli o‘simliklaming po‘stlog‘ida qatron (smola) chiqarib turadigan bo’rtmalar ko‘p uchraydi. Velamen hujayralari tez nobud boiadi. Shu sababli suv ildiz hujayralariga maxsus poralardan o'tadi va kapillyar naylar orqali so‘rilib po‘stloq hujayralariga o‘tkaziladi. Velamen to‘qimalar orxideyadoshlar oilasiga mansub o'simliklarning havoyi ildizlarida uchraydi.Evolyutsiya jarayonida ayrim o‘simliklar (zarpechak, shumgiya va boshqalar) avtotrof oziqlanish xususiyatini yo‘qotib, boshqa o‘simliklaming tanasiga gaustoriya — so‘rg‘ichlari yordamida o‘mashib, tayyor organik moddalar hisobidan oziqlanadi. Shu sababdan ham bunday tekinxo‘r o‘simliklaming ildiz va hujayralarida xlorofill bo‘lmaydi.

Ajratuvchi to’qima


Sekret (lot. sekresio - ajrataman) chiqaruvchi yoki ajratuvchi to‘qiraalarga tuzilishi har xil boigan,
ixtisoslashgan hujayralar kiradi. Bu hujayralarda modda almashinuvi natijasida kimyoviy tarkibi har xil boigan moddalar hosil bo’ladi. Ajratuvchi to‘qima hujayralari shakl jihatidan parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Ulaming devori yupqa, uzoq vaqggacha
tiriklik xususiyatini saqlab qoladi va o'zidan sekret chiqaradi. Eng muhim sekretlar - terpinlardir. Ular efir moylari, kauchuk, balzam, smolalardan iborat.
Qarag‘ay efir moylaridan skipidar, kanifol moddalari ajratib olinadi. Bundan tashqari bu to‘qimalar o‘zidan qand, oqsil, tuzlar, suv ham chiqaradi. Terpinlar va oqsillar hujayraning endoplazmatik retikulumida,
shilimshiq shiralar esa, Goldji apparatida sintez qilinadi.
Sekret to‘qimalar, o‘zidan ajratadigan moddalaming tashqariga chiqarilishi yoki ichkarida saqlanib qolishiga asoslanib, ikki guruhga: tashqariga chiqaruvchi va sekretlarni saqlovchi to‘qima!arga bo’linadi.
Evolyutsiya jarayonida tashqariga chiqaruvchi to‘qima epidermadan, sekretlarni saqlovchi to'qima esa, assimilyasiya va g'amlovchi to‘qimalardan kelib chiqqan.
Tashqariga sekret chiqaruvchi to‘qimalar bezsimon tuklar
nektar, gidatodalar shaklida boiadi. Bezsimon tuklar yoki
trixomalar epidermadan paydo boiadi. Bu bezlar bir hujayrali yoki ko‘phujayrali boshchadan iborat. Ular chiqaradigan sekret yoki suyuqlik asosan, efir moylaridan iborat bo’lib, kutikula ostida to‘planadi. Bu xildagi bezsimon tuklar labguldoshlar (roztnarin, lagoxilus
ko‘kparang), murakkabguldoshlar va boshqa oila vakillarining barg va novdalarida joylashgan. Ba’zan tashqariga sekret chiqaruvchi to'qimalar dag‘al bezlar shaklida boiadi, ular emergenslar deb ataladi. Emergenslarning hosil boiishida epidermadan tashqari, ichki to'qimalar ham qatnashadi. Tashqi bezsimon emergenslarga qichitqitikaiming achituvchi tuklari misol bo‘la oladi. Uning achituvchi bezsimon emergenslari tirik hujayra bo’lib, kosachasimon shakldagi ko‘p hujayrali taglikka o‘rnashgan. Tukning asosi, ingichka konus singari cho'zilgan, ichi kovak, mitgi shpris ninasiga o'xshaydi, uning uchida qiyshiq boshchasi bor. Tuk odam
yoki hayvonga tegishi bilan sinib, o‘tkir uchi teriga sanchiladi va hujayra shirasi terini achitadi.
Nektardonlar o‘zidan qandli suyuqlik - nektardon chiqaradi va hasharotlarni jalb etadi. Nektardonlarning 2 tipi bo’ladi: floral va ekstrafloral. Floral nektardonlar o'simlik gulining turli qismlarida: changdon asosida, tugunchaning yuqori qismida va asosida, kosachabargda va gulqo‘rg‘onda joylashgan. Bir urug‘pallali o‘simliklarda nektardonlar ko‘p xollarda tuguncha chuqurchasida (septal) joylashgan bo’lib,
ularni septal nektardonar deyiladi . Ekstrafloral nektardonlar o‘simliklaming vegetativ organlarida —
bargida, poyasida, gulyonbargida va gulbandda joylashgan. Nektarlami ajratuvchi hujayralar quyuq sitoplazmaga ega bo’lib, modda almashinuvida faol qatnashadi . Gidatodalar deb (yunon. gidor, gidatos - suv; odos – yo’l ) suv va suvda erigan tnzlaming maxsus teshikchalar yordamida chiqarilishiga aytiladi. Gidatodalar bargning xlorenxima o‘tkazuvchi naylarini hosil qiluvchi epitema (yunon. epityema qopqoq) deb ataladigan yupqa pardali ujayralardan tashkil topgan. Gidatoda xlorenxima to'qimalaridan atrofdagi hujayralar bilan ajralgan. Epitemaga ichki tomondan suv o‘tkazuvchi traxeidlar orqali keladi va subepidermal bo‘shliqda to‘planadi. 0‘sha bo‘shliq ustida suv yorigi boiib, uning
ikkita tutashtiruvchi hujayralari bor, ular mudom ochiq turadi va ortiqcha suvni suv yorigi orqali tomchilab chiqaradi, bu hodisaga guttatsiya (lot. gutta — tomchi) deb ataladi. Guttatsiya hodisasini talaygina o‘simliklarda ko‘rish mumkin (masalan, briofillum, fuksiya, kolokaziya, soyabonguldoshlar, atirguldoshlaming ko‘pgina vakillarida). Guttasiya vositasi bilan o'simlik tanasida to‘planib qolgan ortiqcha suv va tuzlami tashqariga chiqarib tashlanadi .Tashqariga sekret chiqaruvchi to‘qimalarga hasharotxo‘r o'simliklaming (nepentis, rosyanka) hazm bezlari ham kiradi. Bu
bezlar chiqaradigan shira tarkibida ferment va kislotalar bo’lib, tutilgan hasharotlar hazm etiladi. Sekretlarni saqlovchi to‘qimalar idioplastlar shaklida bo’lib,boshqa to’qimaiar orasida joylashadi. Ularning tarkibida kalsiy
karbonatning har xil shakllari (alohida kristallar, druz yoki rafid), terpinlar, tanid yoki oshlovchi moddalar to'planadi. Sxizogen (yunon. sxidzo - ajratmoq, genos - chiqib kelish) naylar yoki kanallar, zich joylashgan hujayralarning bir-biridan ajralishi yoki uzoqlashishi natijasida hosil boiadi. Ulami atrofi bir-biri bilan zich tutashgan yupqa pardali tirik epiteliya (yunon. epi — ustida; tele - so‘rgich) hujayralari bilan o‘ralgan. Epiteliya hujayralari ichki tomonga sekret (smola) ajratadi; ajralgan sekretlar, ya’ni smolalar naylar yoki kanal bo‘shliqlarigya to‘planadi (nina bargli o‘simliklar, soyabonguldoshlar, kamayguldoshlar, murakkabguldoshlarLizogen (yunon. lizis — eritish, yo‘qotish) hujayra oralig‘i, hujayra qobigining erib ketishi natijasida vujudga keladi, hosil boigan kanallarda efír moylari to‘planadi (masalan, limon, apelsin, mandarinda). Ba’zi o'simlik (masalan, sutlama, qoqi, anjir, tug, ko‘knor)laring novda va barg hujayralari vakuolasida oq rangli sutsimon shira to‘planadi. 0 ‘simlik tanasi jarohatlanganda, sut yo’lari deb ataladigan tirik hujayralardan shira ajralib ehiqadi. Bu shiraga lateks (lot. lateks — shira, suyukdik) deyiladi. Lateks tarkibida qand oqsil, alkaloid kabi birikmalar bo’ladi .

Mexanik to’qima


Mexanik to‘qimalar o‘simliklaming vegetativ va generativ organlariga (novda, barg, poya, ildiz) mustahkamlik bemvchi hujayralar yigindisidan tashkil topgan. Bu to‘qimalar organlarni shamol, qor va shu singari boshqa tashqi omil ta’sirlaridan saqlaydi.
Mexanik to‘qima hujayralarining mustahkam boiishiga asosiy sabab shuki, ular har xil darajada qalinlashgan hujayra po‘stlariga ega. Eng yosh va o‘suvchi organlarda mexanik to‘qima bo’lmaydi, chunki bu tirik hujayralarda turgor bosimi kuehli, hujayra po‘sti qayishqoq va
egiluvehan boiadi. Organlarning taraqqiy etishi, takomillashishi tufayli mexanik to‘qimalar rivojlanadi.
Bir hujayrali va ko'phujayrali suvo‘tlaming hujayrasi doimo turgor holatda boiib, po‘sti egiluvehan, qayishqoq tananing doimiy shaklini saqlab, tashqi skelet vazifasini bajaradi. Ammo, kuruqlikda yashashga moslashgan o‘simliklar uchun bunday tayanch kamlik qiladi. Shuning
uehun ham suvdan chiqib kuruqlikka moslashgan dastlabki o‘simliklarda anchagina qalinlashgan po‘stli hujayralardan tashkil topgan maxsus to‘qima -x mexanik to‘qirna vujudga kelgan va takomillashib borgan. Bunday to‘qima hujayralari oigandan keyin ham o‘simlik organlariga tayanch berish vazifasini bajaradi . Mustahkamlik beruvchi to‘qimalar, o‘z vazifasini boshqa to‘qimalar bilan birgalikda bajaradi va ulaming oraligida armature (lot. armatura - jihozlash) hosil qiladi. Shuning uchun ham mexanik to‘qima ba’zi adabiyotlarda armatura tizimsining to‘qimalari deb ataladi. Ular kollenxima va skelerenxima to‘qimalaridir.



Kollenxima


Kollenxima (yunon. kolla — sirach, kley; enxima — topgan,ptoidirilgan) — tirik hujayralardan iborat boiib, o‘suvchi yosh organlarning (poya va barg bandlarida) muhim qismi hisoblanadi. Bu to'qima hujayralari bo‘yiga cho'zilib, faqat burchaklarining bir qismi notekis qalinlashganligi bilan farqlanadi. Kollenxima hujayralarining qalinlashgan qismida pektin, gemisellyuloza va suv ko‘p boiadi. Bu hujayralarning eng xususiyatli belgilari shundan iboratki, ularda birlamchi va ikkilamchi po‘st!ar o‘rtasidagi chegara aniq ko‘rinmaydi.
Kollenxima yosh novda hujayralarining bo‘yiga cho'zilib o‘sishi vaqtida epiderma ostida yuzaga keladi va aylanma halqa hosil qilib, mustahkamlik beradi. Kollenxima hujayralari tirik, hujayra devorlari elastik va plastik, shuning uchun cho‘zilib o‘sish xususiyatiga ega.
Evolyutsiya jarayonida kollenxima parenxima hujayralaridan kelib
chiqadi va tayanch vazifasini faqat turgor holatidagina bajaradi. Suv miqdori kamaysa, kollenxima hujayralari bukilib soiiydi. Ba’zan ularda xloroplastlar uchraydi, ular hujayraning turgor holatini saqlashda xizmat qilsa kerak.
Kollenxima asosan uch xil: burchaksimon, plastinkasimon va g‘ovaksimon bo’ladi . . Sklerenxima (yunon. skleros — qattiq, mustahkam) to‘qimalari tuzilishi jihatidan kollenximadan farq qiladi. Sklerenxima to‘qimalarining hujayralari taraqqiyotning maium bir davrida, prozenxima shaklidagi hujayra laming takomillashishidan tashkil topadi va bir xilda qalinlashib lignin (lot. lignum — yog‘och) moddasini shimib, mustahkamlanib yog‘ochlanadi.



Sklereid yoki toshsingon to‘qima, ko‘pincha parenxima
hujayralarining qo‘shimcha ravishda qaliilashishi va qattiqlashishi natijasida vujudga keladi, hamda po'stloqlardagi armaturani mahkamlaydi. Ular birlamchi va ikkilamchi boiadi. Birlamchisklereidlar hosil qiluvchi (meristema) to‘qimaning prokambiy (yunon. pro — o‘miga, evaziga) yoki perisikl (yunon, peri — atrof; kiklos — aylana) dan, ikkilamchisi esa, kambiy (lot. kambium — almashish) hujayralaridan yuzaga keladi. Sklereidlar ko‘pincha yumaloq yoki shoxlangan shakl larda boiishi mumkin. Bularning devorlarida oddiy
poralar boiib, ko‘pincha shoxlangan.Yumaloq toshsimon sklereidlar (nokda), yog‘ochlangan braxisklereid (yong‘okda), astrosklereidlar (olcha, olxo‘ri va boshqa danakli mevalar) bo’ladi .

O’tkazuvchi to’qima


O‘tkazuvchi to‘qimaIaming asosiy vazifasi suv va unda erigan mineral tuzlar hamda organik moddalami o‘simlik tanasi bo‘ylab o‘tkazishdan iborat. 0‘simliklar suvdan chiqib, tuproqqa o‘rnashib, quruqlikka moslashish davridan boshlab ularda o‘tkazuvchi to‘qimalar
paydo boigan. O'simlik tuproq va havodan oziqlanganligi sababli ulaming tanasida ikki xil o'tkazuvchi to'qimalar paydo boigan. Tuproqsan ildiz orqali so‘rib olingan suv va unda erigan mineral tuzlar pastdan yuqoriga (ildizdan barggacha) ksilema naylar orqali harakatlanadi. Shunga ko‘ra, ba’zi adabiyotlarda ksilemani suv o‘tkazadigan
to‘qima deb aytiladi. Lekin, ksilema orqali boshqa moddalar ham harakatlanadi. Masalan, bahor faslida ksilema orqali rivojlanayotgan yosh novda va kurtaklarda qand hamda ildizda sintez qilingan organik moddalar harakat qiladi. Bu xildagi moddalar oqimi yuqoriga
ko‘tariluvchi oqim deb ataladi. Bargda sintez qilingan organik moddalar yuqoridan pastga (bargdan novdaga so‘ng ildizga) tomon floema (elaksimon)naylar orqali harakat qiladi. Bu oqimga pastga tushuvchi oqim deb ataladi. O'tkazuvchi to‘qimalar (ksilema, floema
va ulaming elementlari) meristerna to‘qimasidan vujudga keladi va murakkab bir tizimni tashkil etadi. Bu tizim uchun umumiy bo’lgan bir qancha xususiyatlar mavjud. O'tkazuvchi to‘qima tizimsi hamma o‘simlik organlarini (ildizdan ortib yosh novdagacha) bir-biri bilan bog’laydi .
Ksilema naylari orqali ildizdan, barggacha suv va unda erigan mineral moddalar harakatlanadi. Ksilema hujayralari birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi ksilema hujayralarida kambiydan hosil Bo’lgan radial chiziqlar shaklidagi parenxima hujayralari - uzak mirlar
bo’lmaydi. Binobarin birlamchi ksilema, ikkilamchi ksilemadan farq qiladi. Ksilema tarkibiga o‘tkazuvchi, mustahkamlik beruvchi, g‘amlovchi va boshqa bir qancha elementlar kiradi. Ksilema elementlarining morfologik tuzilishi har xil boiib, suv o‘tkazish, tayanch va g‘amlovchi vazifalarini bajaradi. Bulardan eng muhimi o‘tkazuvchanligidir. Traxeidlar (yunon. trax yey a - nafas) suv o‘tkazuvchi naylar uzun-uzun bo‘g‘inli, bosh!ang‘ich devorlari buzilmagan hujayralardan tashkil topgan. Moddalarni bir traxeiddan ikkinchisiga o‘tishi, o‘sha hujayra devorlaridagi yog‘ochlanmasdan qolgan hoshiyali teshikchalar (poralar) orqali filtrlanib o‘tadi.Traxeya (traxeya — nafas, eydos — tus, qiyofa) — uchli naylardir.
Bular bir necha bo‘g‘inli, uzun va o‘tkir uchli o’lik hujayralardan vujudga keladi. Bo‘g'inlar ustma-ust joylashib naychalar hosil qiladi. Ustma-ust joylashgan naylar bir-biri bilan hujayra qobig‘ining teshilishi performasiya (lot. perforati - parmalamoq) etilishi natijasid bo’ladi. Naylar orqali eritmalar, traxeidlarga nisbatan yengil harakatlanadi. Traxeid .



Xulosa
Men bu kurs ishini yozishimdan asosiy maqsadim o’simlik to’qimalarini yanada chuqurroq o’rganish , ularni turlari va to’qima xillarini o’rganish edi. O’simlik hayotida barcha to’qima balki hujayra ham ishtiroki kata . O’simlik ham nafas oladi , ko’payadi , keraksiz va ortiqcha moddalarni tashqi muhitga chiqaradi . Bularning barchasi uchun to’qima hujayralarning ishtiroki kata bo’ladi . Hosil qiluvchi to’qima orqali o’simlik bo’yiga va eniga o’sadi . Qoplovchi to’qima o’simlikni butun tanasini tashqi tomondan qoplab turadi . Asosiy to’qima o’simlik hayoti uchun kerakli bo’lgan moddalarni to’playdi , fotosintez jarayonini amalga oshiradi . O’tkazuvchi to’qima o’simlikni yer usti va yer ostki qismlarini o’zaro bog’lab turadi . Yani ildizdan suv va mineral tuzlarni bargga , fotosintez natijasida paydo bo’lgan organic moddalarni ildizga jo’natadi .



Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish