Reja:
1.Kimyoviy energiyaning afzalliklari va kamchiliklari.
2.Kimyoviy energiya turlari.
3.Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari va strukturalari va ishlash prinsipi.
4.Kenglik-impulsli modulyatsiyali impulsli stabilizator.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kimyoviy energiyaning afzalliklari va kamchiliklari
Ushbu turdagi energiya sanoat va ishlab chiqarishda qo'llaniladi, chunki u ma'lum afzalliklarga ega. Keling, kimyoviy energiyaning qanday afzalliklari borligini ko'rib chiqamiz:
Bu ajoyib ishlashga ega: Uning yuqori ishlashi tufayli uning molekulalaridan energiya olish uchun ko'p miqdorda kimyoviy energiya talab qilinmaydi.
Sizga masalani o'zgartirishga imkon beradi: Ushbu turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sodir bo'lgan kimyoviy reaktsiyalar turli xil moddalarni ishlab chiqarishi mumkin, ular ko'p hollarda yangi materiallar olish uchun ishlatilishi mumkin.
Bu chiqindilarni qayta ishlatish va ulardan foydalanish imkoniyatini beradiMasalan: bioetanol va boshqa bioyoqilg'i organik moddalardan hosil bo'ladi, ular bu turdagi energiyani ishlatmasdan foydasiz parchalanadi.
Shuni yodda tutingki, ushbu turdagi energiya uchun ba'zi kamchiliklar mavjud. Keling, kimyoviy energiyaning turli xil kamchiliklari qanday ekanligini ko'rib chiqaylik: Kimyoviy energiya turlari
Reaksiyaning 6 asosiy turi mavjud:
Yonish: U avtomobillar va elektr energiyasi ishlaydigan energiyaning katta qismini olish uchun ishlatiladi.
Sintez: Bu ikkita oddiy moddalar birlashib, murakkabroq moddalarni hosil qilish uchun beriladigan energiya.
Oddiy o'tish: bitta moddaning atomi boshqa moddaga o'tkaziladi.
Ikki smenali: ikki moddaning atomlari o'zaro almashinadi.
Parchalanish: murakkab modda sodda moddaga aylanadi.
Kuchlanish stabilizа́ tori ─ bu kirish kuchlanishi va yuklama chiqish tokining jiddiy o’zgarishlarlarida chiqish kuchlanishini tor chegaralardagi miqdorlarda ushlab turishga mo’ljallangan kuchlanish bo’yicha kirish va chiqishga ega bo’lgan elektromexanik yoki elektrik qurilma.
Elektr energiyaning aksariyat ko’pchilik iste’molchilarini oziqlantirish jarayonida uning aniq parametrlarini ─ kuchlanish, tok, chastota va boshqalarni rostlash talab etiladi. Rostlash deb qaysidir parametrni belgilangan qonuniyat bo’yicha o’zgarish jarayoni yoki o’zgarmasligini ushlab turish (stabilizatsiya)ga aytiladi. Rostlash qo’lda ham, avtomatik tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Oziqlantirish sxemalarida eng ko’p talab etiladigani ─ turlicha g’alayonlovchi ta’sirlarda uni stabilizatsiyalash maqsadida belgilangan sathda avtomatik rostlashdir. Stabilizatsiya sathlarining keng diapazonida kuchlanish stabilizatsiyasini amalga oshiruvchi elektr apparatlar rostlagich-stabilizatorlar deb aytiladi. Agarda bunday agregat juda tor diapazonda kuchlanishni stabilizatsiyalashga mo’ljallangan bo’lsa, unda bu agregatni stabilizator deb aytiladi. Kuchlanishni chuqurroq o’zgartirishga mo’ljallangan agregatlarni texnikada kuchlanish rostlagichlari deb atash qabul qilingan. Kuchlanish rostlagich-stabilizatorlari, elektroenergiya boshqa parametrla-rining rostlagich-stabilizatorlari kabi elektroenergiya o’zgartgichlari sifatida qaralishi mumkin, shu ma’nodaki, chunki ular elektr energiyaning parametrlari va sifatini o’zgartiradi (qayta shakllantiradi). Ko’pchilik statik rostlagich-stabilizatorlarni ishlash printsipi bo’yicha umumiy ko’rinishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin ─ magnitli va magnit- yarim o’tkazgichli. 1-usul. Eng sodda elektromexanik stabilizator ─ bu transformator (avtotransformator)ning birlamchi yoki ikkilamchi chiqish simlarini almashtirib ulaydigan kontaktorlar (yoki boshqa elektr apparatlar). Bunday stabilizatorning ishlash printsipi shuki ─ kirish kuchlanishining o’zgarishi bilan transformator-ning chiqish simlarini almashtirish amalga oshiriladi, ya’ni uning transformatsiya koeffitsienti o’zgartiriladi.
Magnitli ─ yarim o’tkazgichli stabilizatorlar. Yarim o’tkazgichlar texnikasining rivoji bilan uning elementlari rostlagich-stabilizatorlarda keng foydalanila boshlandi. Yarim o’tkazgichlar turlicha tipdagi magnit elementlari bilan birgalikda qo’llaniladi. SHuning uchun bunday rostlagich-stabilizatorlarni magnitli ─ yarimo’tkazgichli stabilizatorlar deb atash qabul qilingan. ─ Boshqaruv chulg’amlarini tranzistor va diodlar orqali shuntlash bilan rostlanadigan magnitli ─ yarim-o’tkazgichli stabilizatorlar. ─ Avtotransformator otpaykalarini almashtirib ulash bilan ishlaydigan tiristorli kuchlanish stabilizatori. ─ Ro’para-parallelь ulangan tiristorlar bilan ishlaydigan kuchlanish stabilizatori. ─ Boshqariladigan induktivlikka ega kuchlanish stabilizatori. Elektron uzluksiz stabilizatorlar. Elektron uzluksiz stabilizatorlar yo boshqaruvchi elementning qarshiligini o’zgartirib, odatda ─ tranzistorni yoxud boshqaruvchi kuchlanishni yuqori chastota (o’nlab kilogerts) bilan o’chirish va ulash bilan kuchlanishni rostlaydi. Bunda boshqaruv elementining o’chirilgan va ulangan holati vaqti davomliligini boshqaradi (ko’pincha IGBT tranzistor). Rostlashning bunday usuli SHIM deyiladi (ruscha shirotno-impulьsnaya modulyatsiya).
Parametrik stabilizatorlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: soddaligi, yuqori bo‘lmagan FIK (ayniqsa o‘zgaruvchan yuklama qarshiligida), kichik stabilizatsiya koeffitsiyenti, qo‘shimcha o‘tish tranzistoridan foydalanmasdan turib chiqish kuchlanishining aniq qiymatini olish va uni rostlashning murakkabligi. Kompensatsion stabilizatorlar parametrik stabilizatorlarga qaraganda yaxshiroq parametrlarga ega. Ularning ishlash prinsipi yuklamaga ketma-ket yoki parallel ravishda qandaydir 𝑅 kompensatsion qarshilikning ulanganligiga asoslanadi Parallel stabilizatorlar kichik FIKga ega shuning kamroq ishlatiladi. O‘zgaruvchan yuklamalarda yuqori kuchlanish va toklarni barqarorlashtirish uchun odatda ketma-ket turdagi kuchlanish stabilizatorlari qo‘llaniladi. Shu bilan birga, ushbu qurilmalarning chiqish zanjiri qisqa tutashuvidan himoyalangan bo‘lishi kerak va 𝑈 > 𝑈 shartni qanoatlantiruvchi kuchlanishli tranzistor tanlanishi zarur. Tayanch kuchlanish manbai (TKM) odatda kremniyli stabilitron diodidagi bir kaskadli parametrik stabilizatordan tashkil topgan bo‘ladi. Stabilizatorning ishlash sifati tayanch kuchlanish manbaining sifatli ishlashiga bog‘liq. Agar biron sababga ko‘ra stabilitronning stabilizatsiya kuchlanishi o‘zgarsa, u holda kompensatsion stabilizatorning chiqishidagi kuchlanish ham o‘zgaradi. Bu stabilitronni tanlashda hisobga olinishi kerak. Avvalo, quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1) stabilizatsiya kuchlanishsh qiymatlarining o‘zgarishi, o‘rtacha 0,1 dan 0,4 V gacha qiymatni tashkil etadi; 2) stabilizatsiya kuchlanishining harorat koeffitsiyenti; 3) stabilizatsiya tokining o‘zgarishi mumkin bo‘lgan diapazoni.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://www.renovablesverdes.com/uz/kimyoviy-energiya/ saytidan
https://fayllar.org/pars_docs/refs/564/563228/563228.pdf
https://arm.tdpushf.uz/kitoblar/fayl_1563_20210824.pdf
A.M. Nazarov, A.A. Yarmuhamedov, Sh.K. Xudayberganov, Ya.T. Yusupov, A.B. Jabborov, F.M. Qodirov (Elektr taminot qurilmlari) kitobi
Do'stlaringiz bilan baham: |