Shu bilan birga respublikada milliy iqtisodni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish dasturining qabul qilinishi kichik, o`rta biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda uni iqtisodiyotda etakchi o`ringa olib chiqish ustivor vazifa qilib qo`yildi. Prezident I.Karimov: «Biz o`z oldimiga kichik, o`rta va xususiy biznesni faqat ichki yalpi mahsulotni ishlab chiqarishda yuqori o`rinni egallashiga erishishimiz, balki aholi farovonligi va daromadlarini o`sishi, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarida bandlik muammosining muhim manbai bo`lishi kerakligi haqidagi vazifani qo`yamiz», deb alohida ta`kidlagan. Bunday vazifani amalga oshirish uchun harakatdagi qonunchilik xujjatlariga tegishli qo`shimchalar kiritildi, kichik biznes korxonalarini qo`llab-quvvatlash tizimlari takomillashtirildi va tadbirkorlik erkinligini himoya qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Shular tufayli hozirgi kunda respublika xususiy mulk shaklidagi xo`jalik yurituvchi nodavlat korxonalari asosiy o`rin tutmoqda. YA`ni, 2001 yilda respublika bo`yicha ro`yxatga olingan korxonalarning 201,9 mingi yoki 90,5 foizi kichik, o`rta korxonalar va mikrofirmalardir. Ularning shu yilgi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,8 foizni, shundan kichik va o`rta korxonalar ulushi esa 14,8 foizni tashkil etdi va bu o`tgan 2000 yilga nisbatan mos ravishda 2,8 va 1,7 foizga ko`pdir. Shu bilan birga kichik va o`rta biznes. Хususiy tadbirkorlik sohasida band aholining soni ham muntazam o`sib bormoqda. Bu ko`rsatkich respublika bo`yicha 2001 yil boshiga nisbatan 7,1 punktga yuqoridir. Kichik va o`rta biznesni moliyaviy qo`llab-quvvatlash ham muntazam o`sib bormoqda. Shular tufayli hozirgi kunda respublika xususiy mulk shaklidagi xo`jalik yurituvchi nodavlat korxonalari asosiy o`rin tutmoqda. YA`ni, 2001 yilda respublika bo`yicha ro`yxatga olingan korxonalarning 201,9 mingi yoki 90,5 foizi kichik, o`rta korxonalar va mikrofirmalardir. Ularning shu yilgi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,8 foizni, shundan kichik va o`rta korxonalar ulushi esa 14,8 foizni tashkil etdi va bu o`tgan 2000 yilga nisbatan mos ravishda 2,8 va 1,7 foizga ko`pdir. Shu bilan birga kichik va o`rta biznes. Хususiy tadbirkorlik sohasida band aholining soni ham muntazam o`sib bormoqda. Bu ko`rsatkich respublika bo`yicha 2001 yil boshiga nisbatan 7,1 punktga yuqoridir. Kichik va o`rta biznesni moliyaviy qo`llab-quvvatlash ham muntazam o`sib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |