1. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari


Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana09.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#762523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi

 
5.2.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi 
O‘qish faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi, 
kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun 
muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. SHu Yoshdagi bola
idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining 
kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan 
boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
 
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, moddiy 
narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish 
sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45%
ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan
aniqlanilgan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash 
sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa 
bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi. Sezgilarning 
o‘sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq 
harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi. 
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli
mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur Yoshdagi 
bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa Yosh davrdagi 
insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari 
sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni maqonda 
joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun 
bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab 
Yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks 
ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks 
etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-
hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda 
estetik va badiiy didni rivojlantiradi. CHunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning 
turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi.
 
Ta’lim-
tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata 
bilish muvafaqqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. O‘quvchilarda kuzata bilish 
qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu 
Yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari katta Yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan 
chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab 
taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki 
uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu 
masofani bosib o‘tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar. 
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli 
barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan 
boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo‘lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda 
ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq
rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, 
jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy 
zo‘riqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga 


xos xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular 
o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektlari 
ustida uzoq tura olmaydilar.Ta’lim jarayoni kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning 
ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit 
yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, 
mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib 
topadi. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli 
ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi. 
Ushbu matritsa kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar diqqatining ko‘chishi, 
taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun ishlatiladi.Kichik maktab 
Yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan blank taqdim etiladi va unga quyidagi 
qo‘llanma beriladi. “Hozir biz sen bilan “ Diqqatli bo‘l va iloji boricha tezroq ishla“ nomli 
o‘yin o‘ynaymiz. Sen hozir boshqa o‘rtoqlaring bilan musobaqalashasan. Keyin musobaqada 
kim yutganini ko‘ramiz. Seni bajargan ishlaring o‘rtoqlaringnikidan yomon bo‘lmaydi deb
o‘ylayman. SHundan so‘ng bolaga Landolt xalqachali blank ko‘rsatiladi va u nima qilishi 
kerakligi tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bo‘yicha diqqat bilan qarashi va ular 
orasidan joyidan o‘zgartirib chizilgan xalqachalarni topishi va ularni belgilab qo‘yishi kerak. 
Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan so‘ng eksperimentator “chiziq” deb 
aytadi. Bu vaqtda bola to‘xtagan joyiga chiziq tortishi kerak bo‘ladi. 5 minut o‘tganidan so‘ng 
eksperimentator “to‘xta” deb aytadi va bola ishni to‘xtatishi kerak va o‘sha erga ikkita chiziq 
tortib qo‘yishi zarur. Ish tugatilganidan so‘ng eksperimentator bola tomonidan har bir minut 
ichida hamda 5 minut davomida ko‘rib chiqilgan xalqachalar sonini aniqlaydi. Shuningdek, 
ishlash jarayonida har bir minutda va 5 minut davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar hisoblaniladi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira 
oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni so‘z bilan ifodalab bera 
oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab 
Yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy 
kuchni va yuqori motivatsiyani tashkil etilishini talab etadi. 
O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, 
o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi 
nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu 
Yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini 
asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab 
qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan 
birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra 
ko‘rgazmali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va 
qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va 
hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq 
muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar ta’lim olish munosabati bilan
mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda 
qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham 
chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hatto 
mazmuni tushunarli bo‘lgan materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik 
ravishda o‘rganib oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga 
ko‘ra, buning sabablari quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga 
qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan,o‘zgarishsiz eslab
qolish imkonini beradi; 
2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning “to‘g‘ri 
tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar; 3)ularning nutq 
boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy 
to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni 


osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
Bunday holat shu Yoshdagi bolalarda albatta bo‘lishi kerak emas. Mexanik esda 
qoldirish ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirishga etarli 
e’tibor bermagan hollarda bo‘lishi mumkin.Ta’lim jarayonida o‘quv materialining 
ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va 
esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan 
boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun 
ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz 
o‘qish jarayonining normal bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib 
olishgina emas, balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv 
materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan 
bo‘lishi mumkin. 
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay kolganlarida yoki 
ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar 
bilan ko‘rsatib beradilar. Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni 
so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar 
bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu Yoshdagi 
bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kic hik makt ab davrida
t asavvur aso san bo la lar rasm chizayotganlarida, Shuningdek ertak va hikoyalar 
to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar o‘z xayollari va 
tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o‘zlari mustaqil ravishda to‘qiy 
oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim 
o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni 
tasavvur etadilar. SHu bois kichik maktab Yoshidagi bolalarni realistlar va 
fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan 
foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko‘p multfilmlar ana 
shunday bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar zamirida ularning 
qo‘rquvni engishi, do‘st topishi, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur 
terapevtik natijaga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bola 
real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ham 
ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‘zining 
hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo‘lishini, bu uyga o‘g‘rilar kelib qolsa, u qahramonlik 
qilishini tasavvur qiladi. O‘z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan 
kechirgan bola o‘zining kelgusi xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin 
tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan bo‘lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati juda 
katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‘z-o‘zining shaxsiy 
tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy 
xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada 
xayol etarli darajada rivoj topgan bo‘ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga 
ega bo‘ladi. O‘qish jarayonida u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, 
balki shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘rgatilayotgan 
materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini etarli darajada aks 
ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, 
o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydigan o‘yinlarda ham 
ularning xayolini o‘sishi davom etaveradi.O‘quvchilar o‘z o‘yinlarida turli narsalarni 
yasaydilar, turli erlarga sayohat qiladilar. Bunday o‘yinlarlardan o‘quvchi mazmundor 
taassurotlar oladi va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qurish-yasash va badiiy 
qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining xayoli o‘zining kengligi va 
mazmundorligi jihatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi jihatidan ham o‘zgaradi. 
Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xayoli ham, ixtiyoriy xayoli ham 
maktabgacha Yoshdagi bolalarning xayolidan o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.


Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada 
ortadi. 6 Yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi. 
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniqsa, katta rol 
o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin o‘zi qanday gapirayotgani ustida o‘ylab 
o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa
bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qoladi. Maktabda
o‘qiyotgan

bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanishi natijasida, o‘z
nutqini grammatika qoidalariga muvofiq ongli ravishda tuzishni o‘rganadi.
Grammatikani o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning 
morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi. 
Nutqning ayrim jihatlariga xos bo‘lgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish 
natijasidagina o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa 
fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va 
shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi boyiydi, 
so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har kaysi terminning
ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf Yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va 
bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani 
afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 Yoshli bola jumlalarini 
murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda 
egallab borib, uni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 Yoshli bolalar 
nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘z fikrlarini bayon etish uchungina 
emas, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. 
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. YOzma nutq jumlalarni 
to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. 
Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri 
talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. YOzma nutqni egallash asosida bolalarda turli 
matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana 
boshlaganligi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali
rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy 
ish kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini 
aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja 
tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni 
to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish 
belgilarini to‘g‘ri qo ‘yish, o ‘z xato larini topa o lish va to ‘g‘rilash aqliy 
rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Metodistlar kichik maktab Yoshidagi 
bolalarning nutqini rivojlantirish uchun quyidagi nutq turlarini sistemali ravishda tashkil 
etish sxemasini tavsiya etadilar. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish