1-KEYS
Makroiqtisodiy siyosat yuritish asnosida hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlami qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjdeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi.
Topshiriq:
Davlatning bu makroiqtisodiy siyosati qanday nomlanadi va buni amalga oshirish mexanizimini asoslang?
Bu tadbirlarni makroiqtisodiyotga ta’siri toping?
Qanday vaziyatda hukumat uchun bu chora-tadbirlar natija bermasligi ehtimoli kelib chiqishini tushuntiring?
3-KEYS
Siz faoliyat olib borayotgan hududda narx-navolarning ko’tarilishi natijada fiskal (byudjet-soliq) siyosatda Oliver-Tanzi effekti ta’siri boshlandi.
Topshiriq:
Hududga byudjet tanqisligiga sabab bo’ladigan Oliver-Tanzi effekti yuzaga kelish sabablarini asoslang?
Buning makroiqtisodiy ko’rsatgichlarga ta’sirini toping?
Hukumat uchun qanday vaziyat Oliver-Tanzi effektidan himoyalanish mumkinligini tafsiflang?
7-KEYS
2020 yildagi AQShning federal budjdetida xarajatlar quyidagicha taqsimotga ega edi:
tibbiyotga - 94,9 mlrd.doll;
daromadlarni sug‘urtalashga - 136,8 mlrd.doll;
ijtimoiy ta’minotga - 246,7 mlrd.doll;
veteranlarga g‘amxo‘rlikka - 29,9 mlrd.doll.
Keltirilganlarni ma’lumotlarni tahlil qilib, quyidagi savollarga javob bering:
Sotsial ta’minot, sug‘urta va h.k.lar sohasiga davlat aralashuvining sababi nimada?
Bozor mexanizmining o‘zi ishlab chiqarish omillari egalari daromadlarini (har bir omilning chegaralangan mahsulotiga mos ravishda) adolatli taqsimotini ta’minlashi kerakku?
8-KEYS
Davlatning makroiqtisodiy siyosat modellaridan fiskal siyosat yuritilishi asosida davriy taqchillik ko‘pincha davlat budjdetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. 2020 yil davlat budjdeti kamomadi 30% dan oshib ketdi va bu bo’shliqni moliyalashtirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi to’g’ri makroiqtisodiy siyosat yo’nalishini asoslang.
Topshiriq:
Davlat budjdeti kamomadini moliyalashtirish usullaridan qaysi turi davlat iqtisodiy barqarorligi uchun samarali ekanligini tushuntiring.
Davlatning Pul-kredit emissiyasini antiinflasion siyosat sharoitida amalga oshirish oqibatlari asoslang?
Davlat budjdeti kamomadini moliyalashtirishda zayomlar va soliq tushumlarini ko‘paytirishning YAIM ta’siri tushuntiring.
9-KEYS
2022 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasini 14 % dan 17 % oshirdi va bu amaliyotdan asosiy maqsad makroiqtisodiy monetar siyosat amaliyoti asosida iqtisodiy barqarorliknini ta’minlashdir.
Topshiriq:
Davlat Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasini oshirish amaliyotini tushuntiring.
Qayta moliyalashtirish stavkasini oshirishni YAIMga ta’sirini asoslang.
Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasini oshirilishini hududlarga ijobiy va salbiy ta’sirini prognoz qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |