1. Usta Ilhomni xaqqoniy tavsifnoma berilishi zarurligiga ishontira oladimi?
2. Usta to‘g‘ri yo‘l tutdimi?
3. Usta suhbatni to‘g‘ri olib bordimi?
6-KEYS.
2-rolli o‘yin. Direktorga shoshilmang.
Kirish. Ayrim muhandis-pedagoglarning kollejdagi pedagogik faoliyatini dastlabki davrlarida, ularning tajribasizliklari natijasida o‘quvchilar bilan ishlashda pedagogik odob qoidalariga rioya qilmasdan, noqulay holatga tushib qolishlari mumkin.
Maqsad: kollej direktoriga murajat qilish har doim ham ma’qul emasligini bo‘lajak muhandis – pedagoglar ongiga singdirish.
Ishtirok etuvchilar: kollej direktori, ishlab chiqarish ta’limi ustasi, 3-4 nafar ekspertlar.
Direktor uchun yo‘llanma: Siz muhandis-quruvchisiz, institutni tugatib, 10 yil davomida direktor bo‘lib ishlamoqdasiz. Ishingizni va o‘quvchilarni sevasiz.
Usta uchun yo‘llanma: Siz muhandis – pedagog mutaxasisligi bo‘yicha institutni tugatib birinchi yil usta bo‘lib ishlayapsiz. Guruxdagi o‘quvchi-lar bilan yaxshi kelisholmayapsiz. Taqsimot bo‘yicha ishlash muddati tugagandan so‘ng qurilishga o‘tib ketmoqchisiz.
Ekspertlar uchun yo‘llanma. Siz o‘quv yurti direktori hatti - harakatini baholab, savollarga javob berishingiz kerak
Muammoli vaziyat. Usta direktor xonasiga kirib: men sizni oldingizga o‘quvchi Shavkat Sharipov to‘g‘risida keldim. Bilasizmi, u ustaxonada ishlashni umuman xohlamayman deydi. Men unga shartta ikki baho qo‘ydimda, jahlim chiqib, o‘quvchilar oldida: shoshmay tur, otang ichib kelsin, senga yana xohlamaymaningni ko‘rsatib qo‘yadi,- dedim.
Biz bir ko‘chada turamiz. Shavkat maktabda o‘qib yurganda, olgan ikki bahosi uchun otasi uni rosa savalashi menga ma’lum edi. Bilasizmi, u menga ko‘pchilik oldida, - oldin o‘zingga boq, so‘ngra nog‘ora qoq - desa bo‘ladimi. Yo‘q, men bunga hech chiday olmayman. Men Sizdan uni jazolashingizni yoki pedagogik kengashda muhokama qilishingizni so‘rayman.
Direktor: hovliqmang, o‘zingizni bosing. Sizlarni ikkovlaringiz-ni ham jazolash kerak. Sizni – meni oldimga kirganingiz uchun, uni esa qo‘pollik qilgani uchun. Bundan keyin meni oldimga bunday be’mani masalalarni ko‘tarib kirmang. Chunki Siz V. A. Suxomlinskiyning «O‘qituv-chiga yuz maslahati»dagi taqiqlanishlarning biriga amal qilmagansiz, ya’ni, oiladagi kamchilikni jamoa muhokamasiga olib chiqmoqchisz. Tabiiyki, Siz qo‘pollikka yo‘l qo‘ydingiz. Hammasi to‘g‘ri. Biz o‘zimizni ancha yuqorida hammasi to‘g‘ri burchimiz darajasida tutishimiz kerak. Yaxshilab o‘ylab ko‘rish uchun sizga 2 kun muhlat beraman, shundan so‘ng kelib, Sh.Sharipov bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatib oldingizmi yoki yo‘qmi, - natijasini menga aytasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |