1-kazus (Fuqarolik huquqi)



Download 21,16 Kb.
Sana18.07.2021
Hajmi21,16 Kb.
#122734
Bog'liq
Fuqarolik huquqi


1-kazus (Fuqarolik huquqi)

Fuqaro Davletov o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy-joy – kvartirani fuqaro Botirovga notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan taraflar o‘rtasida kelishilgan narxda sotdi.

Taraflar o‘rtasida kvartirani oldi-sotdi shartnomasi tuzishdan oldin o‘zaro og‘zaki kelishish jarayonida kvartiradagi muzlatgichni va bir dona konditsionerni qoldirish to‘g‘risida kelishildi. Biroq fuqaro Botirov kvartiraga ko‘chib kirish vaqtida xonalardagi koditsioner va muzlatgich fuqaro Davletov tomonidan boshqa fuqaroga hadya qilib yuborilganligi maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari sotilgan kvartirada foydalanish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro Davletovning qarindoshlari oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilmagan.

Fuqaro Botirov fuqaro Davletov tomonidan o‘zaro kelishuv shartlariga muvofiq majburiyat bajarilmaganligini taʼkidladi va unga nisbatan daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilib, hadyani bekor qilishni, Davletovning qarindoshlarini foydalanish huquqidan mahrum qilishni so‘radi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Kazusga javob berishdan avval, oldi-sotdi shartnomasi va hadya shartnomasi masalalariga huquqiy jihatdan oydinlik kiritib olsak.

Oldi-sotdi ham hadya ham shartnomaning turlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 386-moddasida oldi-sotdi shartnomasi haqida: “Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi”, – deb belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik kodeksining 502-moddasida esa: “Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi”, – deyilgan. Mazkur ikki shartnoma turi ham og‘zaki ham yozma shaklda tuzilishi mumkin.

Vaziyatga huquqiy baho beradigan bo‘lsak, dastlab, muammoli vaziyatlarni belgilab olib, har biriga alohida javob beramiz.

Taraflar o‘rtasida kvartirani oldi-sotdi shartnomasi tuzishdan oldin o‘zaro og‘zaki kelishish jarayonida kvartiradagi muzlatgichni va bir dona konditsionerni qoldirish to‘g‘risida kelishildi. Bu vaziyatda Davletov xolodilnik va konditsionerni fuqaro Botirovga sotdi. Shartnoma esa og‘zaki ravishda amalga oshirildi. Ko‘chmas mulk oldi-sotdi qilinayotganda ko‘chmas mulkka qo‘shib qaysi tovarlar sotilayotgani ham ko‘rsatib o‘tilishi lozim edi. Biroq bular ko‘rsatib o‘tilmagan. Shuning uchun xolodilnik va konditsionerning oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb toplishi mumkin. Agar bu shartnoma haqiqiy emas deb topilsa, ularni hadya qilish qonunga xilof bo‘lmaydi.

Fuqaro Botirov kvartiraga ko‘chib kirish vaqtida xonalardagi koditsioner va muzlatgich fuqaro Davletov tomonidan boshqa fuqaroga hadya qilib yuborilganligi maʼlum bo‘ldi. Agar xolodilnik va konditsioner oldi-sotdi shartnomasi ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasi bandlariga kiritilganda edi, Davletov bu tovarlarni hadya qilish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lar edi. Xolodilnik va konditsionerni hadya qilib yuborishi bilan fuqaro Davletov fuqaro Botirov bilan tuzilgan og‘zaki shartnoma kelishuvini buzmoqda. Fuqarolik kodeksining 399-moddasining birinchi qismida: “Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzib, sotib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo tovarning yetishmayotgan miqdorini topshirishni talab qilishga, yo topshirilgan tovardan va uning haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning haqi to‘langan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli”, – deyilgan. Agar og‘zaki kelishuvga ko‘ra konditsioner va muzlatgichning pulini Davletov olgan bo‘lsa hadya bekor bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi tovarlar hadya qilib yuborilgan bo‘lsa, ularning puli sotib oluvchi (Botirov)ga qaytarib beriladi. Agar Davletov tovarlar pullarini qaytarib bermagan vaziyatda uni firibgarlikda ayblash mumkin. Chunki oldi-sotdi shartnomasida xolodilnik va konditsioner uchun ham to‘lov qilingan. Lekin sotuvchi (Davletov) tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan tovarlar sotib oluvchiga yetkazib berilmagan.

Xulosa qilib aytadiga bo‘lsak, agar xolodilnik va konditsioner boshqa shaxsga hadya qilib yuborilgan bo‘lsa va bu tovarlar kvartirada yo‘q bo‘lsa, ularning narxiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari Davletov tomonidan Botirovga to‘lab beriladi. Agar hali xolodilnik va konditsioner hadya qilib yuborilgan bo‘lsa-yu, lekin tovarlar hali o‘sha shaxsga yetib bormagan bo‘lsa, hadya shartnomasi bekor qilinadi va mazkur tovarlar Davletovga beriladi.
Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish